• Chervyakli ilashmadagi sirpanish.
  • Iii-modul. Ilashish asosida




    Download 6,43 Mb.
    bet17/35
    Sana19.11.2023
    Hajmi6,43 Mb.
    #101202
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

    4.3-§. Chervyakli uzatmaning kinematik parametrlari
    Uzatish nisbati. Chervyakli uzatmalarda uzatish soni quyidagicha ifodalanadi. G`ildirakning to`liq aylanishi uchun chervyak 𝑧2/𝑧1 marta aylanishi zarur, ya’ni



    𝑖 =
    𝜔1
    
    𝜔2
    𝑛1
    =
    𝑛2
    𝑧2
    =
    𝑧1


    = 𝑢

    Bu yerda chervyak kirimlarining soni tishli uzatmadagi shesternya tishlarining soni funksiyasini o`taydi. Chervyakning kirimlari soni 𝑧1 kichik bo`lgani sababli, chervyakli juftda katta uzatish nisbati hosil qilish mumkin. Bu chervyakli uzatmalarning afzalliklaridan biri hisoblanadi.
    Amalda ko`proq qo`llaniladigan kuch uzatadigan chervyakli uzatmalarda uzatish nisbati i = 10…60, hatto 80 ga teng bo`ladi. Asbob va o`lchov mexanizmlarining kinematik zanjirlarida i = 300 gacha va undan katta bo`lishi ham mumkin. Uzatmada asosan chervyak etakchi hisoblanadi.
    Chervyakning o`ramlari soni uzatish soniga bog`liq, shuning uchun amaliyotda 𝑢 = 8 ÷ 15 bo`lganda 𝑧1 = 4; 𝑢 = 15 ÷ 30 bo`lganda 𝑧1 = 2; 𝑢 > 30 bo`lganda 𝑧1 = 1 tavsiya etiladi, ammo bir kirimli chervyaklarni juda zarur bo`lgan hollardagina ishlatish tavsiya etilgan.
    𝑧1 = 1, 2 yoki 4 bo`lganda silindrik chervyakli uzatmalar uchun uzatish soni
    𝑢 ГОСТ 2144-76 bo`yicha quyidagicha olish taklif etilgan:
    1-qator: 8; 10; 12,5; 16; 20; 25; 31,5; 40; 50; 63; 80;
    2-qator: 9; 11,2 14; 18; 22,4; 28; 35,5; 45; 56; 71;
    Birinchi qator ikkinchi qatorga nisbatan afzal hisoblanib, xaqiqiy uzatish soni
    𝑢 qiymatining standart qiymatdan farqi 4 foizdan oshmasligi zarur.



    Chervyakli ilashmadagi sirpanish. Harakat uzatish vaqtida chervyak kirimlari g`ildirak tishlari bo`ylab xuddi vintli
    juftga o`xshab sirpanadi. Sirpanish tezligi 𝑣𝑠 chervyak vint chizig`iga urinma bo`ylab yo`naladi. Nisbiy tezlik sifatida 𝑣𝑠 chervyak va chervyak
    g`ildiragi absolyut tezliklarining vektorlari

    ayirmasiga teng bo`ladi (4.7-shakl):


    𝑣̅𝑠 = 𝑣̅1 𝑣̅2 yoki 𝑣̅𝑠 + 𝑣̅2 = 𝑣̅1 va
    4.7-шакл

    𝑣𝑠 = √𝑣2 + 𝑣2 = 𝑣1𝑐𝑜𝑠𝛾
    1 2
    𝑣1 = 𝜋𝑑1𝑛160, 𝑣2 = 𝜋𝑑2𝑛260} (4.1)
    𝑣2𝑣1 = 𝑡𝑔𝛾


    Bu yerda 𝛾 – chervyak vint chizig`ining ko`tarilish burchagi. Amalda ushbu burchak 𝛾 <30° bo`lgani uchun chervyakli uzatmada 𝑣2, 𝑣1 dan ancha kichik, 𝑣𝑠 esa 𝑣1 dan katta bo`ladi.
    Chervyak o`rami va g`ildirak tishlari orasidagi sirpanishning katta bo`lishi, albatta foydali ish koeffisientining past, yeyilish tez va yulinishga moyil bo`lishiga asosiy omil bo`ladi. Qaysiki bular chervyakli uzatmaning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
    4.4-§. Chervyakli uzatmaning foydali ish koeffisienti


    Chervyakli va tishli uzatmalarning FIK larini hisoblash farq qiladi. Farq shundaki, chervyakli uzatma ilashmasidagi yo`qotishlarni albatta inobatga olish shartdir.
    Birinchi hol: uzatmada chervyak etaklovchi bo`lganda vintli juftga o`xshash foydali ish koeffisienti
    𝜂𝑐ℎ = 𝑡𝑔𝛾𝑡𝑔 (𝛾 + 𝜑) (4.2)
    ifoda bo`yicha aniqlanadi.
    Demak, chervyakli uzatmaning FIK oshirish vint chizig`i ko`tarilishi burchagini oshirish (kirimlar sonini ko`paytirish) yoki ishqalanish burchagi ni kamaytirish evaziga amalga oshiriladi.
    Ikkinchi hol: uzatmada agar chervyak g`ildiragi etaklovchi bo`lsa, u holda kuch yo`nalishining o`zgarishini e’tiborga olish zarur:
    𝜂𝑐ℎ = 𝑡𝑔(𝛾 𝜑) 𝑡𝑔𝛾 (4.3)
    Ta’kidlash lozimki, bo`lganda 𝜂𝑐ℎ = 0 ga teng bo`ladi, ya’ni harakatni teskariga (g`ildirakdan chervyakka) uzatish mumkin emas. Aniqrog`i, o`zi
    tormozlanadigan chervyakli juft hosil bo`ladi. Chervyakli uzatmalarning o`z-o`zini tormozlash xususiyatidan yuk ko`tarish va boshqa mexanizmlarda foydalaniladi. O`zi tormozlanadigan uzatmalarning foydali ish koeffisientlari ancha kam bo`lib,
    har doim 0,5 dan kichik bo`ladi. O`zi tormozlanishni ishonchli bo`lishi uchun ≤ 0,5 olish tavsiya etiladi.
    Tajribalarda kuzatilishicha moylash qoniqarli bo`lganda ishqalanish koeffisientining qiymati sirpanish tezligi 𝑣𝑠 ga bog`liq bo`ladi: 𝑣𝑠 ortishi bilan f kamayadi. Buning sababi 𝑣𝑠 ning ortishida asta-sekin chala moyli sharoitidagi ishqalanishdan moyli sharoitdagi ishqalanishga o`tiladi. Ishqalanish koeffisienti ishqalanish tezligidan tashqari ishqalanuvchi yuzalar g`adir-budirligiga hamda moy sifatiga ham bog`liqdir.
    4.4-jadvalda 𝑣𝑠 va f larning bog`liqligi keltirilgan.
    4.4-jadval



    𝒗𝒔 ,
    𝒎𝒔

    f

    ρˊ

    𝒗𝒔 ,
    𝒎𝒔

    f

    ρˊ

    0,1

    0,08-0,09

    4°30ˊ-5°10ˊ

    2,5

    0,03-0,04

    1°40ˊ-2°20ˊ

    0,25

    0,065-0,075

    3°40ˊ-4°20ˊ

    3,0

    0,028-0,035

    1°30ˊ-2°00ˊ

    0,5

    0,055-0,065

    3°10ˊ-3°40ˊ

    4,0

    0,023-0,030

    4°07ˊ-7°30ˊ

    Dastlabki hisoblarda 𝑣𝑎 𝑣𝑠 larning qiymatlari noma’lum bo`lganligi uchun FIK ni o`rtacha qiymatlarda quyidagicha olish tavsiya etiladi:

    𝑧1

    1

    2

    4

    𝜂

    0,7...75

    0,75...0,82

    0,87...0,92



    4.5-§. Chervyakli uzatmada hosil bo`ladigan kuchlar


    Chervyakli uzatma ishlaganida uning chervyagi va g`ildiragida 3 ta: aylana, radial va o`q bo`ylab yo`nalgan kuchlar paydo bo`ladi (4.8-shakl). Chervyakdagi



    aylana kuch miqdor jihatidan g`ildirakdagi o`q bo`ylab yo`nalgan kuchga teng bo`lib, quyidagi ifodadan aniqlanadi:
    𝐹𝑡1 = 𝐹𝑎2 = 2𝑇1𝑑1 (4.4)





    teng:
    4.8-шакл
    G`ildirakdagi aylana kuch esa chervyakdagi o`q bo`ylab yo`nalgan kuchga

    𝐹𝑡2 = 𝐹𝑎1 = 2𝑇2𝑑2 (4.5) (4.5)
    Uzatmadagi radial va normal kuchlar o`rtasida quyidagi bog`liqlik mavjud:

    𝐹𝑟 = 𝐹𝑡2𝑡𝑔𝛼
    𝐹𝑛 = 𝐹𝑡2⁄(𝑐𝑜𝑠𝛼𝑐𝑜𝑠𝛾)


    } (4.6)

    Chervyak va chervyak g`ildiragidagi burovchi momentlar ham o`zaro bog`liqlikda ifodalanadi:
    𝑇2 = 𝑇1𝑖𝜂 (4.7)


    4.6-§. Chervyakli uzatmalarni ishchanlik layoqati va hisoblashning asosiy mezonlari
    Chervyakli uzatmalarni ham xuddi tishli uzatmalar kabi kontakt va eguvchi kuchlanish bo`yicha tekshiriladi. Tishli uzatmalardan farq qilib chervyakli uzatmalarda uvalanish emas, yeyilish va yulinish ko`proq namoyon bo`ladi. G`ildirak yumshoq materialdan tayyorlangani uchun (qalayli bronza), yulinish bronzani chervyakka asta-sekin «suritilishida» o`z aksini topadi. Bunday holatda uzatma uzoq muddat ishlashi mumkin. Qattiq materiallarda (alyuminiy – temirli bronzalarda, cho`yan va sh.k.) yulinish sirtlarning qirilishiga o`tadi va keyin g`ildirak tishlarining tez emirilishiga olib keladi.
    Chervyakli uzatmadagi yuqori yeyilish va yulinish katta sirpanish tezligi va sirpanishni kontakt chizig`iga nisbatan noqulay yo`nalishi bilan bog`liq.
    Moylash nazariyasidan ma’lumki moyli ishqalanish hosil bo`lishi uchun eng qulay sharoit sirpanish tezligini kontakt chizig`iga perpendikulyar yo`nalishi hisoblanadi (4.9-shakl a). Bu holda moy A jism ostiga tortiladi. A va B ishqalanuvchi jismlar orasida uzluksiz moyli qatlam hosil bo`lib, metallarni quruq ishqalanishi moyli ishqalanishga almashadi. Sirpanish tezligi kontakt chizig`i bo`ylab yo`nalganda (𝜓
    = 0) kontakt zonasida moyli qatlam hosil bo`lmaydi, bunda quruq va chala quruq ishqalanish yuz beradi. 𝜓 burchagi qancha kichik bo`lsa, moyli ishqalanish hosil bo`lish imkoni shuncha kam bo`ladi.




    4.9- shakl
    Chervyakli ilashmada kontakt chiziqlarini (1,2,3…) ilashmada ketma-ket joylashishi sxema (4.9-shakl b) da ko`rsatilgan. Bunda sirpanish tezliklarini yo`nalishi aylana tezlik yo`nalishlariga yaqin bo`ladi. Shtrixlangan zonada 𝑣𝑠 ning yo`nalishi deyarli kontakt chiziqlariga mos keladi, bunda moylash sharoiti
    qiyinlashadi. Shuning uchun bu zonada katta yuklanishda yulinish boshlanib, tishning butun ishchi yuzasiga asta-sekin tarqaladi.
    Uzatmada yulinishni oldini olish uchun kontakt kuchlanishning qiymati chegaralanadi va maxsus antifriksion materiallar qo`llanadi: chervyak po`latdan, g`ildirak-bronza yoki cho`yandan. Chervyakli uzatmalarda yulinishni kamaytirish tishlarining abraziv yeyilishini bartaraf etaolmaydi. Yeyilish jadalligi asosan kontakt kuchlanishga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun chervyakli uzatmalarni kontakt kuchlanish bo`yicha hisoblash asosiy mezon hisoblanadi. Bunda eguvchi kuchlanishni hisoblash yordamchi hisob sanaladi. Faqat tishlari ko`p (𝑧2 > 100) moduli kichik g`ildiraklar uchun hamda, dastaki yuritmalarda (qo`l kuchi bilan harakatlanadigan) eguvchi kuchlanish bo`yicha hisoblash asosiy mezon bo`lishi mumkin.

    Download 6,43 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




    Download 6,43 Mb.