• Uzatmaning turlari.
  • Yassi tasmalarning asosiy turlari.
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet33/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    7.6-§. Yassi tasmali uzatmalar
    Mashinasozlikda ponasimon tasmali uzatmalar paydo bo`lguniga qadar yassi tasmali uzatmalar keng tarqalgan. U tuzilishiga ko`ra sodda va o`zining yuqori elastikligi bilan katta tezliklarda ishlash imkoniyatini beradi, hamda nisbatan uzoq muddat ishlash layoqatiga va yuqori FIK ga ega.
    Uzatmaning turlari. Amaliyotda yassi tasmali uzatmalar turli hil sxemalarda qo`llaniladi. Quyida biz keng tarqalgan ochiq uzatmali sxemalar bilan tanishamiz.
    Ochiq uzatma (7.8-shakl, a) val o`qlari parallel joylashgan bo`lib, shkivlar bir tomonga aylansa, ayqash uzatma (7.8-shakl, b) shkivlar qarama-qarshi tomonga aylanishi imkoniyatini beradi va bu ayqash tasmali uzatma deb ataladi; yarim ayqash uzatma (7.8-shakl, v) bunda vallar bir-biriga nisbatan qandaydir burchak ostida ayqash joylashadi; burchakli uzatma (7.8-shakl, g) val o`qlar qandaydir Burchak ostida kesishadi, bunda tasma yo`naltiruvchi rolik yordamida yo`naltirilgan, bunday sxema oddiy ochiq uzatmalarda ishlatiladi. Uzatmaning ishlash layoqati va ishlash muddati nisbatan yuqori. Ayqash va burchakli uzatmalarda tasmalar ortiqcha egilishlar, bukilishlar va tasma tarmoqlarining bir biriga ishqalanib, shilashi hisobiga tez ishdan chiqadi. Bunday uzatmalarning yuklanish layoqat oddiy ochiq uzatmalarga solishtirganda 20-30% past.









    7.8-shakl.
    Sozlanuvchi uzatma (7.8-shakl, d ) pog`onasimon shkivga ega, shuning uchun u uzatish nisbati o`zgartirilishi talab etiladigan uzatmalarda ishlatiladi.
    Taranglovchi rolikli uzatma (7.8-shakl, e) bunday uzatma o`qlararo masofa kichik va katta uzatish nisbatlarida ishlatiladi. Taranglovchi rolikka biriktirilgan yuk ta’sirida tasma tarangligi uzluksiz ta’minlanadi. Bunday uzatmada etakchi shkivning qamrov burchagi 𝛼 va natijada tasmaning tortish layoqati, o`qlararo masofa va uzatish nisbatiga bog`liq bo`lmaydi. a va i ning har qanday qiymatida ham 𝛼 > 180° ga erishish mumkin. Taranglovchi rolikni etaklanuvchi tarmoqqa o`rnatish tavsiya etiladi, chunki etaklanuvchi tarmoq etaklovchi tarmoqqa nisbatan kamroq yuklangan bo`ladi. Natijada taranglovchi yuk og`irligi kamroq bo`lishiga erishiladi. Bu tasmaning rolikda qo`shimcha egilishini kamaytirish va tasmaning ishlash muddatini oshirish imkoniyatini yaratadi. Bunday uzatmaning asosiy kamchiligi tasmaning rolik va etakchi shkiv bo`ylab qarama qashi tomonga egilishi natijasida ishlash muddatining qisqarishidir.
    Yassi tasmalarning asosiy turlari. Mashinasozlikda ishlatiladigan yassi tasmalarning quyidagicha turlari mavjud.
    Charim tasmalar yaxshi tortish layoqatiga ega va xizmat muddati yuqori, xamda o`zgaruvchan yuklanishlarda yaxshi ishlaydi. Narxlarining yuqoriligi va kamyobligi charim tasmalarning kam ishlatilishiga olib keladi.
    Rezinalangan tasmalar (7.6-jadval, ГОСТ 23831-79) kauchukni rezinaga aylantirish jarayonida, uning ichiga bir necha qavat ipgazlama matolar joylashtirilib amalga oshirilishi natijasida hosil bo`ladi. Rezinaga nisbatan ancha katta elastiklik moduliga ega bo`lgan mato yuklanishning asosiy qismini uzatadi. Rezina tasma materiallarini bir butun bo`lib ishlashini taminlab, matoni shkastlanishdan saqlaydi, hamda ishqalanish koeffisientini oshiradi. Mustahkam, elastik, haroratning beqarorligi va namga bardoshli bu tasma, charim tasmalar o`rnida juda yaxshi ishlaydi. Bu tasmani, rezinani emiruvchi neft maxsulotlari va ishqordan asrash kerak.
    Ip gazlama tasmalar mo`m va ozikeritdan tashkil topgan maxsus tarkibli aralashmaga to`yintirilgan matolarning bir necha qavatini, bir butun qilib birlashtirishdan tashkil topgan. Bunday tasmalar engil va elastik bo`lib, kichik
    7.6-jadval





    Qistirmalarning texnik tavsiflari

    Qistirma materiallari

    Б-800

    БKНЛ

    TA-150 TK-150

    TK-200

    Qistirma kengligining nominal













    mustahkamligi N/mm: asos bo`yicha
    qatlam bo`yicha

    55
    16

    55
    20

    150
    65

    200
    65

    Qistirmaning ruxsat etilgan yuklanishi R0, N/mm

    3

    3

    10

    13

    Rezinalangan qistirmaning hisobiy qalinligi,
    mm

    1,5

    1,2

    1,2

    1,3

    Rezinalangan qistirma yuzasining zichligi,
    kg/m2

    1,6

    1,3

    1,3

    1,4

    Tasma kengligi V dagi qistirmalar soni, mm:













    20-71
    80-112
    125-560

    3-5
    3-6
    3-6

    3-5
    3-6
    3-6

    -
    -
    3-4

    -
    -
    3-4

    Ixoh: 1. Qistirma materiallar: B-800 da ipgazlama; БKНЛ -poliefir va paxta ipidan; TK-150, TA-150, TK- 200-sintetik.

    1. Tasma kengligi tanlanadigan standart qator: 20; 25; 32; 40; 50; 63; 71; 80; 90; 100; 112; 125; 140; 160;

    180; 200; 224; 250; 280; 325; 355; 400; 450; 500; 560 (qator qisqartirilgan ГОСТ bo`yicha b ning qiymati
    1200 mm gacha.

    1. Tasma og`irligi, kg Q=(mz+δ1150)bl,

    Bu yerda m-qistirma yuzasi zichligi, kg/m2; z-qistirmalar soni; δ-qistirma qalinligi mm; b-tasma kengligi mm; l-tasma uzunligi mm; 1150-rezina qoplamasi zichligi, kg/m3.

    diametrli shkivlarda katta tezlikda ishlay oladi. Tasmaning xizmat muddati kichik va tortish layoqati rezinalangan tasmalarga qaraganda past.
    Jun tasmalar ko`p qavatli jun asosga ega bo`lgan va maxsus to`yintirilgan ipgazlamadan tashkil topgan matodan iborat. Bu tasmalar anchagina elastiklik xususiyatiga ega bo`lib, kichik diametrli shkivlarda yuklanishning keskin beqarorligi sharoitida ishlay oladi. Jun tasmalar harorat va namlikning o`zgarishiga, kislotalarga boshqa tasmalarga nisbatan ancha bardoshli. Ammo tortish layoqati boshqa tasmalarga nisbatan past.
    Plenkali tasmalar-yangi nusxadagi tasma bo`lib poliamid smolasi asosidagi plastmassadan tayyorlanadi va ichiga kapron yoki lavsandan pishiq ip joylashtiriladi. Tasmaning toliqishga qarshiligi va statik mustahkamli yuqori.
    Kichik qalinlikka ( 0,4...1,2 mm) ega bo`lgan tasma 15 kVt gacha bo`lgan yuklanishni uzata oladi, katta tezliklar bilan (v ≤ 60 m /s) kichik diametrli shkivlarda ishlay oladi. Tasmaning tortish layoqatini oshirish uchun maxsus friksion qoplama qo`llaniladi. Quyida plenkali tasmalar uchun taklif etilayotgan qalinlik va etakchi shkiv diametrlari keltirilgan:

    𝛿, 𝑚𝑚

    0,4

    0,5

    0,6

    0,7

    0,8

    0,9

    1,0

    1,1

    1,2

    𝑑1, 𝑚𝑚

    28

    36

    45

    56

    63

    75

    80

    90

    100


    Download 6,43 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Download 6,43 Mb.