|
Mavzu: Tabiiy fanlar (Science) boʻyicha oʻquvchilar bilimlarini baholash Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 88,14 Kb. | | #272118 |
Bog'liq OJdBo1nQUm5bnpZMMIXQhNeMEhkexlC2yj9moLLeFormativ baholash uchun: qoʻllash vaqti- har darsda, baholash maqsadi- shakllantirish, qayta aloqaning muhim, natija balli muhim emas.
Summativ baholash uchun: qoʻllash vaqti- bob (chorak) oxirida, baholash maqsadi- sinash, qayta aloqaning muhim enas, natija balli muhim.
Formativ baholashda qayta aloqaning muhimligi shakllantirish maqsadlarini koʻzlagan. Summativ baholashda natijaning balli muhimligi, maqsadga erishganlik darajasini koʻrsatishidadir
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib 2 xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:
mezonga asoslangan baholash
meyorga asoslangan baholash
Mezonlarga asoslangan baholash tizimi aniq standart va taʻlimiy maqsadlarga asoslangan topshiriqlar yordamida oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholab, ularda mustaqil fikr yuritish, ijodiy yondashishga chorlaydi.
O‘quvchilarning tabiiy fani bo‘yicha quyidagi o‘quv va aqliy faoliyat ko‘nikmalarini baholaydi.
Reproduktiv daraja- tabiiy hodisa, jarayonlarni eslaydi, taniydi. Tabiiy hodisa, jarayonlar mohiyatini va ahamiyatini sharhlaydi, talqin qiladi, tushuntira oladi, misollar keltira oladi, ta’riflay oladi
Produktiv daraja - tabiiy hodisa, jarayonlar haqidagi qonun va qonuniyatlar bo‘yicha olgan bilimlarini tanish vaziyatlarda qo‘llaydi, berilgan topshiriqlar yechimini model yoki sxema tarzida ifoda etadi.
Tahlil va mulohaza- o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni notanish vaziyatlarda qo‘llash, tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun va qonuniyatlarni qo‘llab, umumlashtirishtiradi
Ham summativ, ham formativ baholash tizimlari ta’lim jarayonlarini baholashda qimmatli vositadir. Summativ baholash natijalarni har tomonlama baholashni ta’minlasa-da, formativ baholash doimiy fikr-mulohaza va yordamni taklif qiladi. Ham summativ, ham formativ baholash tizimlarining elementlarini o‘z ichiga olgan muvozanatli yondashuv ta’lim samaradorligining yaxlit ko‘rinishini ta’minlashi va o‘qitish va o‘qitish amaliyotini doimiy ravishda takomillashtirishga hissa qo‘shishi mumkin.
|
| |