III-MODUL. ILASHISH ASOSIDA ISHLOVCHI UZATMALAR
3.1-§. Uzatmalar to`g`risida umumiy ma’lumotlar
Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig`ida joylashib, ularni o`zaro bog`lovchi hamda harakatni talab qilinganidek boshqarishga imkon
beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi.
Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Ularning eng ko`p ishlatiladigani mexanikaviy uzatmalardir. Bu uzatmalar alohida va boshqa turdagi uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.
Mashina detallari kursida, asosan mexanikaviy uzatmalar o`rganiladi. Boshqa turdagi uzatmalar haqidagi ma’lumotlar maxsus kurslarda batafsil yoritiladi.
Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo`linadi (3.1-sxema):
ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar).
ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friksion va tasmali uzatmalar).
3.1-sxema
Demak, mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o`zaro tegib turadi yoki egiluvchan zveno (tasma, zanjir) orqali bog`langan bo`ladi.
Bundan tashqari, mexanikaviy uzatmalar vallarning o`zaro joylashishiga ko`ra parallel, kesishgan, ayqash vali turlarga, uzatish sonining o`zgarishiga qarab esa uzatish soni o`zgarmas, pog`onali o`zgaruvchan va pog`onasiz o`zgaruvchi xillarga bo`linadi.
Ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalarning asosiy detallari (tishli g`ildirak, chervyak va shu kabilar) esa katta burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bo`ladi. Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (katok, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga, ishqalanish natijasida hosil bo`lgan ishqalanish kuchi hisobiga harakat uzatadi. Shuning uchun ular katta burovchi momentlarni uzatish imkoniyatiga ega emas. Uzatmalarda energiya manbaidan energiyani bevosita qabul qilib oluvchi val etaklovchi val deb, bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismga uzatuvchi val esa etaklanuvchi val deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog`onali bo`lsa, har bir pog`onaning energiya manbai tomonidagi birinchi vali ikkinchi valga nisbatan etaklovchi, ikkinchi val esa pog`onadagi etaklanuvchi val bo`ladi.
Uzatmalarni loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining quvvati hamda aylanish chastotalari berilgan bo`lishi kerak. Birinchi va oxirgi vallardagi quvvat hamda tezliklar uzatmaning asosiy xarakteristikasidir. Bundan tashqari, uzatmalarning foydali ish koeffisienti hamda uzatish soni ularning ishini xarakterlovchi ko`rsatkichlardan hisoblanadi.
Uzatmalarning foydali ish koeffisienti quyidagicha aniqlanadi:
𝑃2
𝜂 =
𝑃1
𝑅𝑖
𝑦𝑜𝑘𝑖 𝜂 = 1 −
𝑅1
(3.1)
bu yerda 𝑅𝑖 – harakatni etakchi valdan etaklanuvchi valga uzatishda zararli qarshiliklar mavjudligi natijasida isrof bo`lgan quvvat. Mexanik uzatmalarning FIKlari qiymati quyidagi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
Uzatma
|
FIK
|
Korpusda yopilgan tishli (reduktor)
|
|
silindrik g`ildirakli
|
0,97-0,98
|
konussimrn g`ildirakli
|
0,96-0,97
|
Tishli ochiq
|
0,95-0,96
|
Korpusda yopilgan chervyakli, chervyak
|
|
kirimlar soni bo`yicha:
|
|
𝑧1 = 1
𝑧1 = 2
𝑧1 = 4
Zanjirli yopiq
|
0,70-0,75
0,80-0,85
0,85-0,95
0,95-0,97
|
Zanjirli ochiq
|
0,90-0,95
|
Tasmali:
|
|
yassi tasma
|
0,96-0,98
|
ponasimon tasma
|
0,95-0,97
|
Har bir val tayanchidagi ishqalanishdan yo`qotshlar
𝜂0 = 0,99 − 0,995 ko`paytuvchi bilan hisobga olinadi.
|
Agar etaklovchi valning aylanish chastotasi 𝑛1, etaklanuvchi valniki 𝑛2
bo`lsa, u holda uzatish soni quyidagicha ifodalanadi:
𝑖 =
𝑛1
𝑛2
𝑧2
= .
𝑧1
Energiya oqimining yo`nalishidan qat’iy nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi:
𝑛1
2
𝑖1−2 = 𝑛
𝜔1
=
𝜔2
𝑛2
1
𝑖2−1 = 𝑛
𝜔2
=
𝜔1
(3.2)
bu yerda 𝜔1 va 𝜔2 - birinchi va ikkinchi valning burchak tezliklari, 𝑠−1 hisobida.
Uzatish nisbati umumiy tushuncha bo`lib, birdan katta, kichik yoki birga teng bo`lishi mumkin.
Uzatish soni esa asosan, katta qiymatli aylanishlar chastotasi yoki tishlar sonining kichik qiymatli aylanishlar chastotasi yohud tishlar soniga nisbatiga teng bo`lgani uchun u aksariyat birdan katta bo`ladi, ayrim hollarda uzatish soni ham birga teng bo`lishi mumkin. Ko`pchilik mexanikaviy uzatmalarda birinchi valning aylanishlar chastotasi qolgan vallarning aylanishlar chastotasidan katta bo`lgani uchun hisoblashda asosan uzatish soni tushunchasidan foydalaniladi.
Uzatish sonining qiymatlari ГОСТ 2185-66 bo`yicha standartlashtirilgan u
ning qiymatlari quyidagi qatorda keltirilgan.
1-qator: 1; 1,25; 1,6; 2; 2,5; 3,15 4; 5; 6,3; 8,0; 10,0.
2-qator: 1,12; 1,4; 1,8; 2,24; 2,8; 3,55; 4,5; 5,6; 7,1; 9,0; 11,2.
3.2-§. Tishli uzatmalar
Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g`ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi.
Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko`lamda ishlatilmoqda va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalanilmoqda. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo`lgan tishli g`ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og`ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadigan tishli g`ildiraklarni ham uchratish mumkin.
Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo`linadi:
vallarining o`qlari o`zaro parallel bo`lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g`ildirakli uzatmalar;
vallarining o`qlari o`zaro kesishuvchi konussimon g`ildirakli uzatmalar; vallarining o`qlari ayqash bo`lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi
konussimon g`ildirakli hamda chervyakli uzatmalar.
Tishli uzatmalarning bu ususiyatlar bo`yicha turlanishi 3.2-sxemada keltirilgan.
Tishlarning g`ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to`g`ri tishli (3.1-shakl), qiya tishli g`ildirakli uzatmalarga bo`linadi (3.2-shakl).
3.2-sxema
Tish profili bo`yicha evolventali va doiraviy bo`ladi. Evolventa profilni 1760 yilda
L. Eyler, doiraviy profilni esa 1954 yilda M.L. Novikov tavsiya etgan.
Tishli uzatmalarning afzalliklari:
yuqori yuklanish qobiliyatiga ega;
umrboqiyligi yuqori (30 000 soat) va ishlashi ishonchli;
3.1-shakl
3.2-shakl
f.i.k. yuqori (0,97…0,98 gacha);
uzatish nisbatining doimiyligi;
sekundiga 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata oladi va uzatish nisbati bir necha yuzgacha etadi;
xilma-xil materialdan tayyorlanishi mumkin.
Tishli uzatmalarning kamchiliklari:
tayyorlanishi nisbatan murakkabligi;
katta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi;
zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko`proq sezilishi va shu kabilar.
|