|
Kabel turi
О‘tkazish tezligi
|
bet | 3/3 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,93 Mb. | | #146982 |
Kabel turi
|
О‘tkazish tezligi,
Mbit/sek
|
Tarmoqni hosil qiluvchi
nuqtalar orasidagi masofa
|
Koaksial kabellar
|
300 Mbit/sek
|
500 m
|
О‘ralgan juft kabellar
|
10 Gbit/sek
|
100 m
|
Optik tolali kabellar
|
10/100/1000 Gbit/sek;
10/40/100/200 Gbit/sek
|
80 km
|
Koaksial kabel dielektronik bilan qoplangan ekranlovchi himoya qobiqli mis о‘tkazgich (sim)dan iborat.
О‘ralgan juft asosli kabel bir necha juft dielektrik (plastikli) qobig‘i izolyatsiyalangan, buralgan mis simlardan tashkil topgan.
Optik tolali kabel – sirtidan mustahkam himoya qobig‘i bilan qoplangan, ichida esa diametri 5 dan 100 mikrongacha bо‘lgan mayda shisha yoki plastik tolalardan iborat ingichka, egiluvchan, shaffof kabel. Bitta kabel tarkibida bunday tolalardan bitta yoki yuzlab bо‘lishi mumkin
Quyidagilar simsiz aloqa kanallarining asosiy aloqa tizimlari hisoblanadi: infraqizil va mikrotо‘lqinli aloqa kanallari (IrDA), radiotо‘lqinli aloqa kanallari (Bluetooth, UWB, WiFi, WiMAX), mobil aloqa, sputnik aloqa tizimlari va boshqalar.
Bluetooth – radioto‘lqinlar yordamida qisqa masofalarda bir-biri bilan aloqa qilish imkoniyatini beruvchi kompyuter, telefon va boshqa qurilmalarda ishlatiladigan simsiz texnologiya.
Wi-Fi (ing. Wireless Fidelity – simsiz aniqlik) – qurilmalarni radioto‘lqinlari orqali mahalliy tarmoqqa hamda Internetga ulash imkonini beruvchi simsiz tarmoq texnologiyasi.
WiMAX (ingl. Worldwide Interoperability for Microwave Access – mikrotо‘lqindan foydalanishning butun jahon birligi) – keng polosali simsiz mintaqaviy tarmoq.
Simsiz aloqa vositalari
Infraqizil nurlar (IrDA standarti)
Radioto‘lqinlar
Bluetooth
Wi-Fi
WiMAX
|
| |