• Hujjatlarni so‘ndirish
  • 4. Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini tashkil etish
  • Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi




    Download 454.94 Kb.
    bet9/10
    Sana27.02.2024
    Hajmi454.94 Kb.
    #163028
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
    Buyruq, Пул додагихо, axborot, Oʻlmas Ondayev kontirak, tuproq unumdorligi, Mustaqil talim topshiriqlari, 15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list, Axborot vositalari bilet 2023, ИНДОНЕЗИЯ, Shakhnozabonu, Балтаниязова Шахнозабону Азатбаевна, Doc1, Doc2, maqola, 10-MAVZU. amaliy
    Kontirovka - bu dastlabki va yig'ma hujjatlarda xo'jalik muomalasining summasi debeti va krediti bo'yicha aks ettirilishi lozim bo'lgan schotlaming ko'rsatilishi. Ushbu maqsadda ko'pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va b.).
    Agar jamlama hujjat bo'lsa, ko'rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.
    Hujjatlarni so‘ndirish - hujjatlarda ulaming ishlatilganligi to'g'risida «olindi», «to'landi» yoki «so'ndirildi» degan shtamplami bosish yo'li bilan belgi qo'yish.
    Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor tarzda so'ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schotlarga yozilganidan so'ng adashib qayta yozish yoki qandaydir suiiste’mollaming oldini olish uchun joriy tartibda so'ndirilishi lozim.
    Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo'llanilsa, hujjatlami buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgal­teriyada) tegishli xos raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlami pachkalarga komplektlashdan iborat bo'ladi.
    4. Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini
    tashkil etish

    Dastlabki hujjatlaming buxgalteriyaga o‘z vaqtida kelishini va ketma-ketligini ta’minlash uchun korxona bosh buxgalteri hujjatlar aylanishini belgilaydi. Hujjatlar aylanishi deb hujjatlaming tuzilgan paytidan arxivga topshirilgungacha bo'lgan yo‘lni bosib 0‘tishiga aytiladi. Bu yo'lda hujjatlar quyidagi bosqichlardan o'tadi:

    1. tuzilishi (yozilishi);

    2. buxgalteriyaga qabul qilinishi;

    3. hujjatlaming hisob tizimida ro'yxatga olinishi;

    4. arxivga topshirilishi.

    Hujjatlaming aylanish tartibi hisobni tashkil qilish, korxonaning tuzilish hajmi va hisoblash texnikasini vositalaridan foydalanishga bog'liq.
    Barcha dastlabki hujjatlar uchun namunaviy reja-grafik asosida hujjatlar aylanishining reja-grafigi ko'rinishidagi sxemasi ishlab chiqiladi. Bunda barcha dastlabki hujjatlar, ulaming tayinlanishi, nechta nusxada tuzilishi, kim tomonidan va qaysi muddatga tuzilishi, har bir hujjatning qayerga va qachon taqdim etilishi, taqdim etilgan hujjatlami kim qabul qilishi va ishlov berishi, buxgalteriyada qanday ishlar bajarilishi hamda ulaming qaysi hisob registrlarida aks ettirilishi birma- bir ko‘rsatiladi. Hujjatlar aylanishi reja-grafigida korxonadagi har bir tarkibiy bo'linma bo‘yicha hisob va hisobot ishlarining bajarilish muddatlari, hisobot ishlarining har bir turi va har bir ijrochi bo‘yicha topshirilish vaqti ko'rsatiladi. hujjatlar aylanishi reja-grafigining namunaviy shakli 6.6-rasmda keltirilgan.
    Hujjatlar aylanishining reja-grafigi balanslami va boshqa davriy hisobotlami qisqa muddatda tuzish va taqdim etishni ta’minlaydi.
    Reja-grafik hisob va hisobot sohasidagi ishlar intizomini mustahkamlab, korxonalarda hisob va nazoratning sifatini oshiradi.
    Mazkur korxona uchun ishlab chiqilgan hujjatlar aylanishining reja-grafigi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxonadagi barcha moddiy javobgar shaxslar, hisob xodimlari va mansabdor shaxslarga yetkaziladi.
    Hujjatlar aylanishini belgilovchi hujjatlar va ma’lumotnomalar hajmi korxonada qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga ham ta’sir ko'rsatadi.
    Buxgalteriya hujjatlarini saqlash buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yishda muhim ahamiyatga ega. Hujjatlami saqlashning oqilona tizimi nafaqat qonunchilikda belgilangan muddatlar davomida hujjatlaming butunligi va saqlanishini, balki istalgan vaqtda ulardan har xil ma’lumot sifatida foydalanish imkoniyatini ham ta’minlaydi.
    Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlari arxivga topshirilishi shart, bungacha ular maxsus xonalarda yoki qultlanadigan shkaflarda saqlanishi lozim. Qat’iy hisobot blankalari shkaflarda yoki ulaming saqlanishini ta’minlaydigan maxsus xonalarda saqlanishi kerak.
    Joriy oydagi qo‘lda ishlov berilgan, ma’lum bir hisob registriga regishli dastlabki hujjatlar xronologik (ketma-ket) tartibda jamlanadi va hujjatlar jild ko‘rinishida tikiladi.
    Hujjatlami ulaming tavsifi va tayinlanishi bo'yicha jildlarda joylashtirish quyidagi belgilar bo'yicha amalga oshiriladi:

    • predmetli belgisi bo'yicha (masalan, kassa hujjatlari, hisob- kitob hujjatlari va h.k.); .

    • korrespondentlik belgisi bo'yicha (mazkur hujjatlar tegishli bo'lgan tashkilotlar bo'yicha);

    • xronologik belgisi bo'yicha (oylar, oylar ichida esa kunlar bo'yicha);

    • hujjatlaming raqamlari bo'yicha.

    Masalan, kassa orderlari, avans hisobotlari va bank ко‘chirmalari ilova qilingan hujjatlari bilan birga xronologik tartibda jamlanadi va muqovalanadi.
    Arxivni tashkil etish, dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobotlami arxivda saqlash muddatlari O'zbekiston Respublikasining «Arxivlar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa tegishli qonunosti hujjatlarida belgilangan. Arxivda hujjatlar jildlari ma’lum tartibda - alfavit bo'yicha va h.k. tartibda joylashtiriladi.
    Hujjatlar qultlanadigan xonalarda maxsus shkaflar yoki seyflarda saqlanishi lozim. Hujjatlar arxivga benlishi oldidan ma’lum registrlar bo'yicha jamlanadi va arxiv uchun ma’lumotnoma tuziladi. Bu ma’lumotnomada quyidagilar ko'rsatiladi:

    • mazkur dastlabki hujjatlar tegishli bo'lgan hisob registrlarining nomi;

    • hujjatlar jamlangan davr boshlangan va tugallangan sana;

    • jamlangan hujjatlaming ro'yxati;

    • hujjatlami jamlash va arxivga topshirish sanasi;

    • mas’ul shaxslar imzosi.

    Masalan, barcha dastlabki hujjatlar korxonada kamida 5 yil saqlanadi. Choraklik hisobotlar, inventar kartochkalar, asosiy vositalami hisobga olish daftari (ular tugatilganidan so‘ng), pul mablag'lari va lovar-moddiy qiymatliklami olish uchun ishonchnomalar (buzilganlari ham), kafolat xatlari, inventar ro'yxatlar, dalolatnomalar, taqqoslash vedomostlari (munozarali masalalar yoki sudlov ishlari yuzaga kelganida) 3 yil saqlanadi. Yillik buxgalteriya hisobotlari va ularga tushuntirishlar, bosh daftar 10 yil saqlanadi. Eng uzoq muddatga saqalanadigan hujjatlarga xodimlaming shaxsiy hisobvaraqalari kiradi. Ular 75 yil saqlanishi lozim.
    Tezkor boshqaruv bilan bog‘liq hujjatlar (imzolar namunasi tushirilgan kartochkalar, ichki hisobotlarjni saqlash muddati zaruratga qarab belgilanadi. Arxivdan' hujjatlami berish xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
    Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va balanslami korxona arxividan olib ketish faqat 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga muvofiq dastlabki tekshiruv, prokuratura, sud va soliq organlarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
    Buxgalteriya hujjatlarini olish tartibi 6.7-rasmda keltirilgan.
    Hujjatlami olish korxonaning mansabdor shaxslari ishtirokida amalga oshiriladi. Hujjatlami olish uchun farmoyish bergan organ vakili olingan hujjatlaming ro'yxatini tuzishi va bu haqda bayonnoma rasiniylashtirishi lozim. Bayonnomaning 1 nusxasi hujjatlar olingan korxonaning xodimiga imzolangan holda topshiriladi.
    Dastlabki hujjatlar yo‘qotilganda, yo'qolib qolganida yoki nobud bo lganida korxona rahbari buyrug'i bilan tekshiruv komissiyasi tuziladi. Zanir hollarda komissiya ishida ishtirok etish uchun tergov organlari, qo'riqlash va yong‘indan saqlash nazorati organlarining vakillari ham taklif qilinadi. Komissiya ishining natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

    6.7-rasm. Buxgalteriya hujjatlarini olish tartibi.

    Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 22-moddasiga muvo- fiq buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buning uchun xo'jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati to'g'risi- dagi tijorat axborotlarini himoyalash dasturini ishlab chiqishlari lozim. Bunday dastur xo'jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlar tizimining elementlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tadbirlar tizimiga bo'lgan ehtiyoj quyidagi omillar bilan belgi- lanadi:



    • raqobatli kurash;

    • iqtisodiy axborotlar maxfiyligini saqlashning muhimligi;

    • kadrlar qo'nimsizligining oldini olish va b.

    Hujjatlar aylanishida tijorat axborotlarini himoyalash dasturining yo'nalishlaridan biri shifrlash hisoblanadi. Bunda xo'jalik muomala- larining ma’lumotlari kompyuterga kiritilishidan oldin shifrlanadi, undan chiqarilishida esa rasshirovka qilinadi. Bu begona foydalanuv- chilardan axborotlaming mazmunini ishonchli himoyalashga imkon beradi.
    Buxgalteriya axborotlariga kirishni himoyalash vositalariga boshqa bir yondashuv axborot oqimlarini nazorat qilish va foydalanuvchilami toifalari hamda vakolat darajalari bo'yicha bo'lishga asoslangan. Rahbar va bosh buxgalter har xil darajadagi xodimlaming axborotlarga kirishi to'g'risida ulaming vakolatlariga bog'liq holda qaror qabul qiladi. Kompyuterdagi nazorat vositalari xodimlaming vakolatlariga bog'liq holda axborotlami o’qish va yozib olish uchun ruxsat berilishini hal etadi. Masalan, ish haqi hisoblash uchun zarur bo’ladigan xodim to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarga kirish kadrlar bo’limi va buxgalteriyaning ish haqi hisoblash bo’limiga ruxsat etiladi. Ammo ish haqi hisob-kitobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga faqat ish haqi hisoblash bo’limiga ruxsat etilib, bu axborotlarga kirish kadrlar bo’limiga man qilinadi. Ushbu muomalalar bo’yicha barcha axborotlarga kirish faqat bosh buxgalterga ruxsat etiladi.
    Buxgalteriya axborotlariga kirish bo’yicha nazorat vositalaridan foydalanish hisob va hisobot ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Shu munosabat bilan amaliyotda nafaqat tijorat axborotlariga kirishni nazorat qilish vositalaridan foydalanish, balki hisob ma'lumotlariga kirishga urinish yoki haqiqatda kirilganlikni aniqlash imkonini beradigan ro’yxatga olish vositalaridan ham foydalanish zarur. Xo’jalik yurituvchi subyekt iqtisodiyotining kelajagi ko'p jihatdan bog’liq va himoyalanishi zarur bo’lgan tijorat axborotlariga quyidagilar kiradi:

    • xo’jalik yurituvchi subyekt mijozlari, mol yetkazib beruvchilari va xaridorlarining ro’yxati;

    • tuzilgan kontraktlar, shartnomalar yoki ulami tuzish bo’yicha ahdlashuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

    • mahsulot(ish, xizmatjlar sotish rejasi;

    • marketingga doir tadbirlar tizimi;

    • raqobatbardoshlik va to’lovga layoqatligi tahlili;

    • xodimlaming ish haqi;

    • moliyaviy va boshqa hisobotlar.


    Download 454.94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 454.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja dastlabki kuzatish, hujjatlashtirish va hujjatlarning turkumlanishi

    Download 454.94 Kb.