|
Internet va uning xizmatlari
|
bet | 1/3 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,93 Mb. | | #146982 |
- WWWda veb-sahifalarni olish uchun HTTP hamda uning xavfsiz va rivojlangan versiyasi HTTPS protokollaridan foydalaniladi. WWW rivojlanishining natijasida uning WEB 1.0, WEB 2.0, WEB 3.0 avlodlari paydo bo‘ldi.
- WEB 1.0 Internet tarmog‘i ishga tushirilgan vaqtda veb-saytlar faqat foydalanuvchilarga ma’lumot berish maqsadidagina yaratilgan. Ular statik sahifalar bo‘lib, barcha ma’lumotlar faqat veb-dasturchilar tomonidangina o‘zgartirilgan. Veb-dasturchilar sahifa kodiga o‘zgartirish kiritmaguncha, sahifa yangilanmagan.
- Web 2.0 ning asosiy xususiyati – bu ko‘p sonli foydalanuvchilar kontentini yaratish va ma’lumotlarni almashishda uning bevosita ishtirokidir. Xususan, WEB 2.0 texnologiyalari foydalanuvchilarga qidirish, xabar yaratish va yuborish, yangilik joylashtirish, video ulashish va tomosha qilish imkoniyatlarini berdi. Shuningdek, Facebookda sahifalar yaratish, yangilash, YouTubega video yuklash yoki Vikipediyaga maqola yozish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. YouTube, Vikipediya, blog, ijtimoiy tarmoq va boshqalar Web 2.0 ga xos mashhur texnologiyalardir.
Internet va uning xizmatlari - WEB 3.0 – Web 2.0 ga o‘xshash, lekin aqlli texnologiya hamda sun’iy intellektga asoslangan texnologiya. Web 3.0 asosida foydalanuvchi ma’lumotlari olinadi va unga mos foydali ma’lumot yoki takliflar taqdim etiladi. Web 2.0 saytlari barcha tashrif buyuruvchilarga bir xil kontentni taqdim etsa, WEB 3. 0 platformalari har bir foydalanuvchining xohishiga ko‘ra, sayt tarkibini moslashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. WEB 3. 0 ga blokcheyn, IoT, bigdate texnologiyalarini misol keltirish mumkin. Bu texnologiyalarga keyinroq batafsil to‘xtalamiz.
Elektron pochta (e-mail) xizmati
Elektron pochta bilan ishlashda IMAP, POP3 SMTP protokollaridan foydalaniladi. Elektron pochta SMTP protokoli orqali jo‘natiladi, POP3 protokoli orqali esa qabul qilib olinadi.
Internet xabarlariga kirish protokoli (IMAP – Internet Message Access Protocol) – elektron pochtaga ixtiyoriy qurilmadan bog‘lanish imkonini beradi, pochta serveri hamda pochta mijozi o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi;
pochta aloqasi protokolining 3-versiyasi (POP3 – Post Office Protocol 3) – xabarlarni elektron pochta orqali qabul qilish uchun ishlatiladi;
oddiy pochta uzatish protokoli (SMTP – Simple Mail Transfer Protocol) – xabarlarni elektron pochta orqali yuborish uchun ishlatiladi;
fayllarni uzatish protokoli (FTP – File Transfer Protocol) – Internetdagi fayllarni uzatish va boshqarish uchun ishlatiladi;
|
| |