• MODUL. ISHQALANISH ASOSIDA ISHLOVCHI UZATMALAR Friksion uzatmalar va variatorlar 6.1
  • Harakatni uzatish tarzi va turlanishi
  • Qo`llanishi.
  • G`ildiraklarni siqish turlari
  • Konussimon variator.
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet26/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    Nazorat savollari:

    1. Uzatmalarning qanday turlari mavjud?

    2. Tishli uzatmalarning qanday turlarini bilasiz?

    3. Tishli uzatma tishlarining ishdan chiqish turlarini keltiring?

    4. To`g`ri tishli uzatma ilashishida qanday kuchlar paydo bo`ladi?

    5. Qiya va shevron tishli uzatmalarni hisoblashda qanday o`ziga hoslik mavjud?

    1. Tishli uzatmalar qanday kuchlanishlarga tekshiriladi?

    2. Konussimon uzatmaning vazifasi va tuzilishi qanday?

    3. Tishli uzatmalarni hisoblash necha bosqichdan iborat?

    4. Planetar uzatmalarning ishlatilishi va tuzilishi qanday?

    5. Planetar uzatmalar ilashishida qanday kuchlar paydo bo`ladi?

    6. To`lqinsimon uzatmalar haqida nimalar bilasiz?

    7. Vintaviy uzatmalar haqida nimalar bilasiz?

    8. Gipoid uzatmalar haqida nimalar bilasiz?

    9. Chervyakli uzatmaning tuzilishi va ishlatilishi haqida gapiring?

    10. Chervyakli uzatmaning afzallik va kamchiligi nimalardan iborat?

    11. Chervyakli uzatmaning FIK qanday aniqlanadi?

    12. Chervyakli uzatmaning mustahkamligi qanday tekshiriladi?

    13. Zanjirli uzatmaning qanday turlari mavjud?

    14. Zanjirli uzatmaning vazifasi va tuzilishi qanday?

    15. Zanjirli uzatma mustahkamligi qanday tekshiriladi?


    1. MODUL. ISHQALANISH ASOSIDA ISHLOVCHI UZATMALAR

    Friksion uzatmalar va variatorlar 6.1-§ Umumiy ma’lumotlar
    Ish tarzi bo`yicha mexanik uzatmalar ikkita guruhga bo`linishini avvalgi mavzularda ko`rib chiqqan edik. Ikkinchi guruhga tegishli ishqalanish kuchi hisobiga harakat uzatadigan friksion uzatmalar, o`zining yuklanish layoqati va ishonchliligi bo`yicha, ilashish hisobiga harakat uzatuvchi tishli uzatmalarga nisbatan ancha zaif hisoblanadi. Ammo ular shovqinsiz, ravon va zarblarsiz harakatga keltirilishi zarur bo`lgan jihozlarda, variatorlar esa uzatish nisbatini pog`onasiz o`zgartirish talab etiladigan uzatmalarda qo`llaniladi.
    Harakatni uzatish tarzi va turlanishi. Friksion uzatmalarda harakatni uzatish tarzi ikkita aylanuvchi g`ildiraklarni bir-biriga 𝐹𝑛 kuch bilan siqilishdan hosil bo`ladigan ishqalanish kuchi hisobiga amalga oshiriladi. G`ildiraklar katoklar deb
    ataladi. G`ildirak aylanishi uchun
    𝐹𝑡 ≤ 𝐹 (6.1)
    sharti bajarilishi zarur. Bunda 𝐹𝑡 aylana kuch; 𝐹 g`ildirak (katok)lar orasidagi ishqalanish kuchi. 6.1shakldagi silindrik friksion uzatma uchun
    𝐹 = 𝐹𝑛𝑓, (6.2)
    bu yerda 𝑓 ishqalanish koeffisienti.
    Yuqorida keltirilgan (6.1) shartning bajarilmasligi shataksirashga va katoklarning tez emirilishiga olib keladi.
    Barcha friksion uzatmalarni ikki asosiy guruhga bo`lish mumkin: boshqarilmaydigan ya’ni, o`zgarmas uzatish nisbatiga ega uzatmalar; boshqa- riladigan ya’ni, uzatish nisbati ravon va pog`onasiz o`zgaradigan uzatmalar. Ikkinchi guruhga kiruvchi uzatmalar variatorlar deb ataladi.
    Har bir guruhga konstruksiyasi va vazifasi turlicha bo`lgan ko`p sonli uzatmalar kiradi. Masalan, parallel va kesishuvchi o`qli vallarga harakat uzatadigan; g`ildiraklari silindrik, konussimon, sharsimon yoki torsimon ishchi sirtli, katoklarni bir-biriga doimiy yoki avtomatik siqadigan, oraliq (parazit) friksion elementli yoki oraliq zvenosiz va sh.k. uzatmalar mavjud.












    6.1-шакл 6.2-шакл


    6.1-shaklda eng oddiy boshqarilmaydigan friksion uzatma keltirilgan. U parallel vallarga o`rnatilgan silliq silindrik sirtli ikki katoklardan iborat.
    6.2-shaklda o`qlari kesishuvchi vallarda joylashgan konussimon g`ildirakli friksion uzatma ko`rsatilgan.
    6.3- shaklda esa, oddiy ro`para variator ko`rsatilgan. Variatorda A rolik valda ko`rsatilgan yo`nalishlarda surilishi mumkin. Bunda uzatish nisbati etaklanuvchi disk B ning ishchi diametri d2 ga mos ravishda ravon o`zgaradi. Etaklovchi rolik A ni etaklanuvchi diskning chap tomoniga o`tkazish yo`li bilan etaklanuvchi valning aylanish yo`nalishini


    6.3-шакл

    o`zgartirish mumkin. Demak variator, harakat yo`nalishini o`zgartirish revers qilish xususiyatiga ega.
    Qo`llanishi. Friksion uzatmalarning afzalliklari: tuzilishi oddiy, harakat ravon va shovqinsiz uzatiladi; ishlash jarayonida uzatish nisbatini ma’lum chegarada o`zgartirish mumkin. Lekin ularning bir qator kamchiliklari ham mavjud. Ish bajaruvchi detallari tez va notekis eyiladi, val va tayanchlarga tushadigan kuch qiymati katta; sirpanish hodisasi mavjud bo`lganligidan uzatish nisbati o`zgarmas qiymatga ega emas. Foydali ish koeffisienti kichik (=0,80…0,92), g`ildiraklarni bir-biriga ma’lum kuch bilan siqib turish uchun maxsus moslama zarur.
    Doimiy uzatish nisbatiga ega friksion uzatmalar amalda kam qo`llanadi. Ularni asosan ravon, shovqinsiz ishlaydigan, aylanishlar davrida zarbsiz ilashish talab etiladigan maxsus priborlarning kinematik zanjirlarida qo`llaniladi. Kuch uzatuvchi uzatmalarda ularni tishli uzatmalar bilan taqqoslanganda o`lchamlari katta, ishonchliligi va foydali ish koeffisienti past bo`ladi.
    Friksion uzatmalar stanoksozlik, payvand, quyuv, to`qimachilik, kimyo sanoati mashinalarida qo`llaniladi. Lekin friksion uzatmalarni aniq kinematik uzatmalarda qo`llash tavsiya etilmaydi.
    G`ildiraklarni siqish turlari. Amalda katoklarni bir-biriga ikki usul bilan siqish qo`llaniladi: doimiy kuch bilan, o`zgaruvchan kuch bilan. Doimiy kuch uzatmadagi yuklanishning eng katta qiymati bo`yicha aniqlanadi. O`zgaruvchan kuch esa, yuklanish o`zgarishi bilan avtomatik ravishda o`zgaradi. Doimiy kuch
    bilan siqish maxsus prujinalar va sh.k. konstruktiv echimlar orqali amalga

    oshiriladi. O`zgaruvchan kuch bilan siqishlarda maxsus moslama yordamida 𝐹𝑡𝐹𝑛
    nisbatning o`zgarmas qiymati ta’minlanadi.
    Katoklarni bir-biriga siqish usuli uzatmaning sifat ko`rsatkichlariga: foydali ish koeffisienti, uzatish nisbatining doimiyligi, kontakt mustahkamligi va katoklarning yeyilishiga katta ta’sir etadi. Bunda eng yaxshi konstruktiv echim, o`zi rostlanadigan siqishda o`z aksini topadi.
    Silliq silindrik g`ildirakli friksion uzatmalarda (6.1-shakl).

    𝑛1
    𝑑2
    𝑑2

    𝑖 =
    𝑛2
    = ≈

    1
    𝑑1(1 − 𝜀) 𝑑
    𝐾𝐹𝑡
    (6.3)

    𝐹𝑛 =
    (6.4)
    𝑓

    bu yerda 0,01...0,03 sirpanish koeffisienti; K ilashish zaxirasi; kuch uzatadigan uzatmalarda K ≈ 1,25…1,5; priborlarning uzatmalarida K ≈ 3.
    Ishqalanish koeffisientining qiymati g`ildiraklar materiali va ishlash sharoitiga
    bog`liq holda o`zgaradi. Moylanadigan po`lat g`ildiraklar uchun f ≈ 0,04…0,05; moysiz sharoitda ishlaydigan ikkita po`lat g`ildirak yoki po`lat va cho`yan g`ildiraklar uchun f ≈ 0,15…0,20; po`lat va tekstolit (yoki fibra) g`ildiraklar moysiz ishlanganda f ≈ 0,2…0,3 ga teng bo`ladi.
    (6.4) formulani tahlil qilsak, friksion uzatmada siquvchi kuch katta ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi. Masalan f =0,1 va K=1,5 qabul qilsak, natijada 𝐹𝑛 = 1,5𝐹𝑡 ekanligi kelib chiqadi. Shunda tishli uzatmalardagidek, ilashishdagi yuklanish taxminan 𝐹𝑡 ga teng.
    Konussimon variator. O`qlari kesishuvchi vallarga harakat uzatishda
    konussimon g`ildirakli friksion uzatmadan (6.2-shakl) foydalaniladi. Val o`qlari orasidagi burchak Σ turlicha qiymatga ega bo`lishi mumkin, ko`pincha u Σ=90º ni tashkil etadi. Sirpanishni hisobga olmasa
    𝑖 ≈ 𝑑2𝑑1
    𝑑2= 2Rsin δ2, d 1 = 2Rsin δ1 ekanligini e’tiborga olsak, konussimon uzatma uchun quyidagini olamiz

    𝑖 =
    𝑠𝑖𝑛𝛿2
    
    𝑠𝑖𝑛𝛿1

    = 𝛿1
    + 𝛿2 = 90
    (6.5)

    𝑖 = 𝑡𝑔𝛿2 = 𝑐𝑡𝑔𝛿1 }
    Siquvchi kuchning zaruriy qiymati 𝐹1 va 𝐹2 quyidagi tenglamadan aniqlanadi
    𝐾𝐹𝑡 = 𝑓𝐹𝑛 = 𝑓𝐹1𝑠𝑖𝑛𝛿1, 𝐾𝐹𝑡 = 𝑓𝐹2𝑠𝑖𝑛𝛿2. (6.6)
    (6.6) formulada (6.5) ni hisobga olsak, uzatish nisbati oshishi bilan F1 kamayib, F2 oshadi. Shu sababli pasaytiruvchi konussimon friksion uzatmalarda siquvchi moslamani etakchi valga o`rnatish maqsadga muvofiq.

    Download 6,43 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




    Download 6,43 Mb.