• 2- bosqich.
  • SHA-1 xesh funksiyasi algoritmi




    Download 493.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana13.03.2024
    Hajmi493.08 Kb.
    #170813
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH

    SHA-1 xesh funksiyasi algoritmi. Kafolatlangan bardoshlilikka ega 
    bo‘lgan 
    xeshlash 
    algoritmi 
    SHA 
    (Secure 
    Hash 
    Algorithm) 
    AQShning 


    standartlar 
    va 
    texnologiyalar 
    Milliy 
    instituti 
    (NIST) 
    tomonidan 
    ishlab 
    chiqilgan bo‘lib, 1992 yilda axborotni qayta ishlash federal standarti (RUB 
    FIPS 180) ko‘rinishida nashr qilindi. 1995 yilda bu standart qaytadan ko‘rib 
    chiqildi va SHA-1 deb nomlandi (RUB FIPS 180-1). SHA algoritmi MD4 
    algoritmiga asoslanadi va uning tuzilishi MD4 algoritmining tuzilishiga 
    juda yaqin. Bu algoritm DSS standarti asosidagi elektron raqamli imzo algoritmlarida 
    ishlatish uchun mo‘ljallangan. Bu algoritmda kiruvchi ma’lumotning uzunligi 264 bitdan 
    kichik bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 160 bit bo‘ladi. Kiritilayotgan ma’lumot 512 bitlik 
    bloklarga ajratilib qayta ishlanadi. 
    Xesh qiymatni hisoblash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
    1-bosqich. To‘ldirish bitlarini qo‘shish. 
    Berilgan ma’lumot uzunligi 512 modul bo‘yicha 448 bilan taqqoslanadigan 
    (ma’lumot uzunligi  448 mod 512) qilib to‘ldiriladi. To‘ldirish hamma vaqt, hattoki 
    ma’lumot uzunligi 512 modul bo‘yicha 448 bilan taqqoslanadigan bo‘lsa ham bajariladi. 
    To‘ldirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ma’lumotga 1 ga teng bo‘lgan bitta bit 
    qo‘shiladi, qolgan bitlar esa 0 lar bilan to‘ldiriladi. Shuning uchun qo‘shilgan bitlar soni 
    1 dan 512 tagacha bo‘ladi. 
    2- bosqich. Ma’lumotning uzunligini qo‘shish. 
    1-bosqichning natijasiga berilgan ma’lumot uzunligining 64 bitlik qiymati 
    qo‘shiladi. 
    3- bosqich. Xesh qiymat uchun bufer initsializatsiya qilish. 
    Xesh funksiyaning oraliq va oxirgi natijalarini saqlash uchun 160 bitlik buferdan 
    foydalaniladi. Bu buferni beshta 32 bitlik A, B, C, D, E registrlar ko‘rinishida tasvirlash 
    mumkin. Bu registrlarga 16 lik sanoq sistemasida quyidagi boshlang‘ich qiymatlar 
    beriladi: 
    A=0x67452301, 
    B=0xEFCDAB89, 
    C=0x98BADCFE, 
    D=0x10325476, 
    E=0xC3D2E1F0. 
    Keyinchalik bu o‘zgaruvchilar mos ravishda yangi abcva o‘zgaruvchilarga 
    yozib olinadi. 

    Download 493.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 493.08 Kb.
    Pdf ko'rish