• Blokcheyn texnologiyasi va uning qo’llanilishi
  • Blokcheyndagi bloklar va ularning o’zaro aloqasi
  • 1. Blokcheyn texnologiyasi va uning qo’llanilishi Blokcheyn ishlash tamoyili




    Download 0.49 Mb.
    bet1/6
    Sana25.04.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #53573
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    13-maruza
    2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi

    Ma’ruza-13. Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo’llari (2 soat)
    Reja:
    1. Blokcheyn texnologiyasi va uning qo’llanilishi
    2. Blokcheyn ishlash tamoyili
    3. Blokcheyn texnologiyasidan turli tarmoq sohalarida foydalanish xususiyatlari

    Tayanch iboralar: Blokcheyn, Bloklar, Bitkoin, xesh-kodi, peer-to-peer, Ommaviy blokcheyn, G’ayrirasmiy yoki xususiy blokcheyn, Konsorsiumli blokcheyn, kriptovalyuta


    Blokcheyn texnologiyasi va uning qo’llanilishi
    Blokcheyn (ingl. blockchain – bloklar zanjiri) – ma‘lum qoidalarga ko’ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri (bir-biriga bog’langan ro’yxat).
    Bloklar – tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar to’g’risidagi kriptografik shaklda namoyon bo’lgan ma‘lumotlardir. Barcha bloklar ba‘zi bir yoki barcha so’nggi tranzaksiyalar yoziladigan zanjirdan tuzilgan. Yozib olish tugagandan keyin blok doimiy ma‟lumotlar bazasi rolini o’ynaydigan umumiy zanjirga qo’shilib ketadi. Navbatdagi blok tugashi bilanoq keyingisini yaratish boshlanadi:

    Bloklar o’rtasidagi aloqa nafaqat raqamlanish bilan, balki har bir blok o’z xesh-summasi va oldingi blok xesh-summasidan iboratligi bilan ta‘minlanadi. Blokdagi ma‘lumotni o’zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni ham tahrir qilishga to’g’ri keladi. Ko’pincha bloklar zanjirlari nusxalari ko’plab turli kompyuterlarda bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma‘lumotlarni o’zgartirishni g’oyat qiyinlashtiradi.
    Har bir axborot bloki bir xil tuziladi: u tarmoqda uning shakllanishidan oldin bo’lgan barcha o’zgarishlar haqidagi ma‘lumotni o’z ichiga oladi.
    Blokcheyndagi bloklar va ularning o’zaro aloqasi
    Bitkoin blokcheynini ko’rib chiqamiz. Har bir blok quyidagi ma‘lumotlardan iborat:
    Blok versiyasini;
    Blok yaratilishi sanasi va vaqti;
    Blok sarlavhasi xesh-kodi;
    Blokdagi barcha tranzaksiyalar xesh-kodi;
    Mayningda yoziladigan maxsus Nonce va Bits parametrlari.
    Blok sarlavhasi xesh-kodi – bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni keyingisi bilan bog’laydigan narsadir. U keyingi blok sarlavhasiga oldingi blok 19 xesh-kodi deb yoziladi. U Myorkl daraxti (Merkle tree) yoki xeshlar binar daraxti sifatida ma‘lum bo’lgan algoritmdan foydalanib hisoblab chiqariladi.
    Bunday blok zanjirga kiritilishi bilan, keyinchalik uni o’zgartirib bo’lmaydi. Blokcheynning fundamental tamoyillaridan biri shundan iboratdir. Blokcheynda ma‘lumotlarni yozib olish yanada xavfsizroq aloqani ta‘minlaydigan kriptografiya protokollari yordamida, hamda ma‘lumotlarni uzatishning bank tarmoqlarida amalga oshiriladi.
    Blok zanjirini shakllantirishda unga faqat ishonchli ma‘lumotlari bor bloklar tushishi mumkin. Shunga muvofiq, hammaga ma‘lum axborotni zanjirning mavjud bo’lgan har qanday blokida soxtalashtirib yoki almashtirib bo’lmaydi. Blokcheyndagi barcha ma‘lumotlar yig’ilib boradi va muntazam to’ldirilib boriladigan ma‘lumotlar bazasini shakllantiradi. Ushbu ma‘lumotlar bazasidan hech narsani o’chirib bo’lmaydi yoki blokni almashtirib/o’zgartirib bo’lmaydi. Bu blokcheynning asosiy jihatlaridan biridir




    Download 0.49 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Blokcheyn texnologiyasi va uning qo’llanilishi Blokcheyn ishlash tamoyili

    Download 0.49 Mb.