7- mavzu: O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish Reja




Download 21.68 Kb.
bet1/2
Sana19.10.2023
Hajmi21.68 Kb.
#88794
  1   2
Bog'liq
7-ma\'ruza 2-kurs 3-sem.
PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

7- mavzu: O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim.
2. Rolli hamda ishbop o‘yinlar.
3. Ta’limni tashkil etishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi to‘grisida»gi Qarorida: «... ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish...» bilan bir qatorda «... o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish...» qat’iy vazifalardan biri qilib belgilangan. Chunki maktablarimizning moddiy bazasi keng rivojlantirilishi, darsliklar, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari modernizatsiya qilinishi bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy tayyorgariigi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qo’llay olishi ham juda muhimdir. U o‘quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko‘nikma, malakalarini hosil qila olishi ham zarur.


Takomillashtirilgan standartlar, yangi o‘quv dasturlari boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchini erkin fikr yuritish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishga, so‘z boyliklarini oshirishga, o‘qish texnikasini yaxshi egallashga, chiroyli va savodli yozish ko‘nikmasini hosil qilishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Shu bois ham ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, liberafizatsiya qilish (erkinlashtirish) demokratizatsiyalashtirish, bolaga samimiy va do‘stona munosabatda bo‘lish, hamkorlik va hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turmog‘i lozim. O‘quv jarayoni o‘quvchi shaxsi, uning ma’naviyatiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda.
Shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim o‘quvchinlng o‘quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.


Download 21.68 Kb.
  1   2




Download 21.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7- mavzu: O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish Reja

Download 21.68 Kb.