Uzatish nisbatini o`zgaruvchanligi. Uzatmaning
6.6-шакл
uzatish nisbati 𝑖 ≈ 𝑑2⁄𝑑1
bog`liq bo`ladi (6.6-shakl).
bu yerda 𝑑 2 Δ qiymatiga
Faqat yuklanish bo`lmaganda dumalash qutbi kontakt chizig`ining o`rtasida joylashadi. Yuklanish bilan ishlaganda qutb o`rtadan Δ masofaga siljiydi. Bu siljishni rolikning muvozanat shartidan aniqlash mumkin. Bu yerda g`ildirakni aylantiruvchi moment 𝑇1 ishqalanish kuchining momenti bilan muvozanatlashishi kerak. 𝐹´ishqalanish kuchining epyurasi 6.6-shaklda ko`rsatilgan, bunda ishqalanish kuchi yo`nalishi sirpanish tezligining yo`nalishiga teskari yo`nalgan, solishtirma ishqalanish kuchi esa 𝐹´ = 𝐹𝑛𝑓⁄𝑏 bo`ladi, shunday qilib
𝑇 = 𝐹´ [(𝑏 + ∆) − (𝑏 − ∆)] 𝑑1 = 𝐹 𝑓𝑑 ∆
(6.12)
1 2 2
2 𝑛
1 𝑏
yoki ∆= 𝑇1𝑏⁄(𝑑1𝐹𝑛𝑓).
(6.12) formulani tahlil qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
Siquvchi kuch 𝐹𝑛 ning doimiy qiymatida ∆ ning qiymati 𝑇1 yuklanishga proporsional ravishda o`zgaradi 𝑇1(𝑇1 → 0 𝑣𝑎 ∆→ 0). Bunda uzatish nisbati doimiy bo`lmaydi. Uning qiymati yuklanishga bog`liq ravishda ma’lum bir oraliqda o`zgaradi.
Agar siquvchi mexanizmdagi siquvchi kuch 𝐹𝑛 ning qiymatini 𝑇1 ga
proporsional o`zgarishi ta’minlasa, ya’ni 𝑇1⁄𝐹𝑛 = 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡
bo`lsa, unda ∆ va i
o`zgarmas bo`ladi. Bu o`zi sozlanadigan sharikli va vintli siquvchi qurilmalarning afzalligi hisoblanadi.
∆ ning qiymati, o`z navbatida 𝑖 ning yuklanishga qarab o`zgarishi, kontakt chizig`i uzunligi yoki rolik eni b ga proporsional. Sirpanishni va uzatish nisbati beqarorligini kamaytirish uchun, ensiz roliklar qo`llanadi, yoki chiziqli tutashuv o`rniga nuqtali tutashuvga o`tiladi (b=0 va ∆= 0). Dumalash qutbini holati, tutashuv chizig`i bo`ylab, bosim taqsimlanishi bilan bog`liq. Bosim bir tekis taqsimlanmaganda qutb katta bosim tarafga qarab suriladi. Bosim vallarning deformatsiyasi yoki tayyorlashda yo`l qo`yilgan xatolik tufayli teng taqsimlanmagan bo`lishi mumkin. Shuning uchun variatorlarning tayyorlash aniqligi va bikrligiga yuqori talablar qo`yiladi.
Foydali ish koeffisienti. Variatorlarning foydali ish koeffisienti asosan sirpanish va vallar tayanchidagi yo`qotishlarga bog`liq. Sirpanib ishqalanishdagi yo`qotish sirpanish tezligi vsir ga proporsional. (6.11) formula bo`yicha quyidagini ta’kidlash mumkin, ro`para variatorlarda vsir uzatish nisbati 𝑖 oshishi bilan kamayadi. Kichik uzatish nisbatida variatorlar past foydali ish koeffisientiga ega. Shu sababli ba’zi variatorlarning boshqarish diapazoni chegaralanadi. Tayanchlardagi ishqalanishdan yo`qotishlarning son qiymati valga tushadigan yuklanish qiymatiga, valning yuklanishi esa asosan siquvchi kuch 𝐹𝑛 qiymatiga
bog`liq (hamma konstruksiyalarda ham bunday bo`lmaydi). 𝐹𝑛 qiymati o`zgarmas
bo`lsa tayanchlardagi yo`qotish o`zgarmas bo`ladi, natijada variatorning yuklanishi
to`la bo`lmaganda foydali ish koeffisienti pasayadi. Shu sababli ham 𝑇1⁄𝐹𝑛
nisbat
doimiyligini ta’minlaydigan siquvchi mexanizmlarni qo`llagan ma’qul. Foydali ish koeffisientini hisoblash qiyin bo`lganligi uchun uning qiymati ko`pincha tajriba- sinov usulida baholanadi va ma’lumotlarda beriladi. Ma’lumot uchun dastlabki hisoblarda friksion uzatmalarning foydali ish koeffisienti nisbatan kichik
( 0,80...0,92 ) olinadi.
6.3-§. Friksion uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash
Hisob me’zonlari. Friksion juftlar ishlashi jarayonida ishchi sirtlarda quyidagi shkastlanishlari yuz beradi:
Toliqishdan uvalanish – doimiy moylanuvchi, moyli ishqalanish sharoitida ishlovchi uzatmalar ishchi sirtlarda yuzaga keladi. Bunday sharoitda ishchi sirtlar moy qatlami bilan ajratilganligi tufayli, yeyilish juda kam kuzatiladi.
Yeyilish – moysiz ishlaydigan uzatmalar ishchi sirtlarida, yoki moyli ishqalanish sharoiti hosil bo`lish sharti bajarilmagan hollarda yuz beradi.
Sirtning qirilishi – uzatmaning katta tezlik va yuklanish uzatishida etarlicha moylash sharoitlari bajarilmasa, shataksirash yoki qizish ta’siridan ro`y beradi.
Hamma ko`rsatilgan ishdan chiqish turlari tutashish sirtlaridagi kontakt
kuchlanishning qiymati bilan bog`liq. Shuning uchun friksion juftlikning mustahkamligi va umrboqiyligi kontakt kuchlanish bilan baholanadi. Chiziq
bo`yicha dastlabki urinishda (yasovchi radiuslari teng bo`lgan yumalash
e lementlari-silindrlar, konuslar, torlar va roliklar) hisobiy quyidagi formula bilan aniqlanadi
|
kontakt
|
kuchlanishi
|
𝜎𝐻 = 0,418√𝐹𝑛𝐸𝑘𝑒𝑙⁄(𝑏𝜌𝑘𝑒𝑙) ≤ [𝜎𝐻].
|
|
(6.13)
|
Nuqtada dastlabki urinishda (barcha boshqa holatlarda)
𝑘𝑒𝑙
𝜎𝐻 = 𝑚√𝐹𝑛𝐸
2
⁄𝜌
𝑘𝑒𝑙
≤ [σH]. (6.14)
Bu yerda 𝐹𝑛 −siquvchi kuch; 𝑏 −kontakt chizig`i uzunligi; 𝑚 −yumalovchi jism shakliga bog`liq bo`lgan koeffisient.
Tasmali uzatmalar
7.1-§. Umumiy ma’lumotlar
Harakatni uzatish tarzi va turlari. 7.1–shakldagi tasmali uzatma sxemasi keltirilgan. Uzatma vallarda o`rnatilgan ikki shkiv (etaklovchi va etaklanuvchi) va ularni qamrab turuvchi elastik element
tasmadan tashkil topgan. Tasmali uzatma harakatni shkivlar va tasma orasidagi, tasmani taranglash hisobiga paydo bo`ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatadi.
Turlari. Tasmaning ko`ndalang
7.1-шакл
kesim shakliga qarab: yassi tasmali (7.1 - shakl, a), ponasimon tasmali (7.1 – shakl, b) va doiraviy tasmali (7.1 – shakl, v) uzatmalar farqlanadi.
Tasmali uzatma mexanik uzatmalarning eng qadimiy turlaridan bo`lib, bu uzatma hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini saqlab qolgan. Boshqa turdagi uzatmalarga qaraganda tasmali uzatma bir qator afzalliklarga ega Shu sababli bu uzatmadan foydalanish maqsadga muvofiq. Tasmali uzatmaga baho berish uchun uni eng keng tarqalgan tishli uzatma bilan taqqoslaymiz.
Bunda tasmali uzatmani quyidagi afzalliklarini ta’kidlash mumkin:
harakatni nibatan katta masofalarga (15 m gacha va undan ko`p) uzatadi;
tasmaning elastiklik hususiyati ravon va shovqinsiz hamda katta tezlikda ishlash imkonini beradi;
tasmaning elastikligi sababli yuklanishning keskin o`zgarishlariga ta’sirchan emas;
o`ta yuklanish holatlarida tasmaning shkivdagi sirpanishi sababli mexanizmlarni ishdan chiqishdan saqlaydi;
tuzilishi oddiy, ishlatilishi oson moylash talab etmaydi;
tannarxi nisbatan arzon.
Tasmali uzatmalarning asosiy kamchiliklari:
tashqi o`lchamlari katta (ba’zi sharoitlarda shkiv diametrlari tishli g`ildiraklar diametridan taxminan besh marta katta);
tasmaning yuklanishiga bog`liq sirpanishidan uzatish nisbatining o`zgar- uvchanligi;
tasmaning katta dastlabki tarangligidan val va ularning tayanchlariga tushadigan yuklanishning kattaligi (tishli uzatmaga nisbatan vallarga 2…3 bora ko`p yuklanish tushadi);
tasmalar chidamliligining pastligi (1000 soatdan 5000 soatgacha).
Tasmali uzatmalar asosan vallar bir-biridan ancha uzoqda (katta masofada) joylashgan hollarda ishlatiladi. Zamonaviy tasmali uzatmalarning quvvati odatda 50 kVt dan ortmaydi. Tasmali uzatmalar avtomobilsozlikda, stanoksozlikda va qishloq xo`jalik mashinalarida keng ko`lamda qo`llaniladi. Hozirgi kunda zamonaviy mashinasozlikda ponasimon tasmalar eng ko`p tarqalgan, shu sababli eski konstruksiyali yassi tasmalarning ishlatilishi ancha kamaydi. Yangi konstruksiyali yassi tasmalar (plastmassalardan tayyorlangan qobiqli plenkali tasmalar) tez yurar uzatmalarda qo`llanilmoqda.
Tasmali uzatmalar ishchanlik layoqatining asosiy mezonlari tasma bilan shkivlar orasidagi ishqalanish kuchi orqali aniqlanadigan tortish layooqati va tasmaning umrboqiyligi hisoblanadi. Tasma umrboqiyligi normal sharoitlarda foydalanishda tasmaning toliqishidan emirilishi bilan chegaralanadi. Hozirgi
davrda tasmali uzatmalarni tortish layoqati bo`yicha hisoblash asosiy hisoblanadi. Tasmaning umrboqiyligini tanlash uchun, uzatmani hisoblashda asosiy parametrlarini amaliy tavsiyalar asosida qabul qilinadi.
|