|
Audio va videoqo‘ng‘iroqlar xizmati
|
bet | 2/3 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,93 Mb. | | #146982 |
Audio va videoqo‘ng‘iroqlar xizmati
Internet orqali ovoz yuborish protokoli (VoIP – Voice over Internet Protocol) – Internet orqali ovozli ma’lumot (telefon qo‘ng‘iroqlari)ni uzatish uchun ishlatiladi. Ushbu texnologiyaning rivojlanishi natijasida audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
VoIP – ovozni raqamli signalga aylantiruvchi, foydalanuvchiga Internet orqali bir nechta foydalanuvchi bilan gaplashish imkonini beruvchi raqamli aloqa turi.
VoIP xizmatlarini taqdim etuvchilar: Skype, Google Hangouts, WhatsApp, TeamSpeak, Telegram va h. k.
Streaming – foydalanuvchiga Internet orqali jonli voqea, serial, film, sport tadbirlarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi xizmat. Bunga smartfon, aqlli televizor yoki kompyuterga translyatsiya qilish kiradi. Streaming xizmatlarini taqdim etuvchilar: Allplay, ITV, Mediabox.
GPS xizmati
GPS (ing. Global Positioning System – global joylashishni aniqlash tizimi) – dunyo bo‘ylab masofa, vaqt va joylashishni belgilaydigan sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi.
Geotagging – geografik (GPS yordamida olingan) ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlarga biriktirish jarayoni. Bunga video, fotosurat va QR-kodlarga koordinatalar, vaqt, balandlik, masofa va joy nomlarini biriktirish kiradi.
Aloqa vositalari Ethernet – LANdagi sim va signallarni aniqlaydigan eng keng tarqalgan standart. Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun koaksial, о‘rama juft (ingl. toking ring) va optik tolali (dastlab shisha, hozirda esa plastik tola) kabellar ishlatilishi mumkin. – koaksial kabellar (coaxial cable) televizion antenna kabeliga juda о‘xshash; – о‘ralgan juft kabellar (tvisted pair) telefon simini eslatadi; – optik tolali kabellar (fider-optic cable) – eng ishonchli va tez, ammo nisbatan qimmat turuvchi kabel. Aloqa vositalari
|
| |