6-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Fayllarni ko‘chiruvchi tarmoq dasturini yaratish
Ishning maqsadi:
Talabalarda Java dasturlash tili java.net.* va java.io.*
paketlari klasslaridan
foydalanib fayllarni ko‘chirish tarmoq dasturini yaratish bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish.
Nazariy qism:
FTP bir xostdan ikkinchisiga fayllar nusxasini ko‘chirish uchun TCP/IP
tomonidan ta’minlanadigan bir standart mexanizm hisoblanadi. Bu protokol xostlar
o‘rtasida ikki xil aloqa o‘rnatilishini amalga oshiradi: buyruqlar (21-port) va
ma’lumotlarni (20-port) uzatish.
FTP kliyent asosan 3 ta komponentdan tashkil topadi:
- foydalanuvchi interfeysi;
-
boshqaruv jarayoni;
- ma’lumot uzatish jarayoni.
FTP server esa 2 ta komponentdan tashkil topadi:
- boshqaruv jarayoni;
- ma’lumot uzatish jarayoni.
Boshqaruv bog‘lanishini yaratish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Serverning 21 porti har doim passiv holda ochiq bo‘lib, klient so‘rovini
kutib turadi.
2. Klient vaqtinchalik portdan foydalanib, serverdagi 21
port faol holatga
keltiradi.
Ma’lumot uchun bog‘lanishni yaratish boshqaruv bog‘lanishini
yaratishdan farq qilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Klient vaqtinchalik portdan foydalanib, passiv holatda turadi.
2. Boshqaruv bog‘lanishi orqali serverga port nomeri jo‘natiladi.
3. Server port nomerini qabul qilib, 20 port nomerini faol holatga o‘zgartiradi.
2
FTP klient buyruqlari katta harflarda ASCII formatida bo‘ladi.
Buyruqlarni 6 guruhga ajratish mumkin:
- Murojaat buyruqlari;
- Faylni boshqarish buyruqlari;
- Ma’lumotni formatlash buyruqlari;
-
Portni aniqlash buyruqlari;
- Faylni uzatuvchi buyruqlar;
- Turli xil buyruqlar.
Har bir FTP buyrug‘i eng kamida bitta javobni hosil qiladi va u uch xonali
sonni ya’ni
xyz hosil qilib, u ham o‘z navbatida ikki qismdan tashkil topadi: sonli
qism (kod) va matnli qismi (qo‘shimcha izoh).
Birinchi raqam soni 1-5 qaramlaridan biri bo‘lib, buyruq holatini aniqlaydi:
- 1yz – harakat boshlandi. Har bir alohida buyruqni qabul qilishidan oldin,
alohida javob jo‘natadi;
- 2yz – harakat tugatildi. Server boshqa buyruqni qabul qiladi;
- 3yz – buyruq qabul qilindi, lekin qo‘shimcha ma’lumot talab etiladi;
- 4yz – harakat sodir etilmadi, ammo vaqtinchalik xato;
- 5yz – buyruq qabul qilinmadi hamda qayta takrorlanmasligi lozim.
FTP klient qismi Java kodi:
package ftpclient;
import java.net.*;
import java.io.*;
class FTPClient
{
public static void main(String args[]) throws Exception
{
Socket soc=new Socket("127.0.0.1",8888);
transferfileClient t=new transferfileClient(soc);
t.displayMenu();
} }
class transferfileClient
{
Socket ClientSoc;
DataInputStream din;