25- modul: Metallarni bosim bilan ishlash asoslari Reja:
Bosim bilan ishlashning tub manosi. Asosiy usullari.
Metallarni prokatlash Prokatlash etaplari tuzilishi.
Truba prokatlash. Metallarni kiryalash, presslash usullari, texnologiyasi.
Metallurgiya va mashinasozlik sanoatining turli tarmoqlarida metallarni bosim bilan ishlash usullari borgan sari keng tarqalmoqda. Bu usullarda plastik zagotovkalarning
katta tezlikda, serunum ishlanishi oqibatida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Quyida bu usullarning asosiylari va ular haqida ma‟lumotlar keltirilgan.
Prokatlash. Bu usulda yirik quyma zagotovkalarni prokatlash mashina (stan)larning qarama qarshi yoki bir tomonga aylanuvchi juvalari oralig‟idan ezib o‟tkazib ishlashga prokatlash deyiladi. Bunda zagotovka hajmi o‟zgarmasada, shakli va o‟lchamlari o‟zgaradi. Prokatlashning quyidagi turlari mavjud:
Bo’ylama prokatlash. Bu ishlovda zagotovkalarni prokatlash mashinalarining qarama –qarshi tomonga aylanuvchi juvalar oralig‟idan bo‟yiga ezib o‟tkazib ishlashga bo‟ylama prokatlash deyiladi (–rasm, a).
Ko’ndalangiga prokatlash. Bu ishlovda zagotovkalarning o‟qlari parallel yoki ma‟lum burchak bo‟yicha o‟rnatilgan prokat mashinasining juvalari orasidan ezib ko‟ndalangiga o‟tkazish bilan ishlashga ko‟ndalangiga prokatlash deyiladi (– rasm, a).
Presslash. Bu ishlovda zagotovkalarni presslash mashinasining (konteyner deb ataluvchi) xoval tsilindriga kiritilib, puansoni bilan siqib, matritsa deb ataluvchi asbob ko‟zidan ezib chiqarib ishlashga presslash deyiladi (–rasm, b).
Kiryalash. Bu ishlovda zagotovkalarning kirya deb ataluvchi, ko‟ndalang kesim shakli va o‟lchami asta –sekin kichrayib boruvchi asbob ko‟zidan tortib o‟tkazib ishlashga kiryalash deyiladi. Bunda zagotovkalarning ko‟ndalang kesim shakli kirya ko‟z shakliga o‟tib kichrayadi va bo‟yiga uzayadi (–rasm, v).
Bolg’alash. Bu ishlovda zagotovkalarni bolg‟alash mashinaning pastki boyogi muhrasiga (dastaki bolg‟alashda sandonga) qo‟yib, ustki boyogi muhrasi bilan zarblab ishlashga bolg’alash deyiladi (–rasm, g).