Ma’lumotlar bazasi




Download 25,72 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2024
Hajmi25,72 Kb.
#145074
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi

Ma’lumotlar modellari
Ma’lumotlarning modeli - bu ma‘lumotlar o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma‘lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismlarni o‘z ichiga oladi:
1.Ma‘lumotlar tuzilmasi.
2.Ma‘lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar.
3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar.
MBni tuzishda ma‘lumotlar modeli bir yoki bir necha turidagi obektlarni o‘z ichiga olish va ular o‘rtasida aloqalar o‘rnatish imkonini yaratadi.
Mashina muhitidagi ma‘lumotlarning murakkabroq modellari (fayl modeliga nisbatan) tarmoqli va iyerarxik modellar bo‘lib hisoblanadi. Bu modellar ularning o‘zlariga xos turdagi ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma‘lumotlarning tarmoqli yoki iyerarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi. Bunday model o‘zaro bog‘lik ob‘ektlarning majmui bo‘lib ikki ob‘ektning aloqasini va ularning bir-biriga qaramligini aks ettiradi.
Iyerarxik model. Ikki xildagi ob‘ektlar o‘rtasidagi aloqalar, ularning nusxalari o‘rtasidagi qat‘iy iyerarxik munosabatlar bilan aniqlanib, ular asosiy va tobe yozuvlar to‘plamidan iboratdir.
Tarmoqli model. Turli predmet sohalari uchun ma‘lumotlarning tarmoqli modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab predmet sohalarining malumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tarmoqi modellar, ma‘lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya‘ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamuni tashkil qiladi.
Relyatsion modeli. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli birinchi bor 1970 yilda ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilishga xizmat qiladi. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. CHunki jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Real dunyo ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini ye.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi.

Download 25,72 Kb.
1   2   3   4




Download 25,72 Kb.