• Zamonaviy to`lqinsimon uzatmalarning kamchiliklari
  • Ilashmaning o`ziga xosligi
  • Chervyakli uzatmalar 4.1
  • Chervyakli uzatmaning afzalliklari
  • Kamchiliklari
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet15/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    1. To`lqinsimon uzatmalarning asosiy sifat ko`rsatkichlari
    To`lqinsimon uzatmalar quyidagi asosiy sifat ko`rsatkichlariga ega:

    1. Katta uzatish nisbati. Bir pog`onada i = 300 gacha olish mumkin, maxsus uzatmalarda esa bir necha minggacha bo`lishi ham mumkin.

    2. Ilashmada bir vaqtda ko`p tishlar ilashadi. Masalan, i =100 da bir vaqtda ilashmada 60...80 tishlar jufti bo`ladi (oddiy uzatmalarda esa 1...2 juft bo`ladi).

    Buning natijasida kichik gabarit o`lchamlar va massada uzatmaning yuklanish layoqati yuqori bo`ladi. Ba’zi konstruksiyalarda to`lqinsimon uzatma massasi planetar uzatma massasining yarmini, hajmi esa planetar uzatmalar hajmining 1/3 qismini tashkil etadi.

    1. Ilashmaning ikki joyda ilashishishi va ko`p juftliligi evaziga kinematik xatoligi kamayadi.

    2. Bir xil uzatish nisbatlarida to`lqinsimon uzatmalar foydali ish koeffisienti planetar va ko`p pog`onali oddiy uzatmalarnikiga yaqin bo`ladi (masalan, i=100 da

    𝜂 = 0,9 gacha bo`ladi).

    1. Konstruksiyaning simmetrikligi bois, val va tayanchlarga tushadigan yuklanish kamayadi.

    2. Harakatni germetik fazolarga (germetik devor orqali) uzatish imkoniyati mavjudligi.

    3. Ishlash jarayonida inersion ta’sirlar va shovqinlar kamligi.

    4. Planetar uzatma singari zaruriy hollarda reduktor, multiplikator va differensial mexanizmlar sifatida ishlatilish mumkinligi.

    5. Tayyorlash jarayoni texnologik jihatdan ancha qulayligi.

    6. Detallar soni bir necha barovar kam, narxi esa taxminan ikki marta arzon. Umumiy vazifali standart uzatmalarning xizmat muddati 10 000 soat.

    Zamonaviy to`lqinsimon uzatmalarning kamchiliklari
    To`lqinsimon uzatmalar asosan quyidagi kamchiliklarga ega:

      • uzatish nisbatining quyi chegarasini yuqori qiymatlari 𝑖𝑚𝑖𝑛 80;

      • elastik g`ildirak va to`lqin generatorini tayyorlashni nisbatan qiyinligi (muxsus jihoz zarur bo`ladi).

    Bu kamchiliklar to`lqinsimon uzatmalarni yakka tartibda ishlab chiqarishni va ta’mirlashni qiyinlashtiradi.
    To`lqinsimon uzatmalarning uzatish nisbati katta uzatmalarda hamda germetiklik, kinematik aniqlik va inersiyaviylikka maxsus tabablar qo`yilganda qo`llash tavsiya etiladi.
    3.10-§. Vintaviy hamda gipoid uzatmalar
    Vintaviy va gipoid uzatmalar o`qlari ayqash bo`lgan uzatmalarda ishlatiladi. Bu uzatmalarning vallari o`zaro kesishmaydi hamda vertikal tekislikda bir–biridan ma’lum masofada joylashgan bo`ladi (3.22 va 3.23-shakllar). Shuning uchun bu uzatmalarda harakatni istalgan tomonga uzatish va tayanchlarni ham istalgancha o`rnatib, qiymatini o`zgartirish imkoniyati mavjud. Xatto harakatni bir valdan bir necha valga uzatish ham mumkin.
    Bu uzatmalar mashinasozlikda nisbatan kam ishlatiladi. Shuning uchun quyida bu uzatmalar haqida qisqacha ma’lumot berib o`tish bilangina cheklanamiz.
    Vintaviy uzatmalar qiya tishli g`ildiraklardan tashkil topgan (3.22-shakl). Tishlarning qiyaligi vintli juftniki singari vint chizig`i yo`nalishida bo`ladi, ilashishda tish yuzalarining munosabati nuqtaviy bo`ladi. Shuning uchun tish yuzalarida katta ishqalanish kuchi sodir bo`ladi va natijada tishlar tez yeyilishi kuzatiladi. Shunday ekan, bu uzatmalar bilan katta yuklanishlarni uzatish maqsadga muvofiq emas. Ammo shunga qaramasdan zarurat tug`ilganda bu uzatmalardan foydalaniladi.
    Gipoid uzatmalar aylana tishli konussimon g`ildiraklardan tashkil topgan (3.23-shakl). Ammo bu uzatmada konussimon uzatma singari konuslarning uchlari bir bir nuqtada kesishmaydi. Vallar o`qlari ayqash bo`lib, bu burchak ko`pincha 90° ni tashkil etadi.

    3.22-shakl 3.23-shakl
    Gipoid uzatmalar bilan vintaviy uzatmalarning asosiy farqi shundaki, gipoid uzatmalarni chiziqli ilashish bilan ishlaydigan qilib tayyorlash mumkin. Gipoid
    uzatmaning vintaviy uzatmaga qaraganda yuklanish layoqati yuqori. Chunki gipoid uzatmalarning sirpanish tezligi vintaviy uzatmalarnikidan kichik. Gipoid uzatmalar avtomobilsozlikda va engil sanoati mashinalarida ishlatiladi. Amaliyotda bunday uzatmalardan samarali foydalanish uchun maxsus gipoid moyidan foydalanish lozim. Shunda gipoid uzatmalarning yuklanish layoqati konussimon uzatmalarning yuklanish layoqatidan ham yuqori bo`ladi. Bu uzatmalarning asosiy kamchiligi detallarni tayyorlash va yig`ishda qo`yiladigan aniqlikning yuqoriligidan iborat. Gipoid uzatmani mustahkamlikka hisoblashda shartli ravishda, konussimon uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash metodikasi qabul qilingan.
    3.11-§. Novikov ilashmasi asosidagi uzatmalar


    Rus olimi M.L.Novikov 1954 yili doiraviy tishli profilga asoslangan tishli ilashma yaratdi (16.8-shakl). Bu uzatma yuqori yuklanish layoqatiga egaligi bois, keng ko`lamda ishlatilmoqda.
    Ilashmaning o`ziga xosligi. To`g`ri tishli evolventaviy uzatmaning uzluksiz

    ishlashi yon qoplanish koeffisienti
    1 bo`lganda ta’minlanadi. Evolventali qiya

    tishli uzatma ikkita qoplash koeffisientiga ega: yonbosh 𝜀𝛼
    va o`q bo`ylab yo`nalgan 𝜀𝛽. Qiya tishli uzatma 𝜀𝛽 > 1 va
    𝜀𝛼 = 0 bo`lsa ham ishlay oladi.
    Nuqtaviy ilashma evolventaviy ilashmadan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, evolventaviy ilashmada hamma ilashish nuqtasi birlashtirilsa, ilashish tekisligi hosil bo`ladi. Agar bu tekislik g`ildirakning yon tomoni tekisligi bilan kesishtirilsa,









    3.24-шакл

    ilashish chizig`i hosil bo`ladi. Nuqtaviy ilashmada esa ilashish tekisligi bo`lmay, faqat ilashish chizig`i bo`ladi. U ham val o`qiga parallel joylashgan bo`lib, yon tekislik bilan kesishtirilsa nuqta hosil qiladi. Ilashishda bo`lgan ikki tish sirtlari shu nuqtalardan o`tganda bir-biriga tegadi. Demak, bunday uzatmalar faqat qiya tishli bo`lishi mumkin. Aks holda ilashish nuqtaviy bo`lmaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda ishlatilayotgan Novikov uzatmalarida g`ildirak tishlarining yo`nalishi

    vintsimon bo`lib, tish sirtining shakli, markazi, ilashish nuqtalariga to`g`ri keladigan aylana yoyidan iboratdir.
    Muhandislik amaliyotida Novikov uzatmasining ikki xili ishlatilmoqda: bir ilashish chiziqli va ikki ilashish chiziqli. Bir ilashish chiziqli uzatmalardagi g`ildiraklardan biri (aksariyat hollarda shesternya)ning tishi qabariq, ikkinchisiniki esa ana shu qabariq tish o`rnashadigan botiqlikdan iborat bo`ladi.
    Odatda, qabariq tish boshlang`ich aylananing butunlay tashqarisida, botiq tish esa ichkarisida joylashgan bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, shesternyaning tishi faqat tish kallagidan, g`ildirakning tishlari esa uning oyog`idan iborat bo`ladi.
    Chervyakli uzatmalar 4.1-§. Umumiy ma’lumotlar
    Chervyakli uzatmalar o`qlari ayqash bo`lgan vallarga harakatni uzatish uchun qo`llanadi (4.1-shakl). Odatda, ayqashlik burchagi 90° ga teng bo`ladi. Chervyakli uzatmaning ishlash tarzi vintli juftning ishlash tarzi yoki qiya tekislikdagi yukni harakatiga o`xshashdir.
    Chervyakli uzatmaning afzalliklari:

    • tuzilishi oddiy, ixcham, bir pog`onada uzatish soni katta;

    • ravon va shovqinsiz ishlaydi;

    • yuqori kinematik aniqlikka ega;

    • o`zi tormozlanuvchi” qilib tayyorlanishi mumkin.

    Kamchiliklari:

    • foydali ish koeffisienti kichik;

    • g`ildirak tishlari tez eyiladi;

    • g`ildirak uchun ancha qimmatbaho, masalan bronza, latun singari materiallar ishlatiladi;

    • yig`ish aniqligiga yuqori talablar.

    Chervyakli uzatmalarni tayyorlash texnologik jihatidan tishli uzatmalarga nisbatan murakkab va ko`p mehnat talab etganligi oqibatida u qimmat, ya’ni
    tannarxi yuqori. Shu sababli chervyakli uzatmalar ko`pincha o`qlari ayqash vallarga harakat uzatish hamda yuritma kinematik zanjirlarida katta uzatish soni va yuqori kinematik aniqlik zarur bo`lgan hollarda ishlatiladi. Chervyakli uzatmalardan ko`tarish-tashish mashinalaridan tashqari stanoksozlik, avtomobil-



    sozlik va boshqa tarmoqlarda ham foydalanilmoqda.
    Chervyakli uzatmalarning foydali ish koeffisienti kichikligi, g`ildirak tishlarining yulinib, chervyakka yopishib qolishi ulardan amalda past va o`rta quvvatli davriy qisqa muddatli sharoitlarda foydalanish imkoniyatini chegaralaydi. Odatda chervyakli
    uzatmalarning quvvati 50...60 kVt dan oshmaydi.

    4.1-шакл
    Katta quvvatlarda va uzoq muddat ishlatilganda

    chervyakli uzatmalardagi quvvat yo`qotilishi ancha sezilarli bo`lib, ularni ishlatish samarasizdir.

    Download 6,43 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




    Download 6,43 Mb.