6-mavzu: Blum taksonomiyasi asosida baholash, kompetensiyaga asoslangan yondashuv




Download 1,2 Mb.
Sana24.05.2024
Hajmi1,2 Mb.
#251735

6-MAVZU: Blum taksonomiyasi asosida baholash, kompetensiyaga asoslangan yondashuv. Ta’limda kompetensiyaga asoslangan yondoshuv tushunchasi, uning baholash jarayoni bilan aloqasi. Baholashda kompetensiyaga asoslangan yondoshuvning asosiy tamoyillari. Ta’lim maqsadlari taksonomiyasi(Blum piramidasi)
Blum taksonomiyasi oʻquv faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi: kognitiv (bilish), affektiv (hissiy - qadriyatli), psixomotor (harakat). Oʻquvchilarning kompetentligini oshirishda har bir soha boʻyicha mustaqil taʼlim jarayonidagi holati haqida toʻxtalib oʻtamiz. 1. Kognitiv soha. Bu sohada olingan bilimlarni mustaqil ravishda qayta takrorlash, ularni egallangan koʻnikma va malakalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yangi mustaqil faoliyat yuritish va mashq bajarish qonun - qoidalarini oʻrganish zaruratiga tegishli oʻquv maqsadlari kiritiladi. 2. Affektiv soha. Mustaqil ish bajarish jarayonida qiziqish va moyilliklarni shakllantirish, ichki hamda tashqi psixologik taʼsirlar natijasida bilim olish munosabatni shakllantirish, uni mustaqil faoliyat davomida tushunib yetish orqali faoliyat amaliyotiga tatbiq qilish maqsadlari kiritiladi. 3. Psixomotorli soha. Bunga mustaqil ish bajarish jarayonidagi psixologik faoliyat, jarayonlarda jismoniy faoliyat natijasida, asab muskullarini markazlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish bilan bogʻliq maqsadlar kiritiladi.
Mustaqil taʼlimni tashkil etish metodikasi bevosita B. Blumning bilim olish sohasidagi oʻquv maqsadlari taksonomiyasi asosida quyidagi olti toifadagi asosiy oʻquv maqsadlaridan iborat holda qarab chiqildi:

Oʻquv maqsadlarning ushbu olti asosiy kategoriyalarini obyektlarni qoʻllashda, mustaqil taʼlim jarayonidagi koʻrinishlarini ochib berishga harakat qildik.
1. Obyektlar haqidagi bilimlarni mustaqil bilish - ushbu kategoriya oʻquvchilarning mustaqil taʼlim olish jarayonida egallangan maʼlumotlarni xotirada saqlab qolish, mustaqil tafakkurlash natijasida qayta esga tushirish, ijodiy erkin fikrlash, mustaqillik xususiyatlarini namoyon etish kabi oʻquv maqsadlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi (1-rasm).

2. Obyektlarning amaliyotga joriy etilishini tushunish - mustaqil taʼlim olish turlarining bir turdan ikkinchisiga oʻzgarishi, oʻquvchilarining mustaqil ishlarni tushuntirishi, natijalariga taʼsir qiluvchi takliflar kiritish, vaziyatlarning oʻzgarishini nazarda tutadi (2-rasm).

2 – rasm. Obyektlarning amaliyotda joriy etilishini tushunish 3.Obyektlarni amaliyotda qoʻllash - mustaqil taʼlim jarayonida amaliy faoliyat bilan shugʻullanish, obyektlarni amaliyotda qoʻllash koʻnikma va malakalarini shakllantirish. Ushbu faoliyat obyektlarni qoʻllash qoidalari, usullari, shakllari nazariyalari sinab koʻriladi (3-rasm).

3 – rasm. Obyektlarni amaliyotda qoʻllash 4. Obyektlarning tahlili -dars jarayon hamda obyektlar unsurlarini tahlil etib ular orasidagi munosabatni oʻrganish. Mustaqil taʼlimni tashkil etish asoslarini bilish. Mustaqil taʼlim natijalari, tushunish va qoʻllashga qaraganda, yuqori intellektual darajali tavsiflanganligi sababli mustaqil bilim olish mazmunini hamda uning tarkibiy tuzilmasini bilishni talab qiladi (4-rasm).

5. Dars jarayoni va obyektlarning sintezi - mustaqil taʼlim natijalari talaba oʻquv faoliyatida mustaqillikka erishishni, ijodiy xususiyatga ega boʻlishini, mustaqil taʼlim olishning adekvat usullarini, shakllarini koʻrinishlarini va tizimlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi (5-rasm).

2.8 – rasm. Obyektlarning sintezi
6. Oobyektlarni mustaqil taʼlim jarayonida baholash - oʻquvchilar tomonidan mustaqil taʼlim olish jarayonida egallangan bilimlar, metodlarni qabul qilingan maqsadni hisobga olgan holda baholash (6-rasm).

6 – rasm. Obyektlarni mustaqil taʼlim jarayonida baholash
XULOSA. Umumiy oʻrta taʼlim oʻquvchilarining mustaqil taʼlimini tashkil etishda B.Blum taksonomiyasi asosda yondashuv ularning xayotiy koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim omillardan ekanligi asoslandi. Blum taksonomiyasi asosida oʻquv faoliyatining turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi: kognitiv (bilish), affektiv (hissiy - qadriyatli), psixomotor (harakat)li omillar mustaqil taʼlim olish jarayoni samaradorligini oshirishda muhim axamiyat kasb etadi.
Download 1,2 Mb.




Download 1,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu: Blum taksonomiyasi asosida baholash, kompetensiyaga asoslangan yondashuv

Download 1,2 Mb.