Tiriklikning tuzulish darajalari




Download 429.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.02.2024
Hajmi429.52 Kb.
#163305
1   2
Bog'liq
1Biologik fanlar tizimi
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek
Tiriklikning tuzulish darajalari. 
Tirik organizmlar yoki biologik tizimlar quyidagi darajalarda bo‘ladi: molekula, 
hujayra, to‘qima, organ, organizm, popu la tsiya, biogeotsenoz (ekotizim) va 
biosfera. Har bir tuzilish darajasida atrof- muhit bilan ya’ni moddalar, energiya va 
axborot almashinuvlar nati jasida o‘ziga xos muayyan tizimlar kelib chiqadi. 
Tizim deganda bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlarning ma’lum 
izchillikdagi o‘zaro bog‘lanishlari va ta’sirlari tushuniladi. Shunday qilib, 
tizimning asosiy tarkibiy qismlari komponentlar, bog‘lanishlar va chegaralardir. 
Barcha tirik organizmlar ochiq tizim hisoblanib, ular tashqi muhit bilan moddalar, 
energiya va axborot almashinuviga ega. Keling, quyida tiriklikning asosiy tuzilish 


darajalarini ko‘rib chiqaylik. Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol 
yirik molekulalar, ya’ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat 
ko‘rsatishida namoyon bo‘l adi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun 
xos bo‘lgan quyosh nuri ener giyasining organik moddalarda bog‘lanishi kimyoviy 
energiyaga aylanishi ya’ni moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o‘tkazish hamda 
tuzilmalarning 
avlodlardagi 
barqarorligi 
singari 
jihatlar 
kuzatiladi. 
Hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional birligidir. 
Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning dalili sifatida viruslarni 
ko‘rsatish mumkin. Ularga xos bol‘gan ayrim tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada 
namoyon bo‘ladi. Biologik moddalar ushbu bosqichda bir butun tizim sifatida 
birlashadi. Hujayra tuzilish darajasiga ko‘ra barcha tirik organizmlar bir va ko‘p 
hujayralilarga ajraladi. To‘qima. To‘qima — kelib chiqishi, tuzilishi va 
bajaradigan vazifasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar yig‘indisidan iborat. organ. organ 
ko‘pchilik hayvonlarda bir necha turdagi to‘qimalarning tuzilish va funksional 
yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, odamning terisi epiteliy va birik tiruvchi 
to‘qimalardan iborat, ular bir necha vazifalarni bajaradi. Organizm. organizm 
mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko‘p hujayrali tirik tizimdan iborat. 
Ko‘p hujayrali organizm har xil vazifalarni bajarishga moslashgan to‘qima va 
organlardan tashkil topadi. Populatsiya—tur. Populatsiya kelib chiqishi, yashash 
sharoiti va hayot tarzlari bir xil (o‘xshash) organizmlarning yig‘indisidan iborat. 
Ushbu bosqichda dastlabki evolutsion o‘zgarishlar kuzatiladi. Biogeotsenoz. Bir-
biri va atrof muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi gan organizmlarning 
populatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Bio geotse nozdagi hayot jarayonlarini 
tashqaridan keladigan energiya ta’minlagani uchun uni ochiq, o‘zini o‘zi 
boshqaradigan sistema deyiladi. Bio geotse nozning asosiy vazifasi energiyani 
to‘plash va taqsimlashdir. Biosfera. Sayyoramizdagi hayotning barcha 
ko‘rinishlarini qamrab olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosfera 
yerdagi turli-tuman hayot ko‘rinishlarini qamrab oladi. Biosfera bosqichida 
sayyoramizdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog‘liq ravishda barcha 
moddalar va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi. Tirik organizmlarda 
kuzatiladigan moddalar almashinuvi jarayonida or ga nik moddalarning roli 
qanday? Tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga nisbatan tirik organizmlar hujayra 
si ning o‘ziga xosligi nimadan iborat? 
Tirik organizmlarda kuzatiladigan moddalar almashinuvi jarayonida organik 
moddalarning roli qanday? 
Tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga nisbatan tirik organizmlar hujayra si ning 
o‘ziga xosligi nimadan iborat? 


Tirik tabiatning hujayra va to‘qima darajasida o‘rganishning ahamiyati nimad an 
iborat? 
Biogeotsenoz deganda nima tushuniladi? 
Biosferani qanday tavsiflash mumkin? 
Mustaqil yechish uchun test savollari 
1. Biosfera darajasida moddalar almashinuvining qanday jarayonlari kuzatiladi?
2.Nima uchun Biologiya fundemantal va kompleks fan hisoblanadi? 
3.Sistematika deganda nimani tushunasiz? 
4.Embriologiya qanday fan? 
5.XX-asrda qilingan kashfiyotlar orasidan G.Mendelning qonuniyatlari to’g’risida 
ma’lumot bering 
6.Atmosfera va ishlab chiqarishdagi muammolarni yechishda, biologiyaning o’rni? 
7.Gen muhandisligi nima? 
8.Engels oqsil deganda ko’z oldiga nimani keltirgan? 
9.Tiriklikning tuzulish darajalari haqida to’liq ma’lumot bering. 
10.Biogeotsenoz deganda nimani tushunasiz? 
11.Biosferani qanday tavsiflash mumkin? 
Mavzu yuzasidan test savollari. 
1.Biologiya atamasi kim tomonidan qachon fanga kiritilgan? 
A)1802-yili J.B.Lomark va Treviranus 
B)1804-yili Treviranus va J.B.Lomark 
C)1805-yil J.B.Lomark va Lavuzae 
D)1809-yili Lomark va Treviranus
2. Biologiya so’zining ma’nosi? 
A)Yunoncha Bios-hayot, logos-fan 


B)Nemischa bios-hayot,logos-o’rganaman 
C)Grekcha bios-hayot,logos-ta’limot 
D)Forscha bios-hayot, logos-ta’limot 
3.Organizm va organlarning hayotiy funksiyalarini qaysi fan o’rganadi? 
A)Gigiyena 
B)Fiziologiya 
C)Anatomiya 
D)Gestologiya 
4.Odamning 4xil mijozi borligini kim aytgan? 
A)Galen 
B)Andress Vezalliy 
C)Gippokrat 
D)Lavuaze 
5.To’raqulov Yolqin Xolmatovich kim? 
A)Mashhur jarroh 
B)Olim 
C)Atoqli fiziolog 
D)To’g’ri javob yo’q 
6.Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari’ Asari necha jildlik? 
A)4jildlik 
B)5jildlik 
C)8jildlik 
D)2jildlik 
7. Hujayrada kislorod sarfi qachon oshadi? 
A)Biosintez tezlashsa 


B)Parchalanish sekinlashsa 
C)Biosintez va parchalanish tezlashsa 
D)Parchalanish tezlashib,biosintez sekinlashsa 
8.Murdani yorib,odam ichki tuzulishini o’rganish dastlab qayerda boshlangan 
A)Rim yunonistonda 
B)Misr Rimda 
C)Yunoniston Misrda 
D)Rimda 
9.Geronologiyaga o’z hissasini qo’shgan olim kim? 
A)Yunusov Adham Yunusovich 
B)Mechnikov Ilya Ilich 
C)Pavlov Ivan Pavlovich 
D)Aripov O’ktam Aripovich 
10. Gidrobiologiya fani nimani o’rganadi? 
A)Suvda yashovchi organizmlarni 
B)Qyruqlikda yashovchi organizmlarni 
C)Mikroorganizmlarni 
D)To’g’ri javob yo’q 

Download 429.52 Kb.
1   2




Download 429.52 Kb.
Pdf ko'rish