|
Mijoz-server kompyuter tizimlaridagi serverlarning turlari
|
bet | 4/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 484,33 Kb. | | #253908 |
Bog'liq Ramzidinov M.Mijoz-server kompyuter tizimlaridagi serverlarning turlari
Taqsimlangan tizimlarning mijoz-server arxitekturasi juda keng tarqalgan va operatsion tizimlar bilan qo‘llanadi. Shuning uchun zamonaviy taqsimlangan tizimlar qanday serverlar turlari va funksiyalarini tashkil etishini bilish juda muhim.
Fayl-server (file server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, u kompyuter-serverning disklarida joylashgan fayllar tizimlari to‘plamiga, lokal tarmoqning (LAN) boshqa kompyuterlariga ulanishni taqdim etadi. Misol uchun, UNIX (Linux, FreeBSD, Solaris va boshqalar) turdagi OT uchun SAMBA (SMB – Server Message Block) serverlar dasturiy ta’minoti lokal tarmoqning Windows-kompyuterlaridan UNIX-mashinalarning fayllar tizimlariga ulanishni ta’minlaydi. Samba shuningdek, Macintosh/MacOS platformasi uchun ham amalga oshirilgan.
Ilovalar serveri (application server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, hisoblash resurslari (xotira va protsessor) va lokal tarmoqning boshqa kompyuterlaridan ilovalarning ma’lum sinflarini olisdan ishga tushirish uchun zarur muhitni taqdim etadi. Misollar Java Enterprise Editionda (JEE) ishlaydigan ma’lum ilovalar serverlaridan eng yaxshilari WebSphere (IBM), WebLogic (BEA) ilovalar serverlari hisoblanadi.
Ma’lumotlar ombori serveri (database server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar omboriga tarmoqning boshqa kompyuterlariga ulanishni taqdim etadi. Misol, Microsoft SQL Server ma’lumotlar omboriga ulanish uchun serverlar dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
Veb-server (Web server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, mijozlarga kompyuter-serverda joylashgan Web-sahifalarga WWW orqali ulanishni taqdim etadi. Misol, erkin tarqatiladigan Web-server Apache hisoblanadi.
Proksi-server (Proxy server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, u lokal tarmoqning qismi hisoblanadi va Internetga lokal tarmoq kompyuterlaridan samarali kirish, trafikni filtrlash, tashqi hujumlardan himoyalashni ta’minlaydi. Proxy-server odatda operatsion tizimga o‘rnatiladi.
Elektron pochta serveri – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, u qandaydir lokal tarmoq kompyuterlari elektron pochtasini jo‘natish, olish va tarqatishni bajaradi. Shuningdek pochtani shifrlash (email encryption) – ma’lum tarmoq domenidan manzillarga (buyurtmachiga) xatlarni jo‘natishdan oldin shifrlash va ularni buyurtmachi olganidan keyin deshifrlashni ta’minlashi mumkin.
Server qismi (Server back-end) – katta ishonchlilik va katta resurslar hajmini taqdim etish maqsadlarida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarning lokal tarmoqqa birlashtirilgan guruhi hisoblanadi. Bunga yaqin bo‘lgan boshqa atama ma’lumotlarga ishlov berish markazi (data center) hisoblanadi. Bu tushuncha bulutli hisoblashlarning yanada keng tarqalishi bilan juda dolzarb, bu nuqtai nazardan eng zamonaviy mijoz-server o‘zaro ta’sirlashishi hisoblanadi.
Klasterli hisoblash tizimlari va ularning OTlari
Kompyuterlar klasterlari ilmiy hisoblashlar uchun juda ommalashgan. Kompyuterlar klasterlari tezkor lokal tarmoq orqali bog’lanadi. Klasterlashtirish ikki yoki undan ortiq tizimlarga umumiy xotiradan foydalanishga imkon beradi. Klasterlashtirish yuqori ishonchlilikni ta’minlaydi.
|
| |