|
Bmi oldi amaliyot hisobot
|
bet | 3/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 484,33 Kb. | | #253908 |
Bog'liq Ramzidinov M.Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bir-biriga bog’langan dasturlar to‘plamidir. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda operatsion tizim – bu qurilmalarning davomi bo‘lib kompyuter va kompyuter tarmoqlari uchun qulay, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan va qurilmaga o‘rnatiladigan dasturiy vosita hisoblanadi.
Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsad:
- foydalanuvchi dasturlarini bajarishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Foydalanuvchi birinchi navbatda – foydalanuvchi xoxlagandagidek uni qanoatlantiridagan darajada ishlashi uchun unga so‘rov natijalarini to‘g’ri taqdim etishi, rad etishlar bo‘lmasligi, tashqi xujumlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va operatsion tizim bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
- kompyuterdan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizim kompyuter va uning resurslaridan foydalanishda maksimal foydalilik va samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va buzg’unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak. OTning bu ishi foydalanuvchi uchun ko‘rinmasligi mumkin, lekin u doimiy ravishda mavjud bo‘ladi.
- kompyuterga ulangan tarmoq, disk va boshqa tashqi qurilmalardan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizimning asosiy funksiyasi – bu tashqi qurilmalar bilan ishlash. Masalan, OT qattiq diskga istalgan murojaatni qayta ishlashi, drayver (disk bilan axborotlarni almashish uchun past darajali dastur) va kontrollerlarning (disk bilan kiritish/chiqarishni bajaruvchi) birgalikda ishlashini ta’minlashi kerak. Kompyuter USB – portiga ulangan istalgan “fleshka” operatsion tizimda aniqlanishi, o‘zining mantiqiy nomini olishi va u chiqarilmagunga qadar butun vaqt davomida kompyuter tizimi fayl qismi bo‘lib qolishi mumkin.
- bugungi kundagi OT larni muhim bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni xavfsizlik, ishonchlilik va ma’lumotlar himoyalanganlikni ta’minlash. Tarmoq doirasida kompyuter va operatsion tizim bilan ishlashda ishtirok etuvchilar unga va uning dasturlariga buzg’unchilar tomonidan bo‘ladigan xujumlarga (reklama yoki virus va boshqa ko‘rinishlarda kompyuterlarga kirib, foydalanuvchi maxfiy saqlaydigan login, parollarni o‘g’irlash, kompyuter ish foaliyatini buzish va shunga o‘xshash boshqa xodisalar) doimiy ravishda uchraydilar. Ushbu kursda biz bugungi kundagi OTda qabul qilingan ishonchlilik, xavfsizlik va ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullarini ham ko‘rib chiqamiz.
Operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
1. Ishonchlilik. Tizim o‘zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo‘lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni tizim topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo‘lmasa shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o‘z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini boshqa shaxslar xatoliklari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3. Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o‘zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o‘zi ancha ixcham bo‘lishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim.
4. Qulaylik. Operatsion tizimda ko‘p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ma’lumki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur funksiya operatsion tizimning muhim xususiyati hisoblanadi.
5. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo‘lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo‘lishi kerak.
6. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengayuvchanlik. Evolyutsiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va dasturiy resurslar qo‘shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo‘ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
|
| |