• MUSTAQIL ISHI Bajardi: 072-20 guruh talabasi Suvonov Asadbek
  • Mavzu: Zamonaviy xesh funksiyalarning qiyosiy tahlili. Reja: 1.Xesh funksiya haqida tushuncha. 2.Xesh funksiyalar turlari.
  • Mavzu: Zamonaviy xesh funksiyalarning qiyosiy tahlili. Reja




    Download 493.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana13.03.2024
    Hajmi493.08 Kb.
    #170813
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
     
     
     
     
     
     
    KRIPTOGRAFIYA FANIDAN
     
     
    MUSTAQIL ISHI 
     
     
    Bajardi: 072-20 guruh talabasi 
     
     
     
    Suvonov Asadbek 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent– 2023 
     
     


    Mavzu: Zamonaviy xesh funksiyalarning qiyosiy tahlili. 
    Reja: 
     
    1.Xesh funksiya haqida tushuncha. 
    2.Xesh funksiyalar turlari. 
    3.Zamonaviy xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o‘rni. 
    4.Xulosa. 
    5.Foydalanilgan adabiyotlar. 
    Kriptografiyada, xesh-funksiya deb ixtiyoriy uzunlikdagi (bitlar yoki baytlar birliklarida) 
    ma’lumotni biror fiksirlangan (belgilangan) uzunlikdagi (bitlar yoki baytlar birliklariga) 
    qiymatga o‘tkazib beruvchi funksiyaga aytiladi. Xesh funksiyalardan amalda statistik 
    tajribalar o‘tkazishda, mantiqiy qurilmalarni tekshirishda, ma’lumotlar bazasida tez 
    qidirib topish algoritmlarini yaratishda va ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning 
    butunligini tekshirishda foydalaniladi.Xesh funksiya (ingl. hash function) deb, ixtiyoriy 
    uzunlikdagi M ma’lumotni fiksirlangan uzunlikdagi h(M)=H qiymatga akslantirib 
    beruvchi, oson hisoblanadigan bir tomonlama funksiyaga aytiladi.Xesh funksiya: “xesh 
    qiymat”, “daydjest”, “barmoq izlari” deb ham ataladi.Xesh funksiyaga nisbatan 
    quyidagi talablar qo‘yiladi: 
    1. 
    Ixtiyoriy uzunlikdagi matn uchun qo‘llab bo‘lishlik. 
    2. 
    Chiqishda belgilangan uzunlikdagi qiymatni berishlik. 
    3. 
    Ixtiyoriy berilgan x bo‘yicha h(x) oson hisoblanishlik. 
    4. 
    Ixtiyoriy berilgan H bo‘yicha h (x)= N tenglikdan x ni hisoblab topib 
    bo‘lmaslik. (Bir tomonlamalik xususiyati). 
    5. 
    Olingan x va yx matnlar uchun h(x) ≠ h(y) munosabat o‘rinli bo‘lishi. 
    (Kolliziyaga bardoshlilik xususiyati). 
    Demak, xabar daydjesti (ingl. message digest) – bu muayyan usul yordamida 
    beriladigan bir tomonloma xesh-funksiya yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash 
    natijasi hisoblangan qayd etilgan uzunlikdagi simvollarning noyob ketma-
    ketligi.Xeshlash algoritmi (ingl. Hashing algorithm) – chekli uzunlikdagi dastlabki ketma-
    ketligini qayd qilingan uzunlikdagi bitlarning ketma-ketligiga almashtiruvchi 
    kriptografik algoritm. 


    Agar kolliziyalarni aniqlash murakkab bo‘lsa, xesh-funksiya ziddiyatsiz 
    hisoblanadi.Bu yerda kolliziya – bu ikki turli dastlabki ma’lumotlar uchun bir 
    tomonlama funksiyaning qiymatlari teng bo‘lgan voqea.Bir tomonlama funksiya – bu 
    berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiyaning qiymatini hisoblash oson, lekin f(x) dan 
    x ni aniqlash qiyin bo‘lgan funksiya.Xesh, xesh qiymat (ingl. hash, hash value) – bu 
    ma’lumotlar ketma-ketligidan ishlab chiqariladigan va boshqa kirish ma’lumotlaridan 
    xuddi shunday qiymatini hosil qilish ehtimoli kamayadigan tarzda generatsiyalanadigan 
    son.Xesh-kod – bu xesh-funksiyaning chiqish natijasi bo‘lgan bitlar satri. 
    Xeshlash – bu xesh-funksiya qiymatini hisoblash jarayoni. 
    Xesh-funksiya (ingl. Hash function) – bu chekli uzunlikdagi bitlar satrini qayd 
    qilingan uzunlikdagi bitlar satriga o‘zgartirish funksiyasi. Asosan ushbu qiymat 64 yoki 
    128 bitdan tashkil topgan bo‘ladi. 
    Xesh-funksiyaning mazmun-mohiyati bevosita xesh kodga asoslangan ushbu 
    kodni hosil qiluvchi funksiya argumetni haqida qandaydir xulosa qilish. Masalan, ikkita 
    massivning xesh-kodlari har xil bo‘lsa, demak ushbu massivlar bir-biriga teng bo‘lmaydi. 
    Ammo, xesh-kodlari teng bo‘lsa, massivlar ham teng ekanligini bildirmaydi. Chunki, 
    umumiy holda xesh-kodlarning soni kiruvchi qiymatlar sonidan ancha kam bo‘ladi. 
    Demak ikkita har xil kiruvchi qiymat bitta xesh-kodga ega bo‘ladi, ya’ni kolliziya sodir 
    bo‘ladi. Ushbu holatning sodir bo‘lish ehtimoli bevosita xesh-funksiyani tahlil qilishda 
    juda muhim ahamiyatga ega. 
    Eng oddiy xesh-funksiya sifatida quyidagini taklif qilish mumkin, masalan, 
    berilgan belgilar qatoridagi hab bir baytni Xor operatsiyasi bilan qo‘shib chiqsak, 
    natijada bir bayt olinadi. Ushbu natija 8 bitli xesh-kod bo‘ladi va kirish qatorining 
    uzunligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar doimo bir bayt bo‘ladi.Masalan, quyidagi o‘n 
    oltilik qator berilgan bo‘lsin: 3E 54 A0 1F B4. Ushbu qatorni ikkilik ko‘rinishga o‘tkazib, 

    Download 493.08 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 493.08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Zamonaviy xesh funksiyalarning qiyosiy tahlili. Reja

    Download 493.08 Kb.
    Pdf ko'rish