• Asosiy terminlar
  • 1. Internet xizmatlari
  • 10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja




    Download 156.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana16.06.2022
    Hajmi156.5 Kb.
    #23849
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4.10-Mavzu
    Delphi, Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari-fayllar.org, Internet dasturiy ta`minoti Internetda ishlash uchun zarur bo’la, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, SHAXSIY KOMPYUTERLARNING ASOSIY VA QO, 19ldto6pjMxyH8wUNzst3ALYUMpURAg0nSPxyglJ (1), Mavzu musiqiy tizim, pisa xalqaro baholash dasturi asosida oquvchilarning tayanch kompetentsiyalarini shakllantirish, Djoldasov Adilbek (new), Mustaqil ish, IAKT mustaqil ish topshiriqlari, 12, Туман хокимига, 5-sinf qulay va tezkor


    10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti 
    Reja: 
     
    1. Internet xizmatlari 
    2. Internetning dasturiy ta`minoti 
    3. Internet manzillari va domenlari 
    4. DNS serverlari 
    5. NAT tizimi 
    Asosiy terminlar: Internet xizmatlari, Telnet, FTP, E–mail, Whois, faks, elektron tarjimon
    shlyuzlar, Copher, WAIS, WWW, HTML, Web–texnologiya, Web–sahifalar, Web–sayt, URL, 
    HTTP, CGI, «butun dunyo o’rgimchak to’ri», Web–master, yozuvchi, kontent–master, analitik, 
    server administratori.Google tizimi 
    1. Internet xizmatlari 
    Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish 
    uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va 
    xilma-xil bo'lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari 
    yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
    - WWW - elektron sahifa xizmati; 
    - elektron pochta xizmati; 
    - telekonferensiya (Usenet); 
    - fayllarni uzatish (FTP); 
    - DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati; 
    - Telnet xizmati; 
    - IRC - xizmati yoki Chat konferesiya; 
    - Ma'lumotlarni izlash xizmati. 
     
    − Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, 
    ya’ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o’ziniki kabi, ishlash 
    imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)–abonentga tarmoqdagi istagan 
    kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o’zaro muloqot qilishga sharoit yaratib 
    beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy 
    kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o’qish, ishlov berish 
    va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish 
    WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o’zining 
    tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo ’lib 
    qolmoqda.


    − Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron 
    elonlar doskasini olish. Bu sistema ma’lum bir mavzu bo’yicha guruhlarga 
    bo’lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o’zini qiziqtirgan 
    mavzuni ko’rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o’zinikini yaratishi 
    mumkin. 
    − Yangi xujatlar guruhining barcha a’zolariga yoki konkret avtorlarga 
    yuborilishi mumkin. 
    − Elektron pochta (E-mail) - eng ko’p tarqalgan internet xizmati bo’lib, 
    istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan o’zaro muloqotda bo’lib turishini 
    taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar adresatga bir 
    necha minut davomida yetib boradi. 
    − Bunda masofa xech qanday rol o’ynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga 
    bir necha kun hattoki, haftadan keyin yetib borishi mumkin. 
    − Whais-internetning adres kitobi. Uning yordami bilan abonet o’zo qdagi 
    kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin.
    − Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi 
    xizmatlaridan tashqari, internet ba’zi bir o’ziga xos xizmat turlarini ham taqdim 
    qilishi mumkin, masalan:
    − Faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal 
    aloqa orqali xabarlar jo’natish imkonini beradi.
    − Elektron tarjimon–o’ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga 
    tarjima qilib beradi. 
    − Bunda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga 
    oshiriladi.
    − Shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda 
    xabarlarni jo’natish imkonini beradi.
    Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq 
    ma’lumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga 
    quyidagilar kiradi: 
    − Gopher-kalit so’z va jumlalar bo’yicha axborotlarni topishga yordam 
    beruvchi Internet tarmog’idagi eng ko’p tarqalgan axborot qidiruv vositasi. 
    Copher-servirida axborotlarni ko’rib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu 
    yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning «daraxti» kabi ko’rinishdagi menyu 
    yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan 
    tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q. 
    − Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu 
    elementlarini bo’laklar (detallar) ajratadi. Daraxt bo’yicha pastga siljitishning 


    oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fay l) 
    kabi. 
    − WAIS-Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit 
    so’zlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar 
    WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga 
    qaraganda ancha yengil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional 
    foydalanuvchilar e’tiborini o’ziga ko’proq jalb etadi. 
    − Internetda eng ommabop va bir me’yorda rivojlangan xizmat turlaridan 
    biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun 
    ilgaridan o’ylab topilgan. Hozir esa, ko’pchilik odamlar kundalik hayotining bir 
    qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer sharining istagan nuqtasida saqlanishi 
    mumkin bo’lgan butunlay boshqa sayt yoki kompyuterdagi matnning xohlagan 
    boshqa joyiga havola qilinadigan belgilash so’zlari (buyruqlari) o’rnatilgan global 
    giper matn sistemasi. Giper matn g’oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi 
    informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan 
    foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g’oyani amalga 
    oshirishda to’rtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
    –HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
    –URL(Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli.
    –HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–Hyper Text 
    Transfer Protocol). 
    –SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi. 
    Bu vositalar kitobning navbatdagi bo’limlarida ko’rib chiqiladi.
    Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion 
    o’zgarishlar bo’ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har 
    tomonlama qondirishga qaratilgan bo’ladi. Kelajakda internet xizmatlari xud di 
    instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o ’qitishni 
    tashkil etish, odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, 
    marketing, biznes, dam olish va boshqalar. 
    Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik
    arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi q ulaylik; kira olinadigan 
    dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni o’zlarining 
    xususiy intellektual imkoniyatlariga qo’shimchadek qaraydilar.
    Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga bo’ladigan talab va talabgorlar 
    sonining to’xtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va 
    operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo’lmaydi, inson 
    faoliyatining xohlagan soxasida qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Shuning 
    uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi bo’lib 
    boramiz.



    Download 156.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 156.5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja

    Download 156.5 Kb.
    Pdf ko'rish