• Tishlarning sinishi
  • Tishlar sirtining shikastlanishi
  • Toliqishdan uvalanish
  • Abraziv yeyilish
  • Plastik siljish
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet2/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    3.3-§. Silindrsimon to`g`ri tishli uzatmalarlarnig geometriyasi va kinematikasi
    Tishning mavjud profillaridan eng ko`p qo`llaniladigani evolventa profili bo`lgani uchun ushbu profilli tishli g`ildiraklar geometriyasini ko`rib chiqamiz.



    Odatda, ilashishda bo`lgan bir juft g`ildirakdan kichigi shesternya, kattasi esa
    g`ildirak deb ataladi. Bordi-yu ilashishdagi ikkala g`ildirak bir xil bo`lsa, u holda etakchisi shesternya, etaklanuvchisi g`ildirak deyiladi. Tishli g`ildirak termini umumiydir. Shesternya parametrlarini belgilashda 1 indeksi,
    g`ildiraklarnikiga esa 2 indeksi qo`yiladi (3.3-rasm).
    Ilashish moduli, 𝑚 = 𝑃𝑡/𝜋 uning qiymatlari ГОСТ 9563-60 (mm) bo`yicha standartlashtirilgan bo`lib uning qiymatlari (0,01-0,02) 𝑎𝑤 oralig`ida quyida keltirilgan qatordan olinadi:
    1-qator: 1; 1,25; 2; 2,5; 3; 4; 6; 8; 10; 12; 16; 20.
    2-qator: 1,375; 1,75; 2,25; 2,75; 3,5; 4,5; 7; 9; 11; 14; 18; 22.
    To`g`ri tishli g`ildiraklar uchun:
    bo`luvchi diametri − 𝑑1 = 𝑚𝑧, tish ustidan o`tuvchi aylanalar diametri − 𝑑𝑎 = 𝑑1 + 2𝑚,
    tish tubidan o`tuvchi aylanalar diametri 𝑑𝑓 = 𝑑1 2,5𝑚,
    o`qlararo masofa − 𝑎𝑤 = (𝑑1 + 𝑑2)2, tishning balandligi − ℎ = 2,25𝑚, uzatish soni − 𝑢 = 𝑧2𝑧1
    Odatda 𝑎𝑤 ning qiymatlari ГОСТ 2185-66 (mm) bo`yicha standartlash- tirilgan, hisoblab topilgan qiymatga yaqin bo`lgan qiymat quyidagi qatordan tanlab olinadi:
    1-qator: 40, 50, 63, 80, 100, 125, 160, 200, 250, 315, 400, 500, 630, 800, 1000,
    1250, 1600, 2000, 2500.
    2-qator: 71, 90, 112, 140, 180, 224, 280, 355, 450, 560, 710, 900, 1120, 1400,
    1800, 2240.


    3.4-§. Tishli uzatmalarning ishdan chiqish sabablari va turlari
    Ilashishda bo`lgan tishlarga asosan ikki xil kuch ta’sir etadi. Ulardan biri 𝐹𝑛 normal kuch, ikkinchisi esa tishlar orasidagi ishqalanishdan hosil bo`ladigan ishqalanish kuchi 𝐹𝑖𝑠ℎ = 𝐹𝑛𝑓. Bu kuchlar ta’sirida tishlar murakkab kuchlanish
    holatida bo`ladi.
    Tishlarning ishchanlik qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlar tish sirtida hosil bo`ladigan kontakt (a) kuchlanish 𝜎𝐻 va tishning tubida paydo bo`ladigan eguvchi (b) kuchlanish 𝜎𝐹 dir (3.4-shakl).




    a) b)
    3.4-shakl
    Har bir tish uchun 𝜎𝐻 𝑣𝑎 𝜎𝐹 o`zgarmas muayyan qiymatga ega bo`lmay, vaqt oralig`ida o`zgarib turadi va pulsatsiyalanuvchi uzlukli sikl bilan ta’sir etadi.
    O`zgaruvchan kuchlanishlar tishlarning toliqishdan emirilishiga sababchi bo`ladi: kontakt 𝜎𝐻 kuchlanish tish sirtlarning uvalanishiga, eguvchi 𝜎𝐹 kuchlanish esa tishlarning toliqishdan sinishiga olib keladi. Ilashmadagi kontakt kuchlanish va ishqalanish ta’sirida tishlarning yeyilish, yemrilishi va tishlar sirtining boshqa turlari shikastlanishlari kuzatiladi.
    Tishlarning sinishi. Eguvchi kuchlanish ta’sirida tishlarning sinishi kuzatiladi (3.5-shakl). Tishlar sinishining ikki turi mavjud: zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmada o`ta yuklanish holatlari mavjudligini hisobga olish zarur); toliqishdan sinish uzoq muddat ishlash davomidagi o`zgaruvchan kuchlanishlar ta’siri natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentratsiyasi - to`planishini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega).



    Tishlar sinishini oldini olish uchun modulni oshirish, tishlarni kesishda musbat siljitish, termik ishlov, puxtalash, qirralar bo`yicha yuklanish to`planishini kamaytirish singari

    3.5-шакл
    umumiy choralar ko`riladi.

    Tishlar sirtining shikastlanishi. Kontakt kuchlanish va ishqalanish tish sirtilarini turlicha shikastlanishlariga sabab bo`ladi (3.6-shakl).

    3.6-shakl
    Toliqishdan uvalanish uzatmaning yaxshi moylanishi sharoitida kontakt kuchlanish ta’sirida toliqib uvalanish, tishlar sirtilari shikastlanishining asosiy turi hisoblanadi (3.6-shakl, a). Bunday holat tishlar orasi yupqa moy qatlami bilan ajratilgan, natijada metal-metal tutashuvni bartaraf etilgan uzatmalarda kuzatiladi. Bunday sharoitda ishlovchi tishlarda yeyilishi kam kuzatiladi. Natijada tishlar sirtida toliqish paydo bo`lguncha uzatma uzoq vaqt ishlaydi. Toliqish tishlar oyoqchasining qutb chizig`i yaqinida, ya’ni yuklama bir juft tishlar bilan uzatilish joyida boshlanadi. Ilashishdagi tishlarning sirpanishi va dumalab o`tishi shunday yo`nalganki, natijada moy yoriqlarga bosim ostida siqiladi va metall zarrachalarining uvalanishiga olib keladi. Uvalanishda moy pardasi hosil bo`lish sharoiti buziladi va oqibatda metallar tutashuvi vujudga kelib, tish sirti jadal yeyiladi va tirnaladi.
    Uvalanishni oldini olish uchun ko`riladigan umumiy choralar: kontakt kuchlanish bo`yicha toliqishga hisoblashdan o`lchamlarini aniqlash; termik ishlov orqali material qattiqligini oshirish; tishlar kontakti me’yori bo`yicha aniqlik
    darajasini oshirish.
    Abraziv yeyilish uzatma yomon moylanish sharoitida ishlashi natijasida yuzaga keladi (3.6-shakl, b). Bunday uzatmalarga avvalo ochiq uzatmalar, va abraziv zarrachalar bilan ifloslanishdan etarlicha himoyalanmagan yopiq uzatmalar ham taalluqli. Ushbu uzatmalarni qishloq xo`jaligi va transport mashinalarida, tog`-kon uskunalarida, yuk ko`tarish mashinalarida uchratish mumkin. Uzatma
    tishlarining yeyilishidan ilashishdagi tirqish kattalashadi, natijada shovqin hosil bo`ladi, dinamik yuklanishlar oshadi. Xuddi shu vaqtda yeyilgan tishning mustahkamligi uning ko`ndalang kesimi maydoni kichiklashi natijasida kamayadi. Agar tishli g`ildiraklar o`z vaqtida almashtirilmasa uning tishlari sinishi mumkin.
    Bunday holatda yeyilishni hisoblash, birinchi navbatda moyning kirlanish tezligi va yeyilish tezligiga ta’sir etuvchi tasodifiy omillarning ko`pligi bilan murakkabdir.
    Abraziv yeyilishni oldini olish uchun ko`riladigan umumiy choralar: tishlar sirti qattiqligini oshirish; ifloslanishdan himoyalash; maxsus moylarni qo`llash.
    Qadalish asosan og`ir yuklangan va tezyurar uzatmalarda kuzatiladi (3.6- shakl, v). Bunday uzatmalar tishlari tutashish joyida yuqori harorat vujudga keladi va natijada moy pardasi buzilib metallar tutashuv hosil bo`ladi. Bu hol bir necha bor takrorlangandan so`ng harorat shunday darajaga etadiki, mustahkamigi pastroq materialdan yasalgan g`ildirak tishining yuzasi ikkinchi g`ildirak tishiga yopishib chiqadi. Hosil bo`lgan metall g`urrachalar, ish davomida shu tish bilan ilashishda bo`lgan tish sirtini sirpanish yo`nalishida sidirib chiqa boshlaydi. Oqibatda tish sirti notekislanib, uzatma ishida qo`shimcha shovqin va dinamikaviy kuchlar paydo bo`ladi.
    Qadalishni oldini olish bo`yicha umumiy choralar: yeyilishni oldini olish chora-tadbirlari qo`llaniladi; yuqori qovushqoqli va kimyoviy faol qo`shimchali yeyilishga qarshi moylar ishlatilishi taklif etiladi.



    Plastik siljish yug`ir yuklangan sekinyurar uzatmalarning yumshoq po`latdan yasalgan tishli g`ildiraklarida uchraydi (3.7-shakl). Bunday hollarda tish sirtiga tushadigan kuch me’yoridan katta ishqalanish kuchi hosil
    qiladi va yumshoq po`latni deformatsiyalab, oquvchanlik darajasiga olib boradi, oqibatda metall ishqalanish



    kuchi yo`nalgan tomonga qarab sidiriladi. Natijada, etaklanuvchi g`ildirak tishining ilashish qutbi atrofida


    3.7-шакл

    kichkinagina do`mboqcha, etakchi g`ildirak tishining sirtida esa shu do`mboqchaga

    mos chuqurcha hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan do`mboqcha ilashishning buzilishiga va pirovardida, tishlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Tish materialining qattiqligini oshirish bunday emirilishning oldini olish choralaridan asosiysidir.
    Tishning ishlash yo`li bilan qattiqlashtirilgan sirtqi qatlamining ko`chib chiqishi. Bunday hodisa, asosan, sifatsiz termik ishlangan g`ildiraklarda ro`y beradi. Shuning uchun, termik ishlash talab qilingan hollarda bu jarayonning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.

    Download 6,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 6,43 Mb.