|
Lecture 9 mavzu: oziq-ovqat sanoati texnologik jihozlarini ta’mirlash texnologiyasi
|
bet | 6/9 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #239126 |
Bog'liq Presentation 9 Ishchi organlarni mukammal tozalash. Berilayotgan havoni miqdorinii ko`paytirish yoki yo`nalishini rostlash kerak | - 9.3. Ajratish jihozlarni
-
- Elaklovchi jihoz. Non zavodlarida unni begona qo`shimchalardan tozalash ko`pincha A2-XПВ rusumidagi un elash mashinasida bajariladi. Elash jarayoni elakli baraban aylanishi natijasida amalga oshiriladi. Baraban elektrodvigatel, chervyakli reduktor va ponasimon tasmali uzatmadan tarkib topgan yuritma orqali harakatlantiriladi.
-
- A2-XПВ rusumidagi un elash mashinasi texnik xarakteristikasi
- Ish unumdorligi, t/soat ...............................................2,9
- Ventilyatorlar aylanish chastotasi, ayl/min.............60
- Gabarit o`lchamlar, mm...............................1975 x 1168 x 1168
- Massasi, kg ….........................................................430
-
- Un elash mashinasi zavod-tayyorlovchidan montajga yig`ilgan holda elektrodvigatel va reduktor komplektida yetkaziladi. Bu mashinani o`rnatish quyidagi ishlardan iborat: asosiy montaj chiziqlari chiziladi, elektrodvigatel uchun poydevor qurilib, u montajga qabul qilib olinadi. Unni olib keluvchi va olib ketuvchi ikkita quvurlar uchun loyihada ko`rsatilganidek qavat orasidagi plitalarda ochilgan teshik o`lchamlari tekshiriladi.
- Mashina loyiha bo`yicha polga o`rnatiladi, obtarozi va shoqul bo`yicha gorizontallik va vertikallik holati rostlanadi. To`rtta M16x80 boltlar yordamida qavat orasidagi plitaga mahkamlanadi. Elektrodvigatel poydevorga o`rnatiladi. Elakli baraban va elektrodvigatel vallari paralelligi va shkivlar yon tomon sirtlarining mos kelishi 4-rasmda ko`rsatilgandek shoqul torlari va obtarozi yordamida tekshiriladi. Shoqul torlari shkiv yon tomon sirtlari bo`yicha yuboriladi.
|
| |