Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi




Download 454.94 Kb.
bet4/10
Sana27.02.2024
Hajmi454.94 Kb.
#163028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
Buyruq, Пул додагихо, axborot, Oʻlmas Ondayev kontirak, tuproq unumdorligi, Mustaqil talim topshiriqlari, 15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list, Axborot vositalari bilet 2023, ИНДОНЕЗИЯ, Shakhnozabonu, Балтаниязова Шахнозабону Азатбаевна, Doc1, Doc2, maqola, 10-MAVZU. amaliy
To‘ldirish usuliga ko'ra buxgalteriya hujjatlarini qo‘lda tuziiadi- gan, yozuv mashinkasida va kompyuterda tuziladigan (elektron) hujjat­larga bo‘lish mumkin.
Qo'lda tuziladigan hujjatlarga asosan chiqim hujjatlar kiradi. Ularga birinchi navbatda qo'lda tuziladigan har xil jadvallar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash jadvallari hamda yig‘ma vedomostlar va boshqalar kiradi.
Yozuv mashinkasida tuziladigan hujjatlar ko'pincha maketlangan kartalar ko'rinishida bo'ladi. Bunda gap hujjatlami ko'rsatilgan usullar bilan to'ldirishda emas, balki xo'jalik muomalalarini yozuv mashin- kalarida, ko'proq texnik vositalarida to'ldirish to'g'risida bo'ladi. Shu maqsadda har xil priborlar va moslamalar qo'llaniladi: schotchiklar, avtomatik tarozilar, o'lchagich idishlar, elektr va boshqa yozuv mashinalari va h.k.
Hujjatlarga ishlov berishning eng takomillashgan usuli shaxsiy elektron hisoblash mashinalarini (ShEHM) qo'llash bilan bog'liq.
Elektron hujjat deb elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan axborotga aytiladi.
Elektron hujjat qog'oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo'ladi.
Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo'lsa, asl nusxadir.
Elektron hujjatning qog'oz nusxasi bo'lishi mumkin.
Elektron hujjatning qog'oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hujjatlari yuqorida ko'rib chiqilgan tasnifiy belgilar bo'yicha guruhlanganida bitta hujjat ayni paytda bir necha guruhlarga tegishli bo'lishi ham mumkin. Masalan, kassa chiqim orderi kassir uchun isbotlovchi hujjat bo'lsa, ayni paytda korxona rahbariyati uchun kassadan pul mablag'larini berishga asos bo'luvchi farmoyish hujjati, shuningdek, dastlabki, bir martalik va bir qatorli hujjat bo'lib hisoblanadi; guruhlovchi vedomost buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan, yig'ma, bir martalik hujjat-, limit zabor kartasi isbotlovchi, farmoyish, dastlabki vayig'ma hujjat bo'lib hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi» qonunining 8-moddasiga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklami qabul qilish va berish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona-muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari hamda buxgalteriya hisobotlari va balanslari imzolanadi. Shuningdek, xo'jalik muomalalarini amalga oshirish va subyekt nomidan hujjatlami imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslaming lavozimi va buxgalterlik funksiyalari hamda rahbarlik funksiyalarini amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul summalari bo'yicha cheklanishlarga ko'ra imzo huquqlarining ierarxiyasi (ketma- ketligi) o'matiladi. Xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanilganida zarur ehtiyotkorlik choralari va tegishli nazorat o'matilishi zarur.

Download 454.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 454.94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi

Download 454.94 Kb.