|
Iii-modul. Ilashish asosida
|
bet | 30/35 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 6,43 Mb. | | #101202 |
Bog'liq Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA7.5-§. Ponasimon tasmali uzatmalar
Ponasimon tasmali uzatmalar o`zining bir qator afzalliklari tufayli boshqa turdagi tasmali uzatmalarga qaraganda mashinasozlikning turli tarmoqlarida keng tarqalgan.
Tasma konstruksiyasining prinsipial asoslari. Bu uzatmada tasmaning ko`ndalang (7.6-shakl) kesimi ponasimon shaklga ega, shuning uchun ham tasma
ponasimon tasma deb ataladi. Shkivlarda tasmalar shakliga mos ravishda ariqchalar o`yilgan bo`lib, tasmalar shu ariqchalarda joylashadi. Uzatmada tasma turi va uzatilayotgan quvvatga va mos holda, bir yoki bir nechta qatorli bo`lishi mumkin.
Lekin uzatmani ishlatish va yig`ishda qulay
7.6-шакл
bo`lishi uchun tasmalar qatori z ≤ 8 bo`lishi
tavsiya etiladi. Agar hisoblarda z > 8 natija olingan bo`lsa, u holda etakchi shkiv diametri 𝑑1 qiymati tavsiyalar asosida oshiriladi natijada bitta tasma uzatishi mumkin bo`lgan quvvat oshishi evaziga, tasmalar qatori soni kamayadi. Yoki katta kesimga ega bo`lgan tasma olinadi. Ya’ni bir nechta ingichka tasmalar o`rniga bitta yo`g`on tasma ishlatiladi natijada eguvchi kuchlanish kamayishiga erishiladi.
Shkivdagi ariqchalar shunday tayyorlanadiki, unga tasma kiydirilganda shkiv tubida Δ masofa qolishi ta’minlanishi kerak. Bu bilan tasmaning yon tomonlari shkiv ariqchasi devoriga ishqalanib ishlashi ta’minlanadi. Shu bilan birga tasma
shkivning tashqi diametridan chiqib qolmasligi lozim, aks holda ariqcha qirralari tasmani tezda ishdan chiqaradi.
Shkivlarning hisobiy diametri 𝑑ℎ tasma ko`ndalang kesimidagi og`irlik markazining aylanasi yoki tasma egilishidagi neytral qatlam hisoblanadi. Tasma va shkivlarning barcha o`lchamlari standartlashtirilgan bo`lib, hisoblab topilgan tasma ko`ndalang kesimiga mos bo`lgan shkiv tanlanadi.
Tasmaning ponasimon shakli uning shkiv bilan ilashishini taxminin uch martaga oshiradi, bu tasmaning asosiy xarakteristikasi bo`lgan tortish layoqatini oshirish imkoniyatini yaratadi.
|
| |