Mohiyat-bog’lanish tushunchasi




Download 25,72 Kb.
bet3/4
Sana24.01.2024
Hajmi25,72 Kb.
#145074
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi

Mohiyat-bog’lanish tushunchasi
Inforlogik modellashtirishning maqsadi – tuziladigan ma‘lumotlar bazasida shakllanishi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini odamlar uchun ayniqsa tabiiy ta‘minlashdir. SHuning uchun ma‘lumotlarning infologik modelini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi. Infologik modelni qurishning asosiy konstruktiv elementlari bu:
 mohiyat;
 bog‘lanish;
 xossalar (atributlar)dir.
Mohiyat -bu ma‘lumotlari ma‘lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob‘ekt bo‘lib, aniq ma‘noga va nomga egadir, u yagona bo‘lishi kerak. Mohiyat turini uning nusxasi bilan farq qilish kerak. Mohiyat nomi uning nusxasiga emas, turiga beriladi. Mohiyat nusxasi -bu aniq bir xil turdagi narsalar, hodisalar va boshqalardir.
Bog’lanish -bu ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Bog‘lanish faqat ikkita har xil mohiyatlar orasida mavjud bo‘ladi.
Atribut(xossa) - mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. U o‘zida yagona murakab bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi.
Ma‘lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biri - ER modeldir. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma‘nosi “Mohiyat-bog‟lanish” demakdir. Bu model 1976 yil Piter CHen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarni oluvchi bir necha turdagi komponentalarni birlashtirgan.
ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi yoziladi.
ER - modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut bo‘lib hisoblanadi.
MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:
 predmet sohasi ob‘ektlarini qanday qilib ma‘lumotlar modellarining abstrakt obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma‘lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.
 ma‘lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday ta‘minlash.
Bu masalaga ma‘lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi. Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob‘ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
 konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
 axborot ob‘ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
 predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasini loyihalashtirish.
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak:
 foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish;
 MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash;
 kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash;
 tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog‘onasi axborot ob‘ektlarini tanlash, har bir ob‘ekt uchun zarur xossalarini berish, ob‘ektlar orasidagi aloqalarni, axborot ob‘ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni va axborot ob‘ektlari orasidagi aloqalarning turlarini aniqlashdan iborat. Axborot ob‘ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinadi:
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?
2.Har bir ma‘lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
3.Har bir ma‘lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?
4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?
Axborot ob‘ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste‘molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot ob‘ektlarning tasifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi. Keyin axborot ob‘ektlari orasidagi aloqalar aniqlanadi. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinadi:
1.Axborot ob‘ektlari orasidagi aloqalar turi qanday?
2.Har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?
3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi aloqalar bo‘lishi mumkin?
4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma‘noga egami?
Ma'lumotlar bazasi qanday ishlaydi?
Ma'lumotlar bazasi - ma'lumotlarning tizimli to'plami. Ma'lumotlar bazalari qo'llab-quvvatlaydi ma'lumotlarni saqlash va manipulyatsiya qilish. Ma'lumotlar bazalari buni amalga oshiradi ma'lumotlar boshqaruvi oddiy. Ma'lumotlar bazalarining ba'zi bir misollari:
Internet-telefon ma'lumotnomasi, albatta, odamlar, telefon raqamlari va boshqa aloqa ma'lumotlariga tegishli ma'lumotlarni saqlash uchun ma'lumotlar bazasidan foydalanishi mumkin.
Energiya yetkazib beruvchisi shubhasiz, billingni tashkil qilish, mijoz bilan bog'liq muammolarni ro'yxatga olish va shikoyatlarni qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasini ishlatadi.
Ma'lumotlar bazalarini ishlatish uchun ko'plab misollar mavjud.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (DBA) nima?
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi) - bu foydalanuvchilarga ma'lumotlar bazasiga kirishga, ma'lumotlarni manipulyatsiya qilishga va ma'lumotlarni namoyish qilish va hisobot berishga imkon beradigan dasturlar to'plamidir. Ma'lumotlar bazasiga kirishni boshqarish vazifasi ham ma'lumotlar bazasiga tegishli.
Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari yangi kontseptsiya emas va birinchi bo'lib XNUMX-yillarda joriy qilingan. Charlz Baxmenning Integrated Data Store (IDS) birinchi ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.
Vaqti-vaqti bilan ma'lumotlar bazasi texnologiyalari sezilarli darajada rivojlandi, ma'lumotlar bazalarining foydalanish va funktsionalligi ko'paygan.

Download 25,72 Kb.
1   2   3   4




Download 25,72 Kb.