|
- rasm. A2-XTН xamir bo`lish mashinasi
|
bet | 4/9 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #239126 |
Bog'liq Presentation 99.3- rasm. A2-XTН xamir bo`lish mashinasi 1- lentali transportyor; 2- rostlanadigan valik; 3- pichoq; 4- ikki tomonli porshen; 5- qalqon; 6- bo`luvchi mexanizm; 7- o`lchovchi cho`ntak; 8- shpilka; 9- bunker; 10- zaslonka asosi; 11- zaslonka; 12- aylanuvchi kurak; 13- val; 14- xamir kamerasi; 15- yarimsferali qolip; 16- rezbali vtulka. - A2-XTН xamir bo`lish mashinasi texnik xarakteristikasi
- Xamir bo`laklari vazni, kg ….........................0,2-1,2
- Ish unumdorligi, dona/min ...........................20-60
- Yuritma quvvati, kVt ...........................................3
- Bo`lish cho`ntakchasi soni .................................1
- Bo`lish aniqligi, % ...........................................± 2
- Gabarit o`lchamlar, mm ........................2770 × 915 × 1500
- Massa, kg ..........................................................1200
-
- Mashina montajga yig’ilgan holda keladi. Mashina o`rnatish joyi montaj o`qlari bo`yicha polda belgilanadi va shu belgilarga asosan polga qo`yiladi. Gorizontallik va vertikallik holati obtarozi va shoqul yordamida tekshiriladi. Bunda gorizontallik holati aniqligi 1 m uzunlikda 0,1 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi. Mashina holati yuqoridagi talablarga javob bergandan keyin polga to`rt dona M20 anker boltlari yordamida mahkamlanadi. Lentali transporter poddoni bilan mashina tagiga uchta shpilka bilan holati rostlanadigan tayanch qurilma orqali o`rnatiladi.
- Bu qurilma orqali transportyorni 15-200 gacha aylantirib bo`ladi. Mashinani ishlatishdan oldin barcha korriziyaga qarshi qatlamlar tozalanadi. Xamir bilan bevosita kontaktda bo`ladigan barcha ishchi organlar vetosh bilan artiladi, sovun yoki sodaning issiq eritmasi va sovuq suv bilan yuviladi, quruq qilib artiladi va gorchitsa moyi yoki eritilgan margarin surtiladi. Reduktor karteriga moy ko`rsatgichi belgisigacha 19 markali kompressor moyi quyiladi. Mashinaning barcha kerakli joylari moylash kartasiga asosan УС-2 markali konsistent moylash materiali bilan to`ldiriladi.
- Mashinani ishga tushirishdan oldin bo`luvchi qismini bir-necha bor shkiv-variatorning maxovigini qo`l bilan aylantirish orqali aylantiriladi. Keyin shkivlarga tasma o`rnatiladi va elektrodvigatel qisqa-qisqa vaqt yoqilib, ishchi sikl
- bir-necha bor qaytariladi. Undan keyin mashina salt holatda 2 soat mobaynida ishlatiladi. Mashina zarbasiz, osoyishta ishlashi kerak.
- Bir kilogrammli xamir bo`lagini olish uchun zaslonka uchi va kurak stupitsasi orasidagi oraliq 6-8 mm ni, bo`luvchi baraban silindrik sirti va koziryok orasi 0,03-0,06 mm bo`lishi kerak.
|
| |