• 3.Hujjatlami rasmiylashtirish, tekshirish va ularga ishlov berish. 4. Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini tashkil etish
  • Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi




    Download 454.94 Kb.
    bet1/10
    Sana27.02.2024
    Hajmi454.94 Kb.
    #163028
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
    Buyruq, Пул додагихо, axborot, Oʻlmas Ondayev kontirak, tuproq unumdorligi, Mustaqil talim topshiriqlari, 15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list, Axborot vositalari bilet 2023, ИНДОНЕЗИЯ, Shakhnozabonu, Балтаниязова Шахнозабону Азатбаевна, Doc1, Doc2, maqola, 10-MAVZU. amaliy

    Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
    XO'JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH
    Agar rostgo'y bo‘lsangiz, hujjat keltiring.
    Qur 'oni Karim, Baqara sur'asi, 111-oyatidan.
    REJA
    1.Dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning
    turkumlanishi

    2. Hujjatlarning rekvizitlari, shakllari, ularni unifikatsiyalash va standartlash.
    3.Hujjatlami rasmiylashtirish, tekshirish va ularga ishlov berish.
    4. Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini tashkil etish

    1.Dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning


    turkumlanishi

    Xo'jalik jarayonlarini va ulaming natijalarini nazorat qilish kuzatish, o'lchash va ro'yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlaming xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlar olinadi Bu faktlami esa ma’lum o‘lchov birliklarida ifodalash hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib qayd qilib borish zarur. Shu tariqa xo'jalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo'linadi.


    Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo'lib, uning mazmuni xo'jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ulaming haqiqatda sodir bo'lganligini isbotlashdan iboratdir.
    Buxgalteriya hujjati - bu xo'jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo'lganligini yoki sodir bo'lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo'jalik muomalalari sodir bo'lgan vaqtda yoki sodir bo'lishi bilan tuzilishi va ulaming mazmunini to'liq aks ettirishi kerak.
    Ma’lumotlar hisob hujjatlaridan tashqari yumshoq disk, lazerli disk (CD ROMjda ham aks ettiriladi. Ulardan xo'jalik muomalalari to'g'ri- sidagi ma’lumotlami olish va ulami ishlashda korxonalarda qo'llaniladigan texnik vositalarga qarab foydalaniladi. Avtomatlashti- rilgan ishlov berish uchun buxgalteriya hujjatlarida maxsus zaruriy qismlar (rekvizitlar) beriladi (korxonaning va bo'linmalarining xos raqamlari (kodlari) va boshqalar).
    Buxgalteriya hujjatlari xo'jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va tahlil qilishda ulkan iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega.
    Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlami olish, xo'jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda buxgalteriya hujjatlarming iqtisodiy ahamiyati kattadir. To'g'ri tashkil etilgan hujjatlashtirish faqat xo'jasizlik va suiiste’mol qilish hollarini aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O'z vaqtida va to'g'ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo'jalik muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. Ular boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va har xil kelishmovchiliklami sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo'lib xizmat qiladi.
    Shuningdek, soliqlami tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari xo'jalik muomalasining sodir bo'lganligi yoki uni amalga oshirish huquqi to'g'risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo'jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to'g'riligi hamda ishonchliligini tekshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun hujjat yo ‘qligi - xo jalik muomalasi yo ‘q degan qoida har bir buxgalter uchun asosiy qoidalardan biri bo'lishi lozim. Har qanday hujjatning yo'qligi yoki noto'g'ri rasmiylashtirilganligi xo'jalik yurituvchi subyektning o'z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat (ko'pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga qabul qilinishi mumkin:

    • to'liq, to'g'ri va aniq rasmiylashtirilgan;

    • xo'jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan.

    Shunday qilib, dastlabki hujjatlami to'g'ri rasmiylashtirish va tekshirishni bilish - buxgalterlaming malakali ishlashining asosidir.

    1. 0‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to 'g'risidaugi qonuni;

    2. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizom. (0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 23- dekabrdagi 131-son buyrug'i bilan tasdiqlangan);

    Xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'ladigan muomalalar maz- muni, tayinlanishi va shakliga ko'ra turli xil hujjatlami qo'llashni talab qiladi.
    Buxgalteriya hujjatlari tayinlanishi, axborotlarni shakllantirish tartibi, muomalalarni qamrab olish usuli, axborot ta’minoti tizimidagi maqomi, tuzilgan joyi, qatorlar (pozitsiyalar) soni, bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish va to'ldirish usuliga ko'ra turkumlanadi (6.1-rasm).
    Tayinlanishi bo'yicha hujjatlar to'rtta guruhga bo'linadi:

    1. Farmoyish hujjatlari.

    2. Isbotlovchi hujjatlar.

    3. Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

    4. Uyg'unlashtirilgan hujjatlar.

    Farmoyish hujjatlari xo'jalik rahbarlarining biron xo'jalik muomalasini amalga oshirishga xizmat qiladigan farmon berishi uchun tayinlangandir.
    Farmoyish hujjatlariga. mol yetkazib beruvchilardan moddiy boyliklar olish uchun ishonchnoma, bankdan kassaga naqd pul olish uchun yozilgan cheklar, vakolatnomalar, qarorlar va boshqa hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek, bajaruvchi shaxs ko'rsatilgan bo'lib, bu hujjatlar yordamida xo‘jalik muomalalari schotlarda aks ettirilmaydi, balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati ustidan nazorat o'matishi ta’minlanadi.
    Isbotlovchi hujjatlar deb ma’lum bir xo'jalik muomalasining amalga oshirilganligini isbotlaydigan hujjatlarga aytiladi. Isbotlovchi hujjatlar sodir etilgan xo'jalik muomalasi uchun mas’ul shaxslar tomonidan tuziladi va imzolanadi. Ular hujjatining to'ldirilishi uchun ham mas’ul hisoblanadilar. Bunday hujjatlar korxona rahbari (yoki imzolash vakolati berilgan rahbar xodim) imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi shart.
    Isbotlovchi hujjatlarga asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, dag'al va shirali ozuqalami qabul qilish dalolatnomasi, qabul qilish pattalari (kvitansiyalari), ombor mudirining hisoboti, schot- fakturalar, to'lov vedomostlari va boshqalar kiradi. Bu hujjatlar asosida xo'jalik muomalalari schotlarda aks ettiriladi.
    Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar deb, korxonada sodir bo'layotgan xo'jalik muomalasini amalga oshirishga asos bo'la olmaydigan, lekin buxgalteriya xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi registrlariga yozish uchun tuzilgan ayrim hisob-kitob va ma’lumot- nomalarga aytiladi.
    Bularga umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomosti, asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash vedomosti va boshqa buxgalteriya xodimlari tomonidan tuzilgan rasmiylashtirish hujjatlari kiradi.
    Uyg'unlashtirilgan hujjatlar deb farmoyish va isbotlovchi hujjatlaming xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan hujjatlarga aytiladi. Bularga nakladnoylar, yem-xashak sarflash vedomostlari, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqa hujjatlar kiradi.
    Uyg'unlashtirilgan hujjatlarga xo'jalik muomalasining sodir bo'lganligini isbotlovchi va uni schotlarda aks ettirish tartibini ko'rsatuvchi hujjatlar ham kiradi. Masalan, bo'nak (avans) hisobotida, birinchidan, qilingan sarflar ulami isbotlovchi hujjatlarga asoslangan holda ko'rsatilsa, ikkinchidan, mazkur sarflar qaysi schotlarda aks ettirilishi ko'rsatiladi. Uyg'unlashtirilgan hujjatlar farmoyish, isbotlov­chi va buxgalteriyada rasmiylashtirish funksiyalarini bajarganligi sababli yozuvlar soni kamayadi va hujjatlarga buxgalteriyada ishlov berish osonlashadi.

    Download 454.94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 454.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi

    Download 454.94 Kb.