• FAYLDAN OQISH
  • FAYLNI TOLIQLIGACHA OQISH
  • Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillaridan amaliy topshirig`I 3




    Download 343,26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana11.06.2024
    Hajmi343,26 Kb.
    #262498
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillaridan amaliy topshirig 3.2



    Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillaridan 
    amaliy topshirig`I 3 
    Fayllar yaratish, faylni ochish , Fayldan 
    ma’lumotlarni o`qish, Fayllarga 
    ma’lumotlarni yozish, fayldagi 
    ma’lumotlarni o’zgartirish. Fayllarni 
    o’chirish.
    Ushbu bo'limda katta hajmdagi ma'lumotlarni fayldan yuklab olish va dastur 
    yakunida kerakli ma'lumotlarni va dastur natijasini faylga saqlashni 
    o'rganamiz. Fayllar bilan ishlash dastur foydalanuvchilariga ham dasturga 
    o'zlari istagan ma'lumotlarni yuklash imkoniyatini beradi. 
    FAYLDAN O'QISH 
    Kompyuterimizda aksar ma'lumotlar fayl ko'rinishida saqlanadi. Bu xoh matn 
    bo'lsin, xoh jadval, xoh rasm, xoh video. Fayllarda turli ma'lumotlar saqlanishi 
    mumkin, ob-havo ma'lumotlari, yillik hisobotlar, mijozlarning telefon raqamlari, 
    talabalarning baholari va hokazo.
    Ko'pgina holatlarda dastur davomida katta ma'lumotlarni aynan fayllardan 
    o'qib olish talab qilinadi. Ayniqsa, tahliliy dasturlarda fayl ko'rinishida 
    saqlangan, katta hajmdagi jadvallar bilan ishlash tabiiy. Lekin fayllar bilan 
    ishlash boshqa holatlarda ham ko'p asqotadi, misol uchun oddiy matnni html 
    ko'rinishga o'tkazishni avtomatlashtiruvchi dastur yozishda. 
    Fayllar bilan ishlashning birinchi qadami bu fayldagi ma'lumotlarni kompyuter 
    xotirasiga ko'chirish. Buning bir necha usuli bor, quyida ular bilan tanishamiz. 
    FAYLNI TO'LIQLIGACHA O'QISH 
    Boshlanishiga bizga fayl kerak. Keling, yangi 
    pi.txt
    faylini yaratamiz, va ichiga 
    quyidagi matnni joylaymiz: 
    Copy 


    3.1415926535 
    8979323846 
    2643383279 
     
    36B
     
    pi.txt 
    Uch qatordan iborat faylimiz 
    𝜋
    π
    sonining qiymatini saqlaydi (30 xona aniqlik 
    bilan). 
    Fayli to'lqi o'qish uchun quyidagi kodni yozamiz: 
    Copy 
    with open('pi.txt') as fayl: 
    pi = fayl.read() 
    Kodni tahlil qilamiz: 

    Birinchi qatorda 
    open()
    funksiyasi yordamida faylni ochayapmiz. Bunda 
    funksiyaga argument sifatida fayl nomini berayapmiz. Bu yerda biz 
    ochayotgan fayl va dasturimiz bir papkada bo'lishi muhim. 

    open()
    funksiyasi faylni obyekt sifatida qaytaradi, 
    as
    operatori yordamida 
    esa biz obyektimizga 
    fayl
    deb nom berayapmiz.

    Ikkinchi qatorda 
    .read()
    metodi yordamida 
    fayl
    obyektining tarkibidan bizga 
    kerakli matnni olib, yangi, 
    PI
    o'zgaruvchisiga yuklayabmiz. 

    with
    operatorining vazifasi biz fayl bilan ishlab bo'lganimizdan so'ng 
    faylni yopish. Yuqoridagi misolda, 2-qatordan so'ng Python zudlik bilan 
    faylni yopadi. 
    Yuqorida ko'rgan usulimiz fayl bilan ishlashning eng xavfsiz usuli. Aslida biz 
    fayllarni to'g'ridan-to'g'ri 
    fayl=open('pi.txt')
    yordamida ochishimiz, fayl bilan ishlab 
    bo'lgandan so'ng esa 
    fayl.close()
    komandasi yordamida faylni yopishimiz ham 
    mumkin edi: 
    Copy 
    fayl = open('pi.txt') 
    PI = fayl.read() 
    print(pi) 
    fayl.close() 
    Lekin, bu usul xavfli hisoblanadi va tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, 
    open()
    funksiyasi yordamida faylni ochganimizdan keyin, toki 
    close()
    metodini 
    chaqirgunga qadar faylimiz ochiq holatda turadi. Agar, faylni vaqtida 
    yopmasak, yoki fayl yopilmasidan avval dasturimiz to'xtab qolsa fayl tarkibiga 
    ziyon yetishi, ma'lumotlar yo'qotilishi mumkin. Misol uchun, boshqa 


    dasturlarda ham (masalan Microsoft Word) faylni yopmasdan oldin 
    kompyuteringiz o'chib qolsa, yoki dastur behosdan yopilib ketsa faylingizga 
    ziyon yetkani kabi. 
    Shuning uchun 
    open()
    funksiyasiga with orqali murojat qilganimizda, faylimiz 
    with
    blokining oxirigacha ochiq turadi, va 
    with
    tugashi bilan, fayl ham yopiladi. 
    Demak fayl ustidagi amallarni biz 
    with
    bloki ichida bajarib olishimiz kerak. 
    Keling endi 
    pi
    ning qiymatini konsilga chiqaramiz: 
    Copy 
    >>> print(pi) 
    3.1415926535 
    8979323846 
    2643383279 
    Matn faylda qanday saqlangan bo'lsa, huddi shu ko'rinishda konsolga chiqdi. 
    Saqlangan ma'lumot son bo'lsada, fayldan o'qiganimizda qaytgan qiymat 
    matn ko'rinishida bo'ladi. Matnni songa o'tkazish uchun, unga biroz ishlov 
    beramiz: 
    Copy 
    pi = pi.rstrip() # qator ohiridagi bo'shliqlarni olib tashlaymiz 
    pi = pi.replace('\n','') # qator tashlash belgisini almashtiramiz 
    pi = float(pi) # matnni float (o'nlik) songa o'tkazamiz 
    print(pi) 
    Natija: 
    3.141592653589793

    Download 343,26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 343,26 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillaridan amaliy topshirig`I 3

    Download 343,26 Kb.
    Pdf ko'rish