10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja




Download 156.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.06.2022
Hajmi156.5 Kb.
#23849
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.10-Mavzu
Delphi, Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari-fayllar.org, Internet dasturiy ta`minoti Internetda ishlash uchun zarur bo’la, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, SHAXSIY KOMPYUTERLARNING ASOSIY VA QO, 19ldto6pjMxyH8wUNzst3ALYUMpURAg0nSPxyglJ (1), Mavzu musiqiy tizim, pisa xalqaro baholash dasturi asosida oquvchilarning tayanch kompetentsiyalarini shakllantirish, Djoldasov Adilbek (new), Mustaqil ish, IAKT mustaqil ish topshiriqlari, 12, Туман хокимига, 5-sinf qulay va tezkor
5. DNS serverlari 
1. Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs
joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda
sizning komp’yuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet
provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu


resurs sizning komp’yuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP
manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning komp’yuteringizga 
jo`natiladi.
2. Sizning komp’yuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga
murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.
3. Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa , domen 
nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy 
server intarnetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi 
(o`zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi 
qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu s erver manzilini sizning 
serveringizga jo`natadi.
4. Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bog’lanib, siz qidirayotgan 
resurs manzilini oladi va uni sizning komp’yuteringizga uzatadi. 
5. Siz internetga ulanganingizda, sizning komp’yuteringizga IP manzil
deb ataluvchi son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik 
manzil doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda sizning komp’yuteringizga
shu manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga 
ulanganda, u o`zgarib turadi.
6. Dinamik IP manzil olish uchun sizning komp’yuteringiz tarmoqqa yoki ISP 
ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi. DHCP – Dynamic 
Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi 
protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga sizning komp’yuteringiz haqida 
identifikatsion ma`lumotlar shu jumladan komp’yuter nomi joylashgan bo`ladi.
7. Bu xabar tarmoq orqali DHCP serveriga etib boradi. DHCP serveri bo`sh 
IP manzillar ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa komp’yuterlarga
bermaslik uchun vaqtinchalik band qilib qo`yadi.
8. DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo`natadi. 
Unda sizning komp’yuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil, hamda DHCP 
serverining ham manzili bo`ladi.
9. Sizning komp’yuteringiz DHCP taklifini olgach, band qilingan IP
manzilni qabul qilish xaqida serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda
sizning komp’yuteringiz hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining 
roziligini bildiradi.
10. Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z 
takliflari bilan chiqadilar. Sizning komp’yuteringiz bu takliflarning faqat bittasini 
qabul qilib, qolganlarini rad qiladi.
11. DHCP qidiruvi DHCP serveriga yetgach, server Sizning
komp’yuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning


komp’yuteringizga ijaraga beradi. SHundan keyin Sizning komp’yuteringizning IP 
manzilga ega bo`ladi va internetga ulanishi mumkin.
12. Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni 
bo`sh manzillar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va Sizning komp’yuteringizning
IP manzilini ro`yxatga oladi. Sizning komp’yuteringiz Internetdan uzilganda,
berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil yana bo`sh manzillar ro`yxatiga 
kiritib qo`yiladi. 

Download 156.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 156.5 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja

Download 156.5 Kb.
Pdf ko'rish