Iii-modul. Ilashish asosida




Download 6,43 Mb.
bet35/35
Sana19.11.2023
Hajmi6,43 Mb.
#101202
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

7.7-§. Tishli tasmali uzatmalar
Tishli tasmali uzatmalar yaxlit uzluksiz yassi tasmaning, ichki tarafida ko`ndalang do`nglik – tishli qilib tayyorlash yo`li bilan olinadi. Shkivlarda tasma tishlariga mos ravishda botiqliklar tayyorlanadi, Shuning uchun uzatmadagi ishqalanish hisobiga emas, ilashish hisobiga harakatni uzatadi. Tishli tasmali uzatmalar tasmali uzatmalarga faqat shartli ravishda – tortuvchi elementi – tasmaning nomi va konstruksiyasi bo`yicha kiritiladi. Harakat uzatish tarzi bo`yicha bu uzatma ko`proq zanjirli uzatmaga yaqin keladi. Uzatmadagi ilashish tarzi hisobiga bu uzatmada sirpanish hodisasi kuzatilmaydi, uzatmani katta kuch bilan taranglashga hojat qolmaydi, bu esa foydali ish koeffisientini oshiradi. Tishli tasmali uzatmada qamrov burchagi va o`qlararo masofani uzatma tortish layoqatiga ta’siri kamayadi, bu esa uzatmaning gabarit o`lchamlarini ixchamlashtiradi va uzatish nisbatini oshirishga imkon beradi. Tasma ilashishi va elastikligi (zanjirdagi bikr sharnirli bog`lanishi o`rniga) shovqin va dinamik yuklanishni kamaytiradi.
Demak, tishli tasmali uzatmalarning quyidagi afzalliklari bor: gabarit o`lchamlari kichik; uzatish nisbati o`zgarmas va katta; foydali ish koeffisienti
yuqori ( 0,92...0,98 ); dastlabki taranglik kuchi va valga tushadigan
yuklanishning kichkikligi; katta quvvat uzatishi.
Tishli tasmali uzatmaning kamchiligi –tasmada sirpanish bo`lmagani bois, yuritma o`ta yuklanish holatlaridan himoyalanmaganligidir.
Tishli tasmali uzatmalardan yuqori tezlik (50 m/s gacha), katta uzatish nisbati (i=12 gacha), katta quvvat uzatishda (P=100, ba’zan 200 kVt gacha) foydalanish mumkin.
Tishli tasmalardan foydalanish taklifi ancha davrdan beri mavud edi, lekin uni amalga oshirish imkoniyati, faqat plastmassalar yaratilganidan keyin paydo bo`ldi.
Tishli tasma ikki ko`rinishida tayyorlanishi mumkin: quyma (800 mm uzunlikkacha) yoki yig`ma. Tasma elastik moyga bardoshli rezina, yoki plastmassadan tayyorlanib, orasiga po`lat simli kanat yoki poliamid shnur joylashtiriladi. Poliamid shnur uncha katta bo`lmagan quvvat uzatish uchun mo`ljallangan tasmalarda ishlatiladi.
Umuman olgan tishli tasma, rezina (yoki polimer material) dan yasalgan elastik asos va





Download 6,43 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 6,43 Mb.