Konussimon to`g`ri tishli ilashmani eguvchi kuchlanishga tekshiramiz




Download 6,43 Mb.
bet11/35
Sana19.11.2023
Hajmi6,43 Mb.
#101202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

Konussimon to`g`ri tishli ilashmani eguvchi kuchlanishga tekshiramiz. Konussimon uzatmalarda tishning ko`ndalang kesimi o`lchamlari, konus balandligidan ushbu kesimgacha bo`lgan masofaga proporsional o`zgaradi. (3.18- shakl, a). Tishning barcha ko`ndalang kesimlari geometrik o`xshash. Tabiiyki, bunda solishtirma yuklama q tish uzunligi bo`yicha notekis taqsimlanib, u turli kesimlarda tishning bikrligi va deformatsiyasiga bog`liq holda o`zgaradi. Yuklama q uchburchak qonuniyati bo`yicha taqsimlanadi. Uchburchakning uchi, bo`luvchi konus uchiga to`g`ri keladi va eguvchi kuchlanish tishning butun uzunligi bo`ylab deyarli bir xil ta’sir ko`rsatadi.

3.18-shakl
Tishlarning egilishini o`rganishda ularni go`yoki konsol sifatida qarash ham mumkin. Shuningdek, tishlarning turli kesimlardagi geometrik o`xshashligi ularning qattiqligi g`ildirakning butun eni bo`ylab bir xil qiymatga ega deyishga asos bo`ladi. Deformatsiyani baholashda g`ildirak 2 ning tishlari absolyut qattiq va g`ildirak 1 ning tishlari esa yumshoq deb qaraladi. Bordi-yu, agar to`satdan g`ildirak 2 tormozlansa, u holda yuklangan g`ildirak 1 yumshoqligi natijasida ∆𝜑 burchakka buralishi tabiiydir. Har xil kesimlarda tishlarning egilishi 𝑟∆𝜑 ga (bu yerda r-tegishli kesim radiusi) teng bo`ladi. Darhaqiqat, deformatsiya yuklanishga yoki tekshirilayotgan holatda bo`luvchi konus balandligi masofasi, ya’ni radius r ga prporsional ravishda o`zgaradi (3.18-shakl, b).
Tahliliy o`rganishlar natijasida tish moduli va yuklama bir xil o`zgarganda eguvchi kuchlanish tish uzunligi bo`ylab o`zgarmasligi isbotlangan.
Amalda hisoblash kesimi sifatida 𝑞𝑚 yuklamali tishning o`rta kesimi qabul qilingan. Shu sababli to`g`ri tishli silindrik uzatmani hisoblash formulasiga o`xshash quyidagi formulani yozish mumkin:

𝜎 = 𝑌𝐹 𝐹𝑡𝐾𝐹 [𝜎
], (3.28)

𝐹 𝜗𝐹𝑏𝑚𝑛 𝐹
bu yerda 𝜗𝐹 ≈ 0,85 konussimon uzatmani silindrsimon uzatmaga nisbatan mustahkamligi pastligini tavsiflovchi tajriba koeffisienti. 𝑚𝑛 tishning o`rta normal kesimidagi moduli. 𝑌𝐹 tish shakli koeffisienti bo`lib, uning qiymati ekvivalent tishlar soni 𝑧𝑣 qiymatiga mos ravishda tanlanadi. 𝐾𝐹 yuklanish koeffisienti.


Download 6,43 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Download 6,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konussimon to`g`ri tishli ilashmani eguvchi kuchlanishga tekshiramiz

Download 6,43 Mb.