• Foydalanilgan adabiyotlar
  • JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




    Download 478,35 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana18.01.2024
    Hajmi478,35 Kb.
    #140620
    1   2   3
    Bog'liq
    3-5

    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/  Volume–19_Issue-2_December_2022 

    1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi 
    va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 
    2) tovushda; 
    3) musiqada; 
    4) animatsiyada; 
    5) multifikasiyada; 
    O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh 
    bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim 
    olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum 
    bo’ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot 
    texnologiyalari ya’ni, multimedialardan foydalanish uni MTTlarda samarali qo’llash 
    hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. 
    Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini 
    shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy 
    texnik vositasi hisoblanadi. MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda 
    qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar 
    talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga 
    ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib 
    kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, 
    tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan 
    yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida 
    ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini 
    o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim 
    vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal 
    rivojlanayapti. MTTlarda ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi 
    to’liq ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini 
    multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham 
    ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus 
    muassasadan tashqari, har bir MTT tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin 
    bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD 
    video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan 
    foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida 
    elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD 
    video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia 
    texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. https://saarj.com/wp-content/uploads/paper/ACADEMICIA/2021/FULL-
    PDF/ACADEMICIA-OCTOBER-
    2021/10.352%2C%20Turdiyev%20Azamat%20Gayratovich.pdf  
    2. 
    https://caajsr.uz/storage/app/media/volume-1-issue-1.pdf 

    Download 478,35 Kb.
    1   2   3




    Download 478,35 Kb.
    Pdf ko'rish