|
25- modul: Metallarni bosim bilan ishlash asoslari Reja
|
bet | 7/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 315,3 Kb. | | #112729 |
Bog'liq Lecture-25 (2)Metalni qizdirish rejimi. Po„latni har xil sortlarini issiq holda bosim bilan ishlaganda har xil temperaturalarda qizdiriladi.
Konstruksion uglerodli po„latlar 1200-13000 С da, asbobsozlik po„latlari, uglerodni kuyishdan ehtiyot qilish uchun 1050-1180 0 С da, legirlangan asbobsozlik po„latlari 1100-12000 С da qizdiriladi.
Q i z d i r i sh p ye ch l a r i. Metallarni bosim ostida ishlashda ularni qizdirish ochiq olovli suyuq va gaz ishlatiladigan elektrqizdirgichlarda bajariladi. Olovli pechlar universal bo„lganligi uchun, ular keng tarqalgan bo„lib, quymalar, zagotovkalar va har xil hajmlardagi buyumlarni qizdirish mumkin.
Olovli pechlarni kamerali va metodik turlari mavjud.
Kamerali pechlarni ish fazasi to„rtburchak shaklida bo„lib, temperatura ish hajmini hamma joyida bir xil bo„ladi.
Metodik pechlarni ish fazasi uzun shaklda bo„lib, temperatura olovni yo„nalishi bo„yicha pasayadi. Bunday pechlarda zagotovka olovga tomon itarilib borib, asta-sekin olovga olib boriladi.
Kamerali pechni turi temirchilik pechi bo„lib, forsunka ish fazasiga o„rnatiladi.
Mexanizatsiyalashtirilgan pechlar ham mavjud bo„lib, bunda zagotovkani yuklash, ag„darish va qizigan zagotovkani olish kabi og„ir ishlar bir muncha va to„liq mexanizatsiyalashtirilgan.
Elektr pechlarini ichki devorlariga spiral o„rnatilgan bo„lib, tok berilganda spiral qizib pech fazasini qizitadi va pechdagi zagotovka ham qiziydi.
rasm. Qizdirgich pechlari:
а) Kamerali pech
b) Metodik pech
Bundan tashqari karusel tipidagi pechlar ham mavjud bo„lib, pechni ostki qismida disk yoki halqadan qilingan bo„lib, maxsus mexanizm yordamida ular aylanadi. Aylanish tezligi zagotovkaning qizish uzoqligi bilan aniqlanadi. Bu pechlarda hohlagan turlardagi buyumlar qizdiriladi (5- rasm).
1-Zagotovka 2-Qisqich
rasm.
rasm Kontaktli
rasm Induksion
elektr qizdirgich
1-zagotovka 2-induktor
Katta, yirik- yirik zagotovkalar quduqli pechlarda qizdiriladi.
Bu pechlarda berilayotgan havoni pechdan chiqayotgan issiq havo bilan qizdiriladi, natijada issiqlik effekti yuqori bo„ladi.
Kontaktli elektr qizdirgichlarda zagotovkaning uchlariga tok kuchlanishi 15 V bo„lgan o„zgaruvchan tok ulanib, bunda metalni qizishi detallardan o„tayotgan tokka qarshilik hisobiga bajariladi. Elektroenergiya sarfi 0.35-0.45 kvt/soat .
Induksion elektr qizdirgichlarda qizdiriladigan zagotovka pechni yuklash oynasidan yuklanadi va transportyor yordamida induksion kameradan o„tishi bilan
qiziydi. Pech kamerasida sovitiluvchi mis trubalarda induktor joylashgan bo„lib, zagotovka induksion tok hisobiga qiziydi.
Pechlarni ishini samaradorligini oshirish asosan pechga berilayotgan havoni qizdirish yo„li bilan bajariladi. Ma‟lumki, kamerali pechlar juda kichik F. I. K. bilan ishlaydi. Chunki yonganda hosil bo„lgan gazlarning temperaturasi 1200 0 C ga bo„lib, mo„ri orqali tashqariga chiqib ketadi. Ana shu gazlarning issiqligi hisobiga beriladigan havo qizdiriladi. Havo 200-400 0 С gacha qizdirilsa, 12-22 % yonilg„i sarfini tejash mumkin va pechni temperaturasi tez ko„tariladi. Pech kamerasidagi issiqlikdan to„liq foydalanishning ikkinchi usuli, pechlar ikki kamerali qilinib, pechda qizdirilmoqchi bo„lgan gazlarning issiqlik hisobiga qizdarilib, so„ng asosiy pechga uzatiladi.
Bu usul bilan beriladigan yonilg„ining 40 % ini tejash mumkin.
Ochiq olovli pechlarda oksidsiz qizitish asosan yonilg„i gazni chala yonishi bilan, ya‟ni havoni nazariyada ko„rsatilganidan 50 % miqdorida qo„shiladi, hamda havoni 800-1000 0 S ga qizdirish bilan erishiladi.
|
| |