|
Lecture 9 mavzu: oziq-ovqat sanoati texnologik jihozlarini ta’mirlash texnologiyasi
|
bet | 1/9 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #239126 |
Bog'liq Presentation 9 - Lecture 9
- MAVZU: OZIQ-OVQAT SANOATI TEXNOLOGIK JIHOZLARINI TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI.
- 9.1. Maydalovchi jihozlar
- Jo`vali (valetsli) dastgohlar. ВС-5 jo`vali dastgohni montaj joyigacha vertikal va gorizontal ko`chirish ko`tarish-transportlash moslamalari bilan amalga oshiriladi. Dastgoh staninasi tayanch sirtining tagiga qalinligi 80 mm va eni 150-180 mm bo`lgan yog`och bruslardan yasalgan rama qo`yiladi. Bu rama dastgohning tayanch qismi chetidan 60-70 mm chiqib turishi kerak. Yog`och rama ustiga qalinligi 10-15 mm bo`lgan gofrlangan tovushni so`ndiruvchi rezina qo`yiladi. Dastgohning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar bo`yicha gorizontallikdan og`ish jo`valar tayanchlariga lineyka va obtarozi qo`yish, hamda harakatlantiruvchi shkivlarning yon sirtidan o`tadigan shoqul bilan tekshiriladi.
- Gorizontallikdan ruxsat etilgan og`ish qiymati 1 m uzunlikda 0,1-0,3 mm; balandlik belgisidan og`ish ± 5 mm; yuqoridan ko`rinishda o`qlar bo`yicha og`ish ± 5 mm.
- Gorizontallik holati rostlangan keyin yog`och rama beton plitaga M16 boltlar bilan mahkamlanadi.
- Agar bir necha jo`vali dastgoh bir joyda o`rnatilsa, yog`och ramalari bo`ylama montaj o`qi bo`yicha o`rnatiladi, bunda o`q chiziqlari parallelligi ta`minlanishi kerak. Qator chizig`idan dastgohning ruxsat etilgan maksimal og`ishi ± 15 mm. Dastgohlarning bir-biriga nisbatan gorizontallik holati gidrostatik obtarozi yordamida bajariladi. Umumiy gorizontallik chizig`idan og`ishning qiymati ± 5 mm.
- Dastgoh 1 soat mobaynida salt holatda sinovdan o`tkaziladi. Undan keyin o`tayotgan mahsulotni qarab turish uchun shishadan patrubok va po`lat mahsulot yetkazib beruvchi truba o`rnatiladi. Po`lat truba va biriktiruvchi cho`yan flanetslar orasiga qalinligi 10-15 mm bo`lgan rezina xalqa qo`yiladi.
|
| |