MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
BMI OLDI AMALIYOT HISOBOT
Guruh: 415-20
Bajardi: Ramziddinov Mohir
Tekshirdi: ______________
TOSHKENT – 2024
MUNDARIJA
Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bilan tanishish 4
Birja korxonalari vazifalari va ish faoliyati bilan tanishuv 6
Birja faoliyati maqsadi va predmeti 6
Ish tartibi 6
Korxona tarmog‘ini tuzilishi va qurilmalari 10
Korxona tarmog‘ida quyidagi qurilmalardan foydalanilgan: 10
Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va topologiyalari 15
Ma’lumot uzatish vositalari 16
Kabel 16
Wifi 17
WAP & Controller 19
20
Kirish
Kompyuter tarmoqlarini avtomatlashtirish sohalari rivojlanib, kengaytirish, ma’lumotlarning ahamiyati barqaror o‘smoqda. Birinchida global internet tarmog‘ining mashhurligi, bir tomonda elektron tijorat uchun ulkan imkoniyatlar ochildi. XXI asrda iqtisodiyot va texnologiyada, shu jumladan informatikada - ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish texnikasida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ushbu o‘zgarishlar yangi axborot texnologiyalari bilan emas, balki bizning xatti - harakatlarimizda yangi narsalarning to‘planishi kritik massaga erishganligi bilan bog‘liq. Uyda va ishda millionlab odamlar Internetning universal, ochiq standartlaridan foydalangan holda elektron vositalar yordamida muloqot qilishadi. Ushbu portlovchi o‘sishi aloqaning eng so‘nggi va iqtisodiyot uchun axborot inqilobining eng muhim to‘lqinidir. Kelgusi o‘n yillikda yangi axborot iqtisodiyoti butun tarmoqlar tarkibidagi o‘zgarishlarni va raqobat usullarini tezlashtiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday texnologiyalar axborotlashgan jamiyat negizini tashkil etib, kishilarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida undan foydalanishning global xarakterga egaligini keltirib o‘tish mumkin.
Shu bois, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha jabhalariga tatbiq etishni takomillashtirish chora-tadbirlari ta’kidlangan. Bu esa, iqtisodiy tizimda mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bilan tanishish
Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyillar (prinsip) va usullar ko‘rilayotgan bilim sohasida aloqalar to‘g‘risida to‘la tasavvur qilishda metodologiya ahamiyatga ega. Asos (negiz, prinsip) - bu fikr, g`oya, maqsad (asosiy holatdir). Usul - bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo‘li. Xavfsizlikni ta’minlash asoslari va usullari mantiq va dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo‘lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o‘zaro bog‘liqdir.
Xavfsizlikni ta’minlash choralari - bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir. Asoslar, usullar, choralar - bu xavfsizlikni ta’minlashdagi mantiqiy pog‘onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog‘liq.
Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari
Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari ko‘p. Ularni belgilarga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin. Masalan: yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
1. Yo‘naltiruvchi:
- Operatorning faolligi;
- Faoliyatning muruvvatlash (odamiyligi, muruvvatliligi);
- Tuzulishning tartibsizlanishi;
- Operatorni almashtirish;
- Turkumlashlar (klassifikatsiya);
- Xavflarni yo‘qotish;
- Tartiblash;
- Xavfni kamaytirish.
2. Texnik:
- Blokirovkalash;
- Vakuumlash;
- Zichlash (germatizatsiya);
- Masofa bilan himoyalash;
- Mahkamlash - puxtalash;
- To‘siqlar orqali (ekranlash);
- Siqilgan havo qo‘llash;
- harakatlarni sekinlashtirish.
3. Tashkiliy
- Vaqt bilan himoyalash;
- Axborot (ma’lumotlar);
- Zaxiralash;
- Mos kelmaslik:
- Me’yorlash;
- Xodimlarni tanlash;
- Ergonomiklik.
4. Boshqaruv:
- Moslik;
- Nazorat;
- Qarshi aloqa;
- Javobgarlik;
- Rejalilik;
- Rag‘batlantirishlar;
- Samaradorlik;
- Boshqarish.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari, ta’riflari
Inson o‘z mehnat faoliyati jarayonida bo‘ladigan fazo - ish joyi deb ataladi. Xavf mavjud yoki vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan fazoni noosfera deyiladi. Xavfsizlikni ta’minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:
1) Gomosfera va noosferani fazoviy va vaqtincha ajratib qo‘yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi;
2) Xavflarni yo‘qotish yo‘li bilan noosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishdan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo‘llash;
3) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko‘tarishga yo‘natirilgan har xil vositalar va usullarni o‘z ichiga oladi. Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta’sir va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qo‘llaniladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa va shaxsiy himoya vositalari kiradi. Ular o‘z yo‘lida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish sohasiga nisbatan guruhlarga bo‘linadi.
Birja korxonalari vazifalari va ish faoliyati bilan tanishuv
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati 1994 - yili aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo maydonchasi, hamda MDH mamlakatlari ichida izchil rivojlanayotgan xom ashyo birjasi hisoblanadi.
|