• Standartlashtirish
  • 3.Hujjatlami rasmiylashtirish, tekshirish va ularga ishlov berish
  • Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi




    Download 454.94 Kb.
    bet7/10
    Sana27.02.2024
    Hajmi454.94 Kb.
    #163028
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
    Buyruq, Пул додагихо, axborot, Oʻlmas Ondayev kontirak, tuproq unumdorligi, Mustaqil talim topshiriqlari, 15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list, Axborot vositalari bilet 2023, ИНДОНЕЗИЯ, Shakhnozabonu, Балтаниязова Шахнозабону Азатбаевна, Doc1, Doc2, maqola, 10-MAVZU. amaliy
    Namunaviy shakl deb bir toifadagi keng tarqalgan xo'jalik muomalalarini aks ettirish uchun mo'ljallangan hujjatlar shakliga aytiladi. Bunday shakldagi hujjatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalarda bir xilda qo'llaniladi. Namunaviy hujjatlarga quyidagilar misol bo'ladi: KO №l-kassa kirim orderi, KO №2-kassa chiqim orderi, T№53-to‘lov vedomosti va b.
    Maxsus shakldagi hujjatlarga ixtisoslashtirilgan tarmoqlarda tor doirada qo'llaniladigan hujjatlar kiradi.
    Hujjatlar soni va mazmuni imkon qadar kam, ulami rasmiylash- tirish uchun ketadigan vaqt esa qisqa bo‘lishi lozim. Bunga uniflkatsiyalangan shakldagi hujjatlardan keng foydalanish yordamida erishiladi.
    Dastlabki hujjatlaming sonini kamaytirish, to'lg'azishni qisqar- tirish, sifatini yaxshilash va ular hisobini kompyuterlashtirishga mos- lashtirish ulkan amaliy ahamiyatga ega. Buning asosiy yo'nalishi hujjatlami unifikatsiyalashtirish (bil xil shaklga keltirish) va standartlashtirish(yagona nusxaga keltirishjdir.
    Unifikatsiyalashtirilgan hujjatlarga misol qilib avans hisoboti (286- shakl), kassa kirim orderi (№KO-1 shakl), akkreditiv uchun ariza (№0401005 shakli, schot-faktura (№868-shakl) kabilami keltirish mumkin. Iqtisodiyotning biror tarmog'i ichidagi hujjatlami unifikatsi­yalashtirish xo'jaliklaming va unda bo'ladigan muomalalar barcha xususiyati hisobga olish imkonini beradigan ixtisoslashtirilgan shakllami ishlab chiqishga olib keladi. Masalan, xo'jalik korxonalari uchun dastlabki hujjatlaming yagona ixtisoslashtirilgan shakllari ishlab chiqilgan.
    Standartlashtirish - bu namunaviy yoki ixtisoslashtirilgan bir namunali hujjatlar bosma ish qog'ozlarining bir xil ko'lamini belgilashdir. Standartlashtirish natijasida qog'oz iqtisod qilinadi hamda hujjatlami ishlash va saqlash osonlashadi.
    Hujjatlami unifikatsiyalashtirish va standartlashtirishning asosiy maqsadi hisobning barcha turlari (operativ, statistik va buxgalteriya) uchun yagona bo'lgan dastlabki hujjatlashtirish tizimini barpo qilishdir.
    3.Hujjatlami rasmiylashtirish, tekshirish va
    ularga ishlov berish

    Hujjatlar buxgalteriya yozuvlarini yozishda asos bo'la olishi va isbotlovchi yuridik kuchga ega bo'lishlari uchun belgilangan shakldagi
    blankalarda, o‘z vaqtida, siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv (hisoblash) mashinkasi yoki kompyuterda to'ldirilishi, talab qilinadigan barcha rekvizitlar to'liq va aniq to'ldirilishi, hujjatda aks ettirilayotgan muomala mazmuni aniq va tushunarli bayon qilinishi; hujjatni imzolovchilaming lavozimi ko'rsatilib, tushunarli qilib qo'yilgan imzosi bo'lishi kerak.
    Bir nechta nusxada to'ldirilishi zarur bo'lgan hujjatlar nusxa ko'chiradigan qog'oz orqali to'ldiriladi. Ammo ulaming har bir nusxasi alohida imzolanadi.
    Hujjat qaysi usulda - qo'lda yoki kompyuterda to'ldirilishidan qat’i nazar, iqtisodiy hodisalami ro'yxatga olishning to'g'riligi va qonuniyligini nazorat qilish maqsadida, unda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda (8-modda) talab qilinganidek, nafaqat mansabdor shaxslar imzolari, balki ulaming ism-familiyalari ham ko'rsatilishi lozim. So'nggi talab «Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'risidagi Nizomwning 9-bandida aniq ko'rsatib o'tilgan. Ushbu qonun hujjatlari har xil darajada bo'lsada, so'nggisining shart- lariga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Gap shundaki, «Buxgalteriya hisobi to'g'risidawgi qonunning 8-moddasida ko'rsatilishicha, «Rahbar imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslaming ikkita ro'yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro'yxatga - rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga - buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi». Demak, hujjatda uni rasmiylashtirgan shaxsning shaxsiy imzosi bilan birga ism- familiyasi ham ko'rsatilishi lozim.
    Agar hujjatni to'ldirishda xatoga yo'l qo'yilsa, xato yozilgan so'z yoki raqam ustidan bir marta chiziq tortish va yuqori qismiga to'g'ri so'z yoki raqamni yozib qo'yish yo'li bilan o'zgartirishi lozim. Bunday tuzatish hujjatlaming har bir nusxasida amalga oshiriladi va izoh beriladi. Berilgan izohga hujjatni tasdiqlagan shaxsning imzosi qo'yilishi kerak. Agar hujjatdagi xato buxgalteriyada topilsa va tuzatilsa, bu xatoga yo'l qo'ygan shaxsga bildirish zarur. Bu shaxslar yo'l qo'yilgan xatoning tuzatilganligi to'g'risida izoh berib, uni o'z imzolari bilan tasdiqlashlari lozim.
    Cheklar, to'lov - topshiriqlari va talabnomalaridagi yo'l qo'yilgan xatolami tuzatish mumkin emas. Bu hujjatlar bekor qilinib, yangidan rasmiylashtiriladi.
    Hujjatlarda yozuvlami yozish tartibi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi» qonun va tegishli buxgalteriya hisobi milliy standartida
    belgilangan. Hujjatlami to'lg'azishni osonlashtirish maqsadida buxgalteriya, faktura va boshqa hisoblash yozish mashinalarini hamda hujjatlardagi doimiy rekvizitlami yozishda matbaa usulini keng qo'llash maqsadga muvofiq. .
    Hujjatlami to‘lg‘azish talablariga to‘la rioya qilingandagina ular o'z vazifasini to'liq bajaradi.


    Hujjatlar buxgalteriya schotlariga yozilishidan oldin dastlabki tekshirish, qabul qilish va buxgalteriya ishlovidan o'tkaziladi. Hujjatlami tekshirishning quyidagi turlari mavjud:

    6.4-rasm. Hujjatlami tekshirish turlari.

    Hujjatlami mohiyatiga kora tekshirish deb, ularda aks ettirilgan xo'jalik muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini aniqlashga aytiladi.



    Download 454.94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 454.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi

    Download 454.94 Kb.