|
Iii-modul. Ilashish asosida
|
bet | 23/35 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 6,43 Mb. | | #101202 |
Bog'liq Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA5.3-§. Zanjirli uzatma asosiy elementlarining tuzilishi
Yurituvchi zanjirlar. Zamonaviy yurituvchi zanjirlarning asosiy turlari, sharnirli rolikli, vtulkali va tishli zanjirlardir. Bu zanjirlar standartlashtirilgan va maxsus zavodlarda ishlab chiqiladi. Zanjirlarning asosiy xarakteristikalari zanjir qadami, eni va uzuvchi kuch hisoblanadi.
Rolikli zanjirda valik 3 tashqi zveno 2 teshigiga tig`izlik bilan biriktirilgan, vtulka 4 esa ichki zveno 1 teshigiga tig`izlik hisobiga biriktiriladi (5.3-shakl). Vtulka valikda va rolik 5 vtulkada erkin burilishi mumkin. Zanjirni yulduzcha tishi 6 bilan ilashishi rolik orqali bo`ladi. Vtulkani qo`llanilishi, valikni butun uzunligi bo`ylab yuklanishni tekis taqsimlashga va sharnirlar yeyilishini kamaytirishga imkon yaratadi. Rolikni tish ustida dumalashi, qisman sirpanib ishqalanishini dumalab ishqalanish bilan almashtiradi, bu esa tish yeyilishini kamaytiradi. Bundan tashqari rolik tishning vtulkaga ta’sir etuvchi to`plangan bosimini tenglashtiradi va shu bilan yeyilishni kamaytiradi.
Rolikli zanjir aylana tezligi 20 m/s gacha bo`lgan uzatmalarda ishlatiladi. Bir qatorlidan tashqari ikki, uch va to`rt qatorli zanjirlar ham mavjud. Ular ham bir qatorli zanjir zvenolari elementlaridan yig`iladi, faqat valik hamma qatorlardan o`tadi. Ko`p qatorli zanjirlar katta tezlik bilan katta yuklanishlarni uzatishda ishlatiladi.
5.3-shakl.
Vtulkali zanjirlar rolikli zanjirlarga o`xshash, lekin ularda rolik bo`lmaydi. Natijada zanjir massasi va tannarxi kamayadi, ammo zanjir va yulduzcha tishlari yeyilishi ortadi.
Tishli zanjirlar ikkita tishsimon chiqiqlardan tuzilgan plastinalar to`plamidan iborat (5.4-shakl). Zanjir plastinalari yulduzcha tishlari bilan o`zlarining yon tekisligi bo`yicha ilashadi. Ponasimonlik burchagi odatda 60° qabul qilingan.
5.4-шакл
Zanjirlar konstruksiyasi ularni enli qilib tayyorlashga va katta yuklanish uzatishga imkon beradi. Tishli zanjirlar ravon va kam shovqin bilan ishlaydi. Tishli zanjirlar odatda nisbatan katta tezlik 35 m/s gacha bo`lgan tezliklarda ishlatiladi.
|
| |