-rasm. Protirkalash (ezish) mashinasi




Download 0,6 Mb.
bet8/9
Sana17.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#239126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Presentation 9

9.5-rasm. Protirkalash (ezish) mashinasi
  • 1- korpus; 2- elektrodvigatel; 3- klin tasmali uzatma; 4-pichoqlar holatini rostlaydigan mexanizm; 5- mahsulot solinadigan bunker; 6-konus-qaytargich; 7- setkali baraban; 8- chiqindini olib chiqadigan quvur; 9- jamlanadigan bunker; 10- ezish pichog’i.
    • Barabanli setka va pichoqlar orasidagi oraliqni mashinani to’liq to’xtatib, teshikli tsilindrni aylantirish bilan o’zgartirish mumkin.
    • Mashina rotori tasmali uzatma 3 va elektrodvigatel 2 orqali aylantiriladi. Elektrodvigatel holati rostlanadigan qiya plita ustiga o’rnatilgan.
    • Mashina ish unumdorligi: urug`li meva va sabzavotlar uchun 700 kg/soat, donakli mevalar uchun - 2000 kg/soat. Qabul qilingan quvvat 7,5 kVt. Tsilindr teshiklari diametri (mm): 1,5; 1,2; 0,7-0,8 sabzavotlarni ajratishda; 3 va 5 - donakli mevalarni ajratishda. Rotor aylanish chastotasi (ayl/min): 700 urug`li sabzavotlarni ajratishda; 330, 410, 445 - donakli mevalarni ajratishda. Pichoq va setkali baraban orasidagi oraliqni rostlash chegarasi 2,5 mm. Gabarit shlchamlari: 1170 x 770 x 1115 mm. Massasi 508 kg.
    • Bu mashinalar zavod-tayyorlovchidan yig`ilgan holda elektrodvigatel va tasmali uzatma bilan birga montajga keltiriladi.
    • Protirkalash mashinalarini montaj qilish tartibi quyidagicha:
    • 1. Protirkalash mashinasi uchun fundamentni montajga qabul qilib olinadi
    • 2. Asosiy montaj o’qlarini belgilash (asosiy montaj o’qlari deb rotor o’qi va shkivlar yon tekisligadan o’tgan o’q qabul qilinadi).
    • 3. Mashinani fundamentga o’rnatiladi.
    • 4. Elektrodvigatelni qiya ramaga o’rnatilib, M12 boltlari bilan qotiriladi. Bunda boltlarni qotirish bir meyorda amalga oshiriladi.
    • 5. Shkivlar o’rnatiladi. Bunda shkivlar parallelligi, o’rta tekisliklari to’g`ri kelishini, shkivlar kanavkalarining bir tekislikda joylashishini, kanavkalar ko’ndalang kesimi bir xilligini ta`minlash kerak. Buning uchun shoqul va obtarozi qo’llaniladi (4-rasm). Bunda obtarozi havo pufakchasi asbobning markazida bo’lishi va shkivlar yon tomon tekisligidan shoqul torigacha bo’lgan a masofa bir xil bo’lishi kerak.
    • Shkivlarni o’rnatilayotganda indikatorlar bilan yon tomon va radial urilishlar tekshiriladi, bunda urilishlar quyidagi qiymatlardan oshmasligi darkor:
    • Urilishga ruxsat etilgan qiymatlar, mm
    • yon tomondan 0,15
    • radial 0,08
    • 6. Shoqul, obtarozi va metall tiqinlar yordamida mashina holatini rostlaydilar. Obtarozilarni mashina ishchi valiga va qopqog`iga qo’yib o’lchaydilar. Qopqog`dagi obtarozini ikki bir-biridan 900 farq qiladigan holatda qo’yib o’lchaydilar. Shoqul tori shkivlar yon tekisligidan o’tishi kerak (ruxsat etilgan gorizontallik holatidan siljish 0,1-0,3 mm 1 m uzunlikda, balandlik bo’ylab siljish ± 5 mm va yuqoridan qaralganda asosiy o’qlar siljishi ± 5 mm bo’lishi darkor).
    • 7. Mashina holatini rostlangandan keyin fundament quduqchalariga beton qorishma quyiladi, bunda mashina tayanch qismi va fundament ishchi yuzasi oralig`i ham to’ldiriladi. Mashina ostidagi beton qalinligi 50-60 mm atrofida. Qorishmada ishlatilgan tsement markasi fundament yaxlitida ishlatilgan tsement markasidan kam bo’lmasligi, shag`al va sheben o’lchamlari 5-20 mm dan oshmasligi kerak
    • 8. Mashinani fundamenga mahkamlanadi. Bunda 12-15 mm diametrli anker boltlari ishlatiladi. Fundament boltlari gaykalaruni mahkamlash quyilgan beton 70 % mustahkamlikka ega bo’lgandan keyin bajariladi. Bunda hamma bolt gaykalari bir maromda mahkamlanishi va mashina asosi fundamentga yopishib turishi kerak.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Protirkalash (ezish) mashinasi

    Download 0,6 Mb.