Biologik fanlar tizimi




Download 429.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.02.2024
Hajmi429.52 Kb.
#163305
  1   2
Bog'liq
1Biologik fanlar tizimi
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek


1.Mavzu: Biologik fanlar tizimi, ularning zamonaviy muommolari va
yutuqlari. 
Reja 
1.Biologik fanlar tizimi, biologiya fanining biotexnologik va kimyoviy
ishlab chiqarish sohalaridagi o’rni. 
2.Tiriklikning tuzulish darajalari. 
BIOLOGIK FANLAR TIZIMI.
Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno fransuz olimi J.B. Lamark 
va nemis olimi G.R. Terviranus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, yunoncha bios – 
hayot, logos – fan, ya’ni hayot haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Biologiya 
qisqacha aytganda hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari 
to’g’risidagi fandir. Biologiyaning tekshirish ob’ekti bo’lib, o’simliklar, hayvonlar, 
zamburug’lar, mikroorganizmlar, odamlar, ularning organ, to’qima hujayra va 
hujayra komponentlarining tuzilishi, funksiyalari, kimyoviy tarkibi, ularda 
kechadigan jarayonlar hamda shaxsiy tarixiy rivojlanishi, jamoalari, ularning 
o’zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.Biologiya organik dunyo haqidagi 
juda ko’p fanlarni o’z ichiga oladi. Bu hol tirik organizmlar va ularni tekshirish 
usullarining xilma-xilligi bilan bog’liq. Biologiya botanika, zoologiya, odam 
anatomiyasi, mikrobiologiya, gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlarni 
o’rganadigan fan) kabi fanlarga bo’linadi. Bu fanlar ham o’z navbatida fan sifatida 
o’rganiladigan bir qancha sohalarga ajratiladi.Masalan, zoologiya sohasida 
sutemizuvchi hayvonlarni teriologiya, qushlarni ornitologiya, hasharotlarni 
entomologiya, bir hujayralilarni protozoologiya, ya’ni protistologiya o’rganadi. 
Organizmlarning xilma-xilligi va ularni guruhlarga bo’lishni sistematika, ularning 
hayotiy 
funkstiyalarini 
fiziologiya, 
xatti-harakatlarini 
etologiya, 
individual rivojlanishini embriologiya, hujayraviy tuzilishini stitologiya, tarixiy 
rivojlanishini evolyustion ta’limot, irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini 
genetika fanlari tadqiq qiladi. 
Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. 
Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, 
oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bo‘ladi. Kompleks 
fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.Tekshirish obyektiga ko‘ra 
biologiya fani 
Botanika – o‘simliklar; 


Zoologiya – hayvonlar; 
mikrobiologiya –mikroorganizmlar; 
mikologiya – zamburug‘lar; 
gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar; 
paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar; 
Ekologiya - organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. 
1. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish 

Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini; 

Fiziologiya – organizmlar, organlarning funksiyasini; 

Embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini; 

Sistematika 
– 
organizmlarning 
sistematik 
guruhlarini, 
o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini; 

etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi. 
2. Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo 
bo‘lgan fanlar 

Biofizika - biologik sistemalarda ro‘y beradigan fizik jarayonlarni; 

Biokimyo - organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy 
jarayonlarni; 

Biogeografiya – tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish 
qonuniyatlarini o‘rganadi 

Bionika - organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va 
tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni; 

Biotexnologiya - tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab 
chiqarish korxonalarida qo‘llashni maqsad qilib qo‘yadi. 
Keyingi yillar davomida biologiyaning boshqa fanlar bilan qo’shilib ketishi tufayli 
biofizika, biokimyo, bionika, radiobiologiya, biometriya, biologik injeneriya kabi 
yangi fanlar vujudga keldi. Biologiya fanining rivojlanishida XVIII—XIX asrda 
amalga oshirilgan bir qancha kashfiyotlar, ayniqsa o’simliklar va hayvonlar sun’iy 
sistemasining ishlab chiqilishi, jinsiy hujayralarning kashf etilishi, xujayra 
nazariyasining asoslab berilishi, evolyustion ta’limotning yaratilishi juda katta 
ahamiyatga ega bo’ldi. XX asr biologiya fanlarining jadal rivojlanishi va klassik 
tadqiqotlar miqyosining kengayishi bilan ajralib turadi. Ana shu asrda genetika
stitologiya, fiziologiya, 
biokimyo, 
ekologiya, 
biosfera 
haqida 


ta’limot, mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya va boshqa ko’p fanlar 
shakllanib jadal sur’atlar bilan rivojlandi. XX asrda qilingan kashfiyotlar orasida 
G. Mendel ochgan qonunlar asosida mutastiya va irsiyatning xromosoma 
nazariyasining ishlab chiqilishi, DNK strukturasi o’rganilib, genetik kodning kashf 
etilishi biologiyaning rivojlanishida inqilobiy ahamiyatga ega bo’ldi. Ana shu 
kashfiyotlar tufayli XX asrning ikkinchi yarmida biologiyaning eng yosh sohasi 
molekulyar biologiya dunyoga keldi va tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 
Molekulyar biologiya soxasidagi kashfiyotlar gen injeneriyasi va biotexnologiya 
kabi amaliy fanlarning rivojlanishi uchun nazariy asos bo’ldi. Keyingi yillarda 
populyastion biologiya sohasida tadqiqotlar keng miqyosda olib borilmoqda. 
Biologiya qishloq xo’jaligi va tibbiyot fanlarining nazariy asosi hisoblanadi. 
Biologiya qonuniyatlarini bilib olish ekinlarning serhosil navlari va uy 
hayvonlarining sermahsul zotlarini yaratish, biosferani ifloslanishdan saqlash
tabiiy boyliklarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish yo’llarini 
ko’rsatib beradi.XX asrda qilingan kashfiyotlar orasida G. Mendel ochgan 
qonunlar asosida mutastiya va irsiyatning xromosoma nazariyasining ishlab 
chiqilishi, DNK strukturasi o’rganilib, genetik kodning kashf etilishi biologiyaning 
rivojlanishida inqilobiy ahamiyatga ega bo’ldi. Ana shu kashfiyotlar tufayli XX 
asrning ikkinchi yarmida biologiyaning eng yosh sohasi molekulyar biologiya 
dunyoga keldi va tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Molekulyar biologiya 
soxasidagi kashfiyotlar gen injeneriyasi va biotexnologiya kabi amaliy fanlarning 
rivojlanishi uchun nazariy asos bo’ldi. Keyingi yillarda populyastion biologiya 
sohasida tadqiqotlar keng miqyosda olib borilmoqda. Biologiya qishloq xo’jaligi 
va tibbiyot fanlarining nazariy asosi hisoblanadi. Biologiya qonuniyatlarini bilib 
olish ekinlarning serhosil navlari va uy hayvonlarining sermahsul zotlarini 
yaratish, biosferani ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish 
hamda ulardan oqilona foydalanish yo’llarini ko’rsatib beradi.Gen va hujayra 
injeneriyasi sohasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar o’simlik va hayvonlardan 
olinadigan biologik faol moddalar (gormonlar, fermentlar) ni sanoat miqyosida 
ko’plab ishlab chiqarishga, klonlash ishlarini amalga oshirishga keng imkoniyat 
berdi. XX asrning oxiri biologiya fanining jadal rivojlanishi uning inson 
faoliyatidagi ahamiyatining boshqa tabiiy fanlarga nisbatan keskin ortganligi bilan 
belgilanadi. Endilikda biologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra jamiyat moddiy-
texnika bazasining rivojlanishi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.Biologiya 
sohasidagi bilimlar aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini 
to’laroq qondirish, kasalliklarning oldini olish va davolash, tabiiy muhitni 
muhofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni echishga, mustaqil 
Respublikamiz qudratini yanada mustaxkamlashga xizmat qiladi.Gen va hujayra 
injeneriyasi sohasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar o’simlik va hayvonlardan 


olinadigan biologik faol moddalar (gormonlar, fermentlar) ni sanoat miqyosida 
ko’plab ishlab chiqarishga, klonlash ishlarini amalga oshirishga keng imkoniyat 
berdi. XX asrning oxiri biologiya fanining jadal rivojlanishi uning inson 
faoliyatidagi ahamiyatining boshqa tabiiy fanlarga nisbatan keskin ortganligi bilan 
belgilanadi. Endilikda biologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra jamiyat moddiy-
texnika bazasining rivojlanishi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.Biologiya 
sohasidagi bilimlar aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq 
qondirish, kasalliklarning oldini olish va davolash, tabiiy muhitni muhofaza qilish 
bilan bog’liq bo’lgan muammolarni echishga, mustaqil Respublikamiz qudratini 
yanada mustaxkamlashga xizmat qiladi.Biologiya hayotga xos barcha xususiyatlar, 
jumladan metabolizm, ko’payish, irsiyat - o’zgaruvchanlik, o’sish, harakatlanish va 
boshqa hodisalarning umumiy va xususiy qonuniyatlarini o’rganadi.Hozirgi zamon 
biologiyasi olimlarning ko’p asrlik kuzatishlari va tadqiqotlarining mahsuli bo’lib, 
u XX asrning ikkinchi yarmida tavsifiy yo’nalishdan eksperimental sohaga 
aylangan fanlar majmuasidir.Biologiya fanining taraqqiyotida oqsil va nuklein 
kislotalarning tadqiq qilinishi muhim rol o’ynab mazkur fanni tavsifiy 
yo’nalishdan eksperimental sohaga aylantirdi.Medistina, qishloq xo’jaligi 
yo’nalishlaridagi tadqiqotlar, sanoat chiqindilari va tabiiy resurslardan samarali 
foydalanish va tabiatni muhofaza qilish yo’nalishida biologiya katta rol 
o’ynamoqda. Oxirgi 15-20 yil ichida biologiyada inqilobiy o’zgarishlar bo’lib, 
mazkur fanda fizik-kimyoviy biologiya (biokimyo, biofizika, gen muxandisligi, 
molekulyar genetika, biotexnologiya) fanlari shakllandi. Hozirgi kunda biologiya 
tirik tabiatni o’rganuvchi kompleks fanlarning majmuasiga aylandi.Atrof-muhitda 
hayot turlarining turfa xilligini kuzatish mumkin. Tiriklikning har xil 
ko’rinishlarini shimoliy, janubiy qutb muzliklarida, cho’l-sahrolar, dengizlarning, 
okeanlarning ustki va qorong’u tublarida, baland atmosfera qatlamlarida, sho’r, 
kislotali, vakuumli muhitda, hatto reaktorlarda uchratish mumkin. Ona zaminimiz 
hayotning har xil shakllariga o’ta boy bo’lib, ular o’zaro, bir-birlariga mutanosib-
garmoniya va muvozanat holatida joylashib hayot kechiradilar.Hozirgi kunda 
olimlar tomonidan 500 mingdan ortiq o’simlik, 2.5 mln hayvon, 30 mingga yaqin 
lishayniklar, 100 mingga yaqin zamburug’, 6 mingga yaqin bakteriya va mingga 
yaqin virus (shundan 500 dan ortiq turi hayvonlarda va 300 dan ortiq turi 
o’simliklarda uchraydi) turlari aniqlangan. Taksonomik tadqiqot ishlarining 
biologiya fanida boshlanganiga 250 yil bo’lgan bo’lsa ham hayvonot, nabotot va 
boshqa jonzot xillari aniq bo’lmay, ularning tabiatdagi turlari 3 dan 30 mln atrofida 
deb hisoblanmokda. Yuqorida ko’rsatilgan rang-barang hayotning asosida albatta 
tiriklik belgisi yotadi. Tashqi ko’rinishdan o’lik va tirik jismlarni bir-birlaridan 
osonlik bilan farqlash mumkin. Hayot oqsillarning yashash shakli degan ta’rifga 
hammamiz o’rganib qolganmiz. Engels bu ta’rifni berganda oqsillar haqidagi 


ma’lumot juda kam edi. Ular alohida ajratib olinmagan, struktura va funkstiyalari 
hali noma’lum edi. Engels, oqsil deyilganda, olimlarning fikricha, u hujayrani ko’z 
oldiga keltirgan. Genetik axborotni tashuvchi nuklein kislotalarning ochilishi va 
ularning strukturalarini o’rganish asosida hayot nukleoproteinlarning yashash 
shakli deb atala boshlandi. Lekin o’lgan tana tarkibida nukleoproteinlar etarli 
miqdorda bo’ladi, ammo ular tiriklik gavharlaridan mahrumdirlar.Oqsil va nuklein 
kislotalarning makromolekulalari xujayra tarkibida o’z hayotiy belgilari hali to’liq 
aniqlanmagan muhitda namoyon etadi. Hayot-tashqi muhit bilan doimiy ravishda 
modda almashish xususiyatiga ega bo’lish demakdir. Masalan, tirik sichqon yoki 
yonib turgan sham tashqi muhit bilan modda almashinish xususiyatiga 
ega. Sichqon nafas olishida, sham esa yonish jarayonida kislorod yutib karbonat 
angidrid chiqaradilar. Demak, nukleoprotein va modda almashinuvi tiriklik mezoni 
bula olmaydi. Shifokorlar tiriklikni nafas olish, yurak faoliyatiga qarab 
belgilaydilar. Hozir shunday mashinalar borki, ular o’pka va yurak funkstiyalarini 
o’z zimmalariga oladilar. Tirik odam deb sezuvchi, fikrlovchi va shu asnoda 
rastional qarorlarga keluvchi shaxsni bilamiz. Demak, hamma odamlarga tegishli 
hayotiy belgilarni aniqlash ancha murakkab masala ekan.Oqsil va nuklein 
kislotalarning makromolekulalari xujayra tarkibida o’z hayotiy belgilari hali to’liq 
aniqlanmagan muhitda namoyon etadi. Hayot-tashqi muhit bilan doimiy ravishda 
modda almashish xususiyatiga ega bo’lish demakdir. Masalan, tirik sichqon yoki 
yonib turgan sham tashqi muhit bilan modda almashinish xususiyatiga ega. 
Sichqon nafas olishida, sham esa yonish jarayonida kislorod yutib karbonat 
angidrid chiqaradilar. Demak, nukleoprotein va modda almashinuvi tiriklik mezoni 
bula olmaydi. Shifokorlar tiriklikni nafas olish, yurak faoliyatiga qarab 
belgilaydilar. Hozir shunday mashinalar borki, ular o’pka va yurak funkstiyalarini 
o’z zimmalariga oladilar. Tirik odam deb sezuvchi, fikrlovchi va shu asnoda 
rastional qarorlarga keluvchi shaxsni bilamiz. Demak, hamma odamlarga tegishli 
hayotiy belgilarni aniqlash ancha murakkab masala ekan. 

Download 429.52 Kb.
  1   2




Download 429.52 Kb.
Pdf ko'rish