• Suriladigan konusli variator
  • Diskli variatorlar
  • 6.2. Friksion uzatma sifatini belgilovchi omillar Sirpanish.
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet27/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    Ro`para variator. (6.3-shakl). Uzatish nisbatining maksimal va minimal qiymatlari

    𝑖𝑚𝑎𝑥 = 𝑛1𝑛2𝑚𝑖𝑛 𝑑2𝑚𝑎𝑥𝑑1,
    𝑖𝑚𝑖𝑛 = 𝑛1𝑛2𝑚𝑎𝑥 𝑑2𝑚𝑖𝑛𝑑1,
    Boshqarish diapazoni (oralig`i)
    } (6.7)

    𝐷 = 𝑛2𝑚𝑎𝑥𝑛2𝑚𝑖𝑛 = 𝑖𝑚𝑎𝑥𝑖𝑚𝑖𝑛 = 𝑑2𝑚𝑎𝑥𝑑2 min (6.8)
    Boshqarish diapazoni variatorlarning asosiy xarakteristikasidan biri hisoblanadi.
    Nazariy jihatdan ro`pora variator uchun 𝑑2𝑚𝑖𝑛→0 da, D→∞ olish mumkin. Amalda esa boshqarish diapazonini D ≤ 3 oralig`idagi qiymat bilan chegaralanadi. Buning sababi 𝑑2 ning kichik qiymatlarida sirpanish va yeyilish ko`payadi, foydali ish koeffisienti esa pasayadi.
    Foydali ish koeffisienti va yeyilishga chidamlilik jihatdan ro`para variator boshqa konstruksiyalarga nisbatan zaif sanaladi. Ammo uning tuzilishi soddaligi va harakat yo`nalishini o`zgartirish imkoniyati ro`para variatorlarni asboblarning kam quvvatli uzatmalarida va shunga o`xshash boshqa qurilmalarda etarli darajada keng qo`llanishiga imkoniyat yaratadi. Boshqarish diapazonini oshirish uchun oraliq rolikli ikki diskli ro`para variator qo`llaniladi. Bu variatorlarda D = 8…10 oralig`ida bo`ladi.




    Suriladigan konusli variator (6.4-shakl). Bu variatorlarda uzatuvchi element sifatida ponasimon tasma yoki maxsus zanjir
    qo`llaniladi. Etakchi va etaklanuvchi konus juftliklarini, bir-biriga nisbatan bir vaqtning o`zida, bir xil kattalikka kerish va siqish, maxsus vintli boshqarish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Bunda tasma o`z uzunligini o`zgartirmay ishchi diametrini o`zgartiradi.
    Kinematik munosabatlari
    𝑖𝑚𝑎𝑥 𝑑2𝑚𝑎𝑥𝑑1𝑚𝑖𝑛

    𝑖𝑚𝑖𝑛 𝑑2𝑚𝑖𝑛𝑑1𝑚𝑎𝑥
    𝐷 = 𝑑1𝑚𝑎𝑥𝑑2𝑚𝑎𝑥⁄(𝑑1𝑚𝑖𝑛𝑑2𝑚𝑖𝑛)
    } (6.9)

    Variatorning hisobi, tasmali uzatma nazaryasi yoki maxsus jadval yordamida amalga oshiriladi.
    6.4-шакл

    Tasmaning maksimal hisobiy yuklamasi 𝑖𝑚𝑎𝑥 ga to`g`ri keluvchi holat bo`yicha hisoblanadi.
    Konstruksiya imkoniyati bo`yicha boshqarish diapazoni tasma eniga bog`liq. Boshqarish diapozoni 𝐷 ni standart (ГОСТ 1284.1-89) tasmalarda 1,5 gacha, maxsus keng tasmalarda esa, 5 gacha olish imkoniyati mavud. Ponasimon tasmali variatorlarning tuzilishi oddiy va etarlicha ishonchli ishlaydi.
    Diskli variatorlar (6.5-shakl). Bu variatorlarda moment etakchi va



    etaklanuvchi disklar to`plami orasidagi ishqalanish hisobiga uzatiladi. Uzatish nisbatini o`zgartirish etakchi valni etaklanuvchi valga nisbatan ko`rsatilgan yo`nalishlarda surish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda o`qlararo masofa a va ishchi diametr

    6.5-шакл
    𝑑2 o`zgaradi. Uzatish nisbati

    𝑖 ≈ 𝑑2𝑑1 = 𝑣𝑎𝑟
    Diskli variator konstruksiyasida friksion elementlar tutashish nuqtalarini ko`paytirish g`oyasi yotadi. Bu esa tutashish nuqtalarida kontakt bosim kamayishiga olib kelib, shu bilan birga yeyilishni kamaytiradi. Bunda 𝐹𝑛 siquvchi kuch qiymati ham ancha kamayadi. Disklarning konussimonligini hisobga olmasak:
    𝐹𝑛 = 𝐾𝐹𝑡⁄(𝑚𝑐𝑓) = 𝐾𝑇12⁄(𝑚𝑐𝑓𝑑1) (6.10) bu yerda 𝑚-tutash (kontakt) nuqtalari soni, ular etakchi disklar sonining ikkilangan qiymatiga teng (𝑚 = 18…42 va ko`p bo`ladi); 𝑐 etakchi vallar soni.
    Siqib turish prujina yoki sharikli siquvchi moslama yordamida amalga oshiriladi. Disklar po`lat materialdan tayyorlanib, qattiqligi 50...60 HRC gacha toblanadi. Variator moyli sharoitda ishlaydi. To`kin moy emirilishni sezilarli kamaytiradi va ishqalanishga ta’sir etuvchi tasdifiy omillar ta’siriga bog`liq bo`lmagan holda, variator ishi barqarorligini taminlaydi.
    6.2. Friksion uzatma sifatini belgilovchi omillar
    Sirpanish. Sirpanish-yeyilish, foydali ishni koffitsientining kamayishi va uzatish nisbatini o`zgaruvchan bo`lishiga sababchi bo`ladi. Sirpanish uch turga bo`linadi: to`la sirpanish, elastik sirpanish, geometrik sirpanish.
    𝐹𝑡< 𝐹 shart bajarilmasa o`ta yuklanish hollarida to`la sirpanish yuz beradi. Bu holatda etaklanuvchi katok to`xtaydi, etakchi katok esa unda sirpana boshlaydi, natijada mahalliy yeyilish yoki qirilishni keltirib chiqaradi. Katoklarning geometrik shakli va yuzalari sifati buzilishi uzatmani yaroqsiz holga keltiradi. SHuning uchun loyihalash jarayonida, ilashish koffitsienti 𝐾 ning qiymati etarli
    bo`lishini taminlash va friksion uzatmadan o`ta yuklanishdan saqlovchi vosita sfatida foydalanishga yo`l qo`ymaslik zarur. O`zi tortiluvchi siqish qurilmalarining qo`llanilishi sirpanishni yo`qotadi.
    Elastik sirpanish kontakt zonasidagi elastik deformatsiyalar bilan bog`liq. Buni silindrik uzatma misolida tushitirish mumkin (6.1-shakl), agar katoklar absolyut qattiq bo`lganida, dastlabki chiziq bo`ylab kontakt yuklama ostida ham o`zgarmas
    edi. Bunda aylana tezlik kontakt chizig`i bo`ylab teng bo`lar va sirpanish yuz bermas edi. Elastik jisimlarda dastlabki kontakt chizig`i, yuklama ostida kontakt yuzaga aylanadi. Aylana tezliklar tengligi bu yuzaga tegishli bo`lgan chiziqlardan birining tegishli nuqtalarda saqlanishi kuzatiladi. Qolgan barcha nuqtalarda sirpanish hosil bo`ladi.
    Haqiqatdan ham friksion uzatmalardagi elastik deformatsiyaga bog`liq bo`lgan sirpanish murakkab hodisa. Ular maxsus adabiyotlarda ko`rib chiqiladi. Bu deformatsiyadan hosil bo`ladigan sirpanish qiymati 2...3% ni tashkil etadi va u tajriba-sinov yo`li bilan aniqlanadi.
    Geometrik sirpanish etakchi va etaklanuvchi katoklar kontakt yuzasidagi tezliklarning teng emasligidan kelib chiqadi (6.6-shakl).
    Rolikni ishchi sirtlaridagi aylana tezlik uning butun kengligi bo`ylab o`zgarmas va 𝑣1 ga teng. Disk 2 ning turli nuqtalaridagi tezligi 𝑣2 bu nuqtalardan markazgacha bo`lgan masofaga proporsional ravishda o`zgaradi (disk chekkasida
    𝑣2 = 𝑣2𝑚𝑎𝑥) bo`ladi.
    Shataksirash bo`lmaganda 𝑣1 va 𝑣2 tezliklari kontakt chizig`i bo`ylab teng bo`lishi kerak. Ammo ko`rilayotgan konstruksiyada tezliklar faqat kontakt chizig`idagi bir nuqtada (tebranish polyusida) teng bo`ladi. Bu nuqtada
    𝑛1𝑛2 = 𝑑2𝑑1 bo`ladi.



    Kontakt chizig`ining boshqa hamma nuqtalarida 𝑣𝑠𝑖𝑟 = 𝑣1 − 𝑣2 tezlikli sirpanish kuzatiladi. 6.6shaklda kontakt chizig`i bo`ylab sirpanish tezliklari epyurasi yo`g`on chiziqlarda tasvirlangan.
    Uchburchaklarning o`xshashligidan sirpanish tezligining maksimal qiymati quyidagicha topiladi.
    𝑣12 𝑏 𝜋𝑛1 𝑏

    𝑣𝑐𝑖𝑟 =
    𝑑2
    (2 + ∆) = [30𝑖] (2 + ∆) (6.11)

    bu yerda n1 min °
    1 da.

    Download 6,43 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




    Download 6,43 Mb.