Kabel
Wifi
2,4 GHz va 5 GHz
Litsenziyalash talab qilinmaydi
Boshqa qurilmalar ham shu chastotada ishlaydi
Tarmoq kartasi – Hisoblash qurilmasining ajralmas qismi bо‘lib, qurilmani tarmoqqa ulash imkoniyatini taqdim etadi.
1-rasm. Tarmoq kartasi
Tarmoq repetiri – odatda signalni tiklash yoki qaytarish uchun foydalaniladi. Repetirlarning quyidagi turlari mavjud:
telefon repetirlari;
optik aloqa repetirlari;
radio repetirlar.
2-rasm. Tarmoq repitori
Konsentrator (Hub) – tarmoq qurilmasi bо‘lib, kо‘plab tarmoqlarni ulash uchun yoki LAN segmentlarini bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Hubga bir portdan qabul qilingan ma’lumotlar nuxsalangan holda chiqishdagi bir qancha portlar orqali uzatiladi.
Hublarga turli sondagi chiqish portlari bо‘lishi mumkin (masalan, 12, 14, 24).
Hublarning bir qancha turlari mavjud bо‘lib, ularga passiv xablarni, aktiv xablarni, intelektual hublarni, ulovchi xablarni, repetir xablarni misol keltirish mumkin.
3-rasm. Konsentrator qurilmasi
Kommutator (Switch) – tarmoq qurilmasi bо‘lib, kо‘plab tarmoqlarni ulash uchun yoki LAN segmentlarini bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Simli va simsiz LANlar uchun tarmoq switchlari asos qurilma hisoblanadi.
Har ikkala holda ham qabul qilgan signalni LAN orqali kompyuterlarga uzatadi.
Switchlar hublardan farqli qabul qilingan signalni barcha chiquvchi portlarga emas balki paketda manzili keltirilgan portga uzatadi.
4-rasm. Kommutator qurilmasi
Marshrutizatorlar yuqorida keltirilgan tarmoq qurilmalariga qaraganda murakkab tuzilishga ega qurilma bо‘lib, OSI sathining tarmoq sathida ishlaydi.
Marshrutizator qabul qilingan ma’lumotlarni tarmoq sathiga tegishli manzillarga kо‘ra (IP manzil) uzatadi.
Bundan tashqari marshrutizatorlar qabul qilingan paketlarni uzatishda kо‘plab protokollar ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi va paketlarni filterlash amallarini bajaradi.
5-rasm. Marshrutizator qurilmasi
WAP & Controller
WAP (Wireless Access Point)
2.4 GHz & 5 GHz
11 kanal
Clear channel (1,6,11)
Kontroller
6-rasm. Wifi qurilmasi
XULOSA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida undan foydalanishning global xarakterga egaligini keltirib o‘tish mumkin.
Shu bois, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha jabhalariga tatbiq etishni takomillashtirish chora-tadbirlari ta’kidlangan. Bu esa, iqtisodiy tizimda mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida “xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar ro‘li va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish” bo‘yicha ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar.
Men amaliyot davrida “Happiness Technology” MChJ korxonasi ish faoliyati, birjada qanday ishlash kerakligi, korxona tarmog‘ida qanday qurilmalar qo‘llanilishi, ularning vazifalari haqida muhim va kerakli malumotlarni o‘rganishdan tashqari amaliy vazifalarni ham bajarib ko‘rdim.
Foydalanilgan adabiyotlar
Informatika: darslik / tahrir. prof. Yu.A. Romanova - M.: Eksmo, 2005.
Informatika va axborot texnologiyalari: darslik. nafaqa / tahrir. N.V
Makarova. - 3-nashr. - M.: Moliya va statistika, 2005. - 526 b.
Informatika. Asosiy kurs / S.V. Simonovich va boshqalar - Sankt-Peterburg: Peter, 2001. - 640 p.
https://www.spiceworks.com/tech/iot/articles/what-is-parallel-processing/
https://scholarspace.manoa.hawaii.edu/collections/37d1bef7-a15b-49fe-be7a-b486db97aa48
|