|
Ma’lumotlar bazasi
|
bet | 1/4 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 25,72 Kb. | | #145074 |
Bog'liq Ma\'lumotlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi
Reja:
1. Ma‘lumotlar bazasining va uni boshqarish tizimlari
2. Ma‘lumotlar modellari
3. Mohiyat-bog‘lanish tushunchasi
4. MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi, axborot oqimlarining tobora ortib borishi va ma‘lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma‘lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish, yig‘ish va uni qayta ishlash uchun ma‘lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumotlar bazasi va uni boshqarish tizimlari
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‘noda ma‘lumotlar bazasi -bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma‘lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma‘lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma‘lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
T u z i l m a l a sh t i r i sh –bu ma‘lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma‘lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Masalan, talabalar (sinov daftarchasining nomeri, familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘rtacha baho va stependiya miqdori) haqidagi axborotdan iborat tuzilmalashtirilmagan ma‘lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin:
Reyting daftarcha nomeri 654311 Familiyasi Avazov Ismi Jamol Otasining ismi Aliyevich Tugilgan sana 15-yanvar, 1979 yil O‘rtacha baho 4,78 Reyt. daft. nomeri 545712 F-yasi Ortiqov Ismi Akram Ota. ismi Salimovich Tugilgan sana 3XI 1978 yil O‘rta baho 4,61 va hokazo.
Tuzilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma‘lumotlardan zarur bo‘lganini qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa dyarli bajarib bo‘lmaydi. Agar talabalar haqidagi ma‘lumotlarni oddiy jadval ko‘rinishidagi tuzilmaga soladigan bo‘lsak, uni quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi.
Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma‘lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma‘lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob‘ektning xususiyatini, holatini yoki ob‘ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma‘lum ma‘noda ifodalaydi. Ma‘lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq.
Maydon -bu ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligi bo‘lib, u axborotning eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi. MB jadvali ustunlariga beriladigan nomlarni bildiradi. Masalan, MBning ishchilar jadvali uchun maydon nomlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Maydon turi (tipi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma‘lumotlar turlarini bildiradi. Masalan, raqam ―N‖ (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon o‟lchami (uzunligi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma‘lumotlarning maksimal uzunligi. Masalan, eng ko‘p belgilar sig‘imi.
Aniqlik, (son turidagi ma‘lumotlar uchun) haqiqiy son o‘nlik kasr qismining maksimal uzunligi.
Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami bo‘lib, MB jadvali qatoridir.
Fayl (jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega yozuv nusxalari to‘plami.
Kalit. Kalit yozuv nusxasini bir qiymatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Kalit bir yoki bir necha maydonni o‘z tarkibiga olishi mumkin. Agar kalit faqat bir maydondan iborat bo‘lsa, oddiy deb, aks holda, u tarkibiy kalit deb ataladi.
Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratilgan holda qaraydi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritish mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, Vizual FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
|
| |