JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–19_Issue-2_December_2022
3
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIA ORQALI
TA’LIMNI TASHKIL QILISH
Turdiyev Azamat Gʻayratovich
Termiz davlat pedagogika instuti maktabgacha taʼlim fakulteti maktabgacha
taʼlim metodikasi kafedrasi
Hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalash,
yosh avlodning intellektual
salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga
yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Asosan maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarning yuksak bilim egalashida multimedia ta’limi ham muhim o’rinda
turadi. Multimedia ta’limi orqali biz bolalarda milliy qadiryatlarni video rolik shaklida
jonlantirishimiz ham mumkun.
Ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish,
an’anaviy o’qitish usullariga nisbatan samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda.
Hozirda ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari,
kompyuterlashtirish va
kompyuter tarmoqlari ta’lim jarayonining muhim negizi bo’lib, yoshlarning yangi
axborotlarga bo’lgan talablarini qondirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida
aynan 5–7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi
intellektual salohiyatni
shakllantirishning boshlang‘ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi aynan shu
sababli hozirgi kunda maktabgacha ta’limda multimedia ta’limiga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy o’qitish metodlari, innovatsion
texnologiyalar, multimedia vositalarining o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik
texnologiya va pedagog mahorati va pedagog tajriba bilan bir qatorda,
interfaol
metodlar, multimedia vositalari barkamol avlodni bilimli, yetuk malakaga ega
bo’lishlarini ta’minlaydi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya
jarayonini
multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilyapti. Multimedia
vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar,
kompakt disklar, video-audio
tasmalar,
turli
taqdimotlar
kiradi.
MTTda
multimedia
texnologiyasidan
foydalanishdagi masalalardan yana biri ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini
oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga
joriy qilish zarurligidir.
Multimedia ta’lim vostitasining afzaliklari qanday va biz multimedia ta’limni
qanday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’lashimiz mumkin degan savol
paydo bo’lishi tabiiydir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
multimediani turli xil
mashg’ulotlarda qo’lash mumkin. Masalan, tabiat bilan tanishtirishda, elementar