|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 3-5JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–19_Issue-2_December_2022
4
matematik ta’savurlarini shakilantirishda hamda xorijiy tilda mashg’ulotlarini tashkil
etishda multimedia vositalari yuqori natijalar beradi. Mashg’ulot jarayoni bolalarni
zeriktirib qo’ymaydi va ularni mashg’ulotga bo’lgan qiziqishlarini yanada ham
ko’proq oshirishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida multimediani qo’llashdan ko’zlangan maqsad bolalarga qisqa vaqt
ichida ko’proq va samarali ta’lim berishdan iboratdur. Hozirgi vaqtda bolalarning
kompyuter va gadjetlarga qiziqishlari juda yuqori.
Shu tufayli pedagoglar ulardan tog’ri va unumli foydalanib, bolalarni yo’naltiri,
qiziqishlaridan kelib chiqan holda ta’lim tashkil etilsa, bolalarning qiziqishlari yanada
ham ortadi. Masalan, bolalarga multimedia ta’limidan foydalanib ularga til o’rgatish
mashg’ulotlarni qiziqarli qilib tashkil etish mumkun. Ayniqsa, turli ranglardan
foydalangan holda bolalarning ta’savuri kengaytirib, ularning diqqatini tortish,
ularning tilga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortirish mumkin. Jumladan, bolalarda
fasilar to’grisida tasavvurlarini shakllantirishda qo’l keladi. Bolalarda bahor fasli
haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bahor faslinini ko’rsatish bilan birgalikda
undagi yashilik, daraxtlar va gularning rangi, bahor faslida nishonlanadigan
bayramlarni havola qilish imkoniyati mavjud.
Maktabgacha ta’lim tashkilotkarida tayyorlov guruhida multimediali
mashg’ulotlarni olib borish maktabga tayyorlash jarayonida tasavvurlarini boyitadi,
ularning talim faoliyati to’g’risidagi tasavvurlarini shakilantiradi natijada ta’lim
jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishlari uchun zamin tayyorlaydi, shu bilan birga
bolalarning inovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmasi multimedia ta’limini
tashkil qilish orqali shakilantirib boriladi.
Shunungdek, multimedia ta’limidan zamonaviy, inovatsion ta’limning bir shakli
sifatida mashg’ulotlar jarayonida to’g’ri foydalanish maktabgacha ta’limda faoliyat
olib borayotgan tarbiyachilarning ham inovatsion texnologyalardan foydalanish
bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakilantirishga xizmat qiladi.
Multimedia va gipermedia texnologiyalari kuchli taqsimlangan ta'lim
resurslarini birlashtiradi, ular bolani idroki shakllanishi va namoyon bo'lishi uchun
muhitni ta'minlaydi. Multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalari tizimda
prinsipial jihatdan yangi uslubiy yondashuvlarni ochadi. Multimedia - zamonaviy
texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda interaktiv dasturiy ta'minot nazorati
ostida vizual va audio effektlarning o'zaro ta'siri, ular matn, ovoz, grafik, fotosuratlar,
videolarni bitta raqamli tasvirda birlashtiradi.
Kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini
oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Multimediali
kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi
quyidagilar asosida namoyon bo’ladi:
|
| |