• Hisobiy yuklanish.
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet19/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    4.8-§. Chervyakli uzatma tishlarini eguvchi kuchlani bo`yicha mustahkamlikka hisoblash
    Eguvchi kuchlanish bo`yicha mustahkamlikka faqat chervyak g`ildiragi tishlari hisoblanadi, chunki chervyak o`ramlari shakli va materiali bo`yicha g`ildirak tishlaridan ancha mustahkam bo`ladi. Eguvchi kuchlanishni aniq
    hisoblash, tish kesimining g`ildirak eni bo`ylab o`zgaruvchan shaklda bo`lishi va tishning asosi to`g`ri chiziq emas, aylana yoyi bo`ylab joylashgani bilan murakkablashadi. Taqribiy hisoblarda chervyak g`ildiragi qiya tishli g`ildirak deb hisoblanadi.
    Bunda quyidagi o`zgartirishlar va tuzatishlar hisobga olinadi.

    1. O`z shakli bo`yicha chervyak g`ildiragining tishlari qiya tishli g`ildirak tishlaridan mustahkam bo`ladi (taxminin 40%). Bu holat tishning yoysimon shakli va shu bilan birga barcha kesimlarda (o`rta kesimdan tashqari) chervyak g`ildiragining tishlarini kesuvchi asbobning musbat siljishi bilan kesilishiga bog`liq. Chervya g`ildiragi tishlari shaklining hususiyatlari tish shakli koeffisienti

    𝑌𝐹 (4.7-jadval) bilan hisobga olinadi.
    4.7-jadval



    𝑧𝑣

    20

    24

    26

    28

    30

    32

    35

    37

    40

    45

    50

    60

    80

    100

    𝑌𝐹

    1.98

    1.88

    1.85

    1.8

    1.76

    1,71

    1,64

    1,61

    1,55

    1,48

    1,45

    1,4

    1,34

    1,3

    1. Chervyakli juft yaxshi ishlashib ketadi. Shu sababi 𝐾𝐹𝛼 = l va 𝑌𝛽 = l deb olinadi va shularga asosan

    𝑌𝐹𝛽 = 1⁄(𝜀𝛼𝜉) = 1⁄(1,9 − 0,75) = 0,7
    Shularni e’tiborga olsak (3.18) formulani quyidagicha yozish mumkin



    𝜎 = 0,7𝑌
    𝐹𝑡2𝐾𝐹 [𝜎


    ] (4.15)

    𝐹 𝐹 𝑏2𝑚𝑛 𝐹


    Bu yerda 𝐾𝐹 – yuklanishning hisobiy koeffisienti; 𝑚𝑛 = 𝑚 𝑐𝑜𝑠𝛾; 𝑌𝐹 – koeffisient qiymati ekvivalent tishlarining soniga qarab olinadi. Uning qiymatlari yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
    𝑧2
    𝑧𝑣 = 𝑐𝑜𝑠3𝛾 (4.16)
    Amaliyotda qulaylik yaratish uchun (4.15) formulasi (4.17) ko`rinishga keltirilgan
    1,2𝑇2𝐾𝑌𝐹

    𝜎𝐹 =
    𝑧2
    𝑏2
    𝑚2 (4.17)

    Hisobiy yuklanish. Chervyakli uzatmalar uchun tahminan 𝐾𝐻 = 𝐾𝐹 = 𝐾𝛽𝐾𝑣

    deb olinadi, bu yerda 𝐾𝛽-yuklanish notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffisient; 𝐾𝑣-uzatmadagi dinamik yuklanishni hisobga oluvchi koeffisient.
    𝐾𝛽-koeffisienti chervyakning deformatsiyalanishi va yuklanish xarakteri
    o`zgarishiga bog`liq
    𝑧2 3

    𝐾𝛽 = 1 + ( 𝜃 )
    (1 − 𝑥),

    bu yerda 𝜃-chervyakning deformatsiya koeffisienti, uning qiymati quyidagi 4.8- jadvalda keltirilgan.
    4.8- jadval



    𝑧1

    q qiymatlari

    8

    10

    12,5

    14

    16

    20

    1

    72

    108

    154

    176

    225

    248

    2

    57

    86

    121

    140

    171

    197

    3

    51

    76

    106

    132

    148

    170

    4

    47

    70

    98

    122

    137

    157

    𝑥- yuklanish xarakteri o`zgarishiga bog`liq yordamchi koeffisient. Uning qiymati o`ta aniqlik talab etilmaydigan hisoblarda, o`zgarmas yuklanishda 𝑥=1,0; yuklanishning oz miqdordagi o`zgarishida 𝑥≈0,6; yuklanishning katta miqdordagi o`zgarishida 𝑥≈0,3 olinadi.
    O`zgarmas yuklanishda koeffisient 𝐾𝛽 = 1. 𝐾𝑣-koeffisienti uzatmaning tayyorlanish aniqligi va sirpanish tezligi 𝑣𝑠 ga bog`liq bo`lib, uning qiymatlari quyidagi 4.9-jadvalda keltirilgan. Bu jadvalga tayanib uzatmaga aniqlik darajasi tayinlanishi mumkin. 4.9-jadval

    Aniqlik darajasi

    Sirpanish tezligi 𝑣𝑠 , m/c

    1,5
    gacha

    1,5-3 gacha

    3-7,5 gacha

    7,5-12 gacha

    6

    -

    -

    1,0

    1,1

    7

    1.0

    1,0

    1,1

    1,2

    8

    1,15

    1,25

    1,4

    -

    9

    1,25

    -

    -

    -

    4.9-§. Chervyakli uzatmani qizishini tekshirish, sovitish va moylash
    Uzatmada ishqalanish natijasida yo`qotilgan energiya issiqlik energiyasiga aylanib, uzatmani qizdiradi. Agar reduktor korpusidan tashqi atmosferaga

    chiqarilayotgan issiqlik miqdori etarli bo`lmasa uzatmada o`ta qizish sodir bo`ladi va uzatma ishdan chiqadi. Uzatmadan bir sekundda ajralayotgan issiqlik miqdori, yoki issiqlik quvvatini quyidagicha ifodalash mumkin:
    𝑊 = 𝑃1(1 𝜂), (4.18)
    bu yerda 𝑃1-kirish validagi quvvat, Vt; 𝜂-uzatmaning FIK.
    Reduktorning korpusidan tashqi atmosferaga issiqlikning uzatilishi natijasida tabiiy sovutish vujudga keladi. Bu paytda tashqariga bir sekundda uzatilgan issiqlik miqdori, yoki issiqlik uzatish quvvati quyidagicha ifodalanadi:
    𝑊1 = 𝐾(𝑡1 𝑡0)𝐴, (4.19)
    bu yerda 𝐴-sovutish yuzasi maydoni, m2; 𝑡1-reduktor ichidagi harorat, yoki moy harorati, ºC; 𝑡0-atrof muhit harorati, ºC; 𝐾-issiqlik uzatish koeffisienti, Vt/(m2·ºC).
    Sovutish yuzasi maydoni 𝐴 deb reduktor korpusining tashqi yuzasi maydoni, qaysiki ichkari tomonidan moy yoki uning sachrashi natijasida yuviladigan, tashqi tomondan esa havo erkin aylanishi mumkin bo`lgan yuzaga aytiladi. Odatda reduktor korpusining ostki yuzasi sovutish yuzasi sifatida hisobga olinmaydi. Agar reduktor korpusida sovutish qovurg`alari nazarda tutilgan bo`lsa, qovurg`alar umumiy yuzasining 50% sovutish yuzasi sifatida qabul qilinadi.
    Reduktor moyining ruxsat etilgan qiymati 𝑡1 moy turiga bog`liq bo`lib, uning harorat ortishi bilan moylash layoqatini saqlash xususiyatidir. Oddiy reduktor moylari uchun 𝑡1=60...70ºC (ko`pi bilan 85...90º C). Aviatsiya moylari
    𝑡1=100...120º C.
    Atrof muhit harorati 𝑡0 qiymati loyiha topshirig`ida ko`rsatiladi (odatda
    𝑡0 20º C).
    Uncha katta bo`lmagan xonalarda shamollatish (ventilyasiya) bo`lmasa
    𝐾 ≈8...10, to`xtovsiz shamollatiladigan xonalarda 𝐾 ≈14...17 Vt/(m2·ºC). Reduktor korpusi kirlanganda 𝐾ning qiymati kamayadi.
    Agar (4.16) va (4.17) tenglamalarda
    𝑊 ≤ 𝑊1 (4.20)
    bo`lsa, demak tabiiy sovutish etarli. Aks holda suniy sovutish qo`llash yoki uzatma quvvatini kamaytirish zarur.
    Suniy sovutish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

    1. Reduktor korpusi ventilyator yordamida sovutiladi (4.10-rasm a). Bunda koeffisient 𝐾ning qiymati 20...28 Vt/(m2·ºC) gacha oshadi. Sovutilayotgan yuza odatda qovurg`alar bilan jixozlanadi.


    4.10-shakl

    1. Korpusda suv ko`ylaklari yoki moy vannasida moyni suv bilan sovutish tizimi nazarda tutiladi (4.10-rasm b). Suvning trubadagi tezligi 1m/c gacha bo`lsa, koeffisient 𝐾ning qiymati 90...200 Vt/(m2·ºC) gacha oshadi.

    2. Sovutish uchun, sovutgichli maxsus yopiq konturli (sirkulyasion) moylash tizimi qo`llaniladi (4.10-rasm v).

    Dastlabki ikki holatda, hamda tabiiy sovutishda, moylash juftlikning bir g`ildiragini yoki chervyakni moy vannasidagi moyga qisman botib turishi hisobiga amalga oshiriladi. Moyni aralashtirish va sochishda energiya yo`qotishni kamaytirish hamda moy ko`pirmasligi uchun (moyning qovushoqligi pasayadi) tezyurar pog`ona g`ildiragi uchun g`ildiraklarning moyga botish chuqurligi tishlar balandligidan yoki chervyak o`rami balandligidan, sekinyurar pog`ona uchun g`ildirak radiusining1/3 qismidan oshmasligi lozim. Moy vannasidagi moyning miqdori uzatilayotgan 1kVt quvvatga taxminin 0,35...0,7 l olish tasiya etiladi.
    Yopiq konturli moylashda (4.10-rasm v) ilashma va podshipniklarga moy nasos bilan etkaziladi. Bunda moy filtyerda tozalanib, sovutgichda sovutiladi. Moyning doimiy tozalanishi yopiq konturli moylashning afzalligidir, bu usul v≥12...15m/c bo`lganda qo`llaniladi.
    Suniy sovutish, bazi chervyakli va barcha globoid uzatmalarda qo`llaniladi. Tishli hamda chervyakli uzatmalar uchun, nisbatan kichik quvvatlarda va yuqori FIKlarida (ko`p kirimli chervyaklar), odatda tabiiy sovutish etarli bo`ladi. Moy turi uzatmaning aylana tezligi va yuklanishiga bog`liq ravishda tanlanadi.

    Download 6,43 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




    Download 6,43 Mb.