Kriptografiya nuqtai




Download 38.72 Kb.
bet1/7
Sana08.04.2024
Hajmi38.72 Kb.
#191623
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axb 3
1-makta ma\'rifat soati 13.09.2022, Skalyar va vektor maydonlar. Ularning xarakteristikalari, A, Mustaqil ta\'lim, 12, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, Lecture - 35, ustoz qo\'shiq sh\'er, Labaratoriya ish C , axb 2, shablon, technology in our life

Kriptografiya nuqtai
– nazaridan shifr — bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to’plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o’zgartirish kriptografiya o’zgartirishlar algoritmlari majmuasi xisoblanadi. Kalit — kriptografiya o’zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy xolati bo’lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko’rsatkich bo’lib kriptomustaxkamlik xisoblanadi.
Kriptografiya ximoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi:
• yetarli darajada kriptomustaxkamlik;
• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;
• axborotlarni shifrlash okibatida ular xajmining ortib ketmasligi;
• shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bulmasligi.
Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:
• o’rinlarini almashtirish;
• almashtirish;
• gammalashtirish;
• analitik o’zgartirish.
O’rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo’yicha boshlang’ich matn belgilarining matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o’rinlari almashtiriladi. Almashtirish shifrlash usuli buyicha boshlangich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi. Gammalashtirish usuli buyicha boshlang’ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi. Taxliliy uzgartirish usuli bo’yicha boshlang’ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o’zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko’paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bulsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi. O’rinlarni almashtirish usullari Ushbu usul eng oddii va eng qadimiy usuldir. O’rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: — shifrlovchi jadval; — sexrli kvadrat. Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo’llaniladi: — jadval o’lchovlari; — so’z yoki so’zlar ketma-ketligi; — jadval tarkibi xususiyatlari.

Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat. Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.



Download 38.72 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 38.72 Kb.