fayl.write('2000')
Faylga yangi ma'lumotlar qo'shildi
Agar biz ochayotgan fayl mavjud bo'lmasa, Python yangi fayl yaratadi.
O'ZGARUVCHILARNI FAYLDA SAQLASH
Yuqorida biz ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlashni ko'rdik. Agar dastur
davomida turli o'zgaruvchilarni faylda
saqlash talab qilinsa
pickle
modulidan
foydalanamiz. Pickle ma'lumotlarni biz qanday ko'rinishda bersak, shunday
ko'rinishda faylga yozadi. Yuqoridagi usuldan farqli ravishda, pickle yordamida
yozilgan fayllarning tarkibini Pythondan tashqarida ko'rib bo'lmaydi.
PICKLE FAYLGA YOZISH
Pickle dan foydalanish
uchun biz avval bu modilni
import
qilamiz. Faylno
ochishda esa, open() funksiyasiga ikkinchi
argument sifatida
'wb'
(write binary)
beramiz, ya'ni ikkilik sanoq tizimida yozishni ko'rsatamiz. Faylga yozish
uchun
esa
pickle.dump()
metodidan foydalanamiz:
Copy
import pickle
talaba1 = {'ism':'hasan', 'familiya':'husanov', 'tyil':2003, 'kurs': 2}
talaba2 = {'ism':'alijon', 'familiya':'valiyev', 'tyil':2004, 'kurs': 1}
with open('info','wb') as file:
pickle.dump(talaba1,file)
pickle.dump(talaba2,file)
E'tibor bering, yuqorida fayl nomini yozishda uning turini ko'rsatmadik, sababi,
avval aytganimizdek bu fayllar Pythondan tashqarida
ochilmaydi va biz buning
oldini olishimiz kerak. Aslida fayl nomiga .txt qo'shimchasini ham qo'shishimiz
mumkin, bu
bilan dastur xato ishlamaydi, lekin bu bizni kelajakda chalg'itishi
mumkin. Istasangiz faylga .dat (data so'zidan olingan) qo'shimchasini qo'shib
qo'yishingiz mumkin (
info.dat
).